Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Amaliy psixolog asosiy ish vositasi?
Download 0.79 Mb.
|
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 74.Amaliy psixologning psixologik maslahati
73.Amaliy psixolog asosiy ish vositasi?
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o’rganuvchi umumiy psixologiya tashkil etadi. U ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy kontseptsiyalar va tajriba tadqiqotlarini o’z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o’z oldiga asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo’ygan. Bundan farqli o’laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan ish ko’radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar, xususan: psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o’zini o’stirish treninglari, ijtimoiy o’zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o’sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar21. 74.Amaliy psixologning psixologik maslahati? Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish bo’yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo’shatilish imkoniyati, yangi ish izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar, baynalminal oilalarning muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon o’zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining muammolari, o’ziga nisbatan ishonch va hurmatning yetishmovchiligi, shaxslararo munosabatning o’rnatilishi va mustahkamlashdagi qiyinchiliklarni hal etuvchi – psixologik maslahat tashkil etadi. 75.Hozirgi zamon psixologiyasinning falsafa bilan tutashganligi? Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan muammolarning murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqdi. Psixologiyaning ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili va tabiiy-ilmiy metodlar yordamida hal etishga qiyinchilik bilan erishiladi. Ko’p hollarda ular falsafiy-idrok orqali ko’rish bilan hal etiladi. Hayotning shaxsiy mazmuni va maqsadi, dunyoqarash, siyosiy ishtiyoq va ahloqiy qadriyatlar kabi zamonaviy inson psixologiyasining ko’pchilik muammolari ijtimoiy psixologiya uchun ham, falsafa uchun ham umumiy muammolar bo’lib hisoblanadi. Psixologiyaning o’zida shu vaqtgacha laboratoriya-tajriba usuli bilan hal etib bo’lmaydigan, lekin hal etilishi zarur bo’lgan masalalar ko’pchilikni tashkil etadi. Bunday muamolar bilan to’qnashganda psixologlar falsafaga murojaat qilib, o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan xulosalardan foydalanishga majbur bo’ladilar. Xuddi shunday, an’anaviy falsafiy-psixologik muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson tafakkurining yuqori shakllarining tabiati, jamiyatning shaxsga va shaxsning jamiyatga ta’siri (dunyoqarash nuqtai nazaridan), psixologiyaning metodologik muammolarini kiritish mumkin. Yaqin yillardan beri fanda faylasuflarning ishtirokisiz psixologlarning mustaqil o’zlari hal eta olmaydigan mas’uliyatlilik, vijdon, hayot mazmuni, ma’naviyat kabi insonning murakkab falsafiy-psixologik muammolari ko’proq muhokama etila boshladi. Faylasuflarning o’zlari ham bu muammolarni psixologlar bilan hamkorlik qilmasdan, psixologiya fanida yetarli darajada o’rganilgan tirik shaxsni hisobga olmasdan turib, chuqur tushunib yetishlari mumkin emas. Yana shunday muammolar mavjudki, ularni hal etishda psixologlar va faylasuflarning hamkorligi samaradorliroq bo’lib, sezilarli darajada aniq natijalar berdi. Bu, avvalo, epistemologiya – atrof-olamning inson tomonidan o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini umumiy ko’rinishini belgilovchi fan muammolaridir. Mashhur shveytsariyalik psixolog Jan Piaje tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro epistemologik markaz (Shveysariya, Jeneva sh.)da olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar inson intellekti tabiati va bolalarda uning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar olishga imkon yaratdi. Bu markazda ushbu muammo ustida faylasuflar, mantiqshunoslar va psixologlar samarali ish olib bormoqdalar. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling