Psixologik test siz tanqidga qanday munosabatda boʻlasiz?
Download 14.5 Kb.
|
(Tanqid metodikasi)
PSIXOLOGIK TEST Siz tanqidga qanday munosabatda boʻlasiz? Quyidagi savollarga samimiy javob bering va buni bilib olasiz. 1. Yolgʻiz qolganda oʻzingizni baxtiyor his etasizmi? 2. Odatda roʻy berishi mumkin boʻlgan narsani oldindan payqay olasizmi? 3.Siz qoyillatib bajaradigan ishlar bormi? 4.Taqdir siz bilan oʻyin oʻynayotganini sezasizmi? 5.Xato qilsangiz, bahonalar qidirishdan koʻra aybingizni tan olib qoʻya qolasizmi? 6.Sizga tanish boʻlgan barchani yoqtirasizmi? 7.Dahshatli tushlarni tez-tez koʻrib turasizmi? 8.Tanqid qilayotganlarga nisbatan hushmuomala boʻla olasizmi? 9. Boshqa odamlarning muammolari sizni chin koʻngildan tashvishlantiradimi? 10.Imkoniyat boʻldi deguncha oʻz-oʻzingizni baholashga, oʻzingizning kuchli va kuchsiz tomonlaringizni anglashga urinasizmi? Kalit: 1-xa; 2-xa; 3-xa; 4-xa, 5-xa, 6-yoʻq, 7-yoʻq, 8-xa, 9-xa, 10-xa. Kalitdagi javobga mos kelgan xar bir javob 1 ball baholanadi. Natijalar talqini: ●[8-10 ball. Tanqid sizning yordamchingiz. Tanqid sizni hafa qilmaydi, unga nisbatan uz emotsiyalaringizni boshqara olasiz, uni toʻgʻri qabul qilasiz]. ●[4-7 ball. Tanqid biroz gʻashingizga tegadi. Tanqidni koʻtara olmasligingiz mumkin, ammo bu koʻprok tanqid kim tomonidan aytilayotganiga va sizda qanday kayfiyat ustun ekaniga bogʻliq]. ●[0-3 ball. Tanqid koʻnglingizga ogʻir botadi. Tanqid sizni juda qattiq ranjitishi mumkin. Odamlarni chin dildan tushunishga intilsangiz ularning soʻzi va harakati koʻnglingizni jarohatlamaydi]. Download 14.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling