Psixologik trening


Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik o‘ziga


Download 0.75 Mb.
bet16/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

2.Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik o‘ziga xosligi.Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, ya’ni ruhiy jihatdan
erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, o’z guruhi va undan tashqari munosabatga kirishish va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdan iboratdir. Trening har qanday guruhlarda olib borilishi mumkin, ya’ni turli yosh davrlarida ( maktabgacha yosh davri, kichik maktab yosh davri, o’smirlik, o’spirinlik, talabalik, kattalar va hakozolar), turli soha vakillari orasida (o’qituvchi pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, korxona ishchilari va hakozolar), ijtimoiy mavqeiga ega shaxslar (rahbar xodimlar, ishchilar kabi)o’rtasida.
Mashg’ulotni o’tkazish uchun albatta boshqaruvchi bo’lishi shart, chunki treningni maqsadi va ijobiy natijasini aniqlash ma’lum dasturlar asosida olib boriladi. Masalan, boshqa kishilarni va o’z-ozini tushuna olish, o’ziga baho berish, atrofdagilarni tinglash va ularni idrok etish kabi ijtimoiy-psixologik muammolar shakllantiriladi.
Ijtimoiy psixologik trening maqsadi va vazifasiga asoslanib, murakkablashtirib yoki soddalashtirilib tashkillanadi. Ishtirokchilarning faoliyatiga qarab, mashg’ulot tarkibiga rolli, harakatli o’yinlar, munozarali bahslashuvlarni kiritish mumkin. Ayniqsa, axloqiy-ma’naviy mavzulardagi muammolarni hal qilishda munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir. Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shaxsga alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo’l qo’ygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi, munozaradan kelib chiqadigan xulosani va qarorni guruhning o’ziga havola qilish lozimligini unutmasligi zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish faoliyatida, turli maslahat shahobchalari, o’smir va o’spirinlar tarbiyasi borasida keng qo’llanishi mumkin.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guuhdagidan farqli o’laroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni
o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
Shu o’rinda, treningni uyushtirishda quyidagi keltirilgan tavsiyalarni nazarda tutish maqsadga muvofiq:

  • Har kim o’zining shaxsiy ichki siqiqligini yengish va barcha ishtirokchilarning ko’zlariga to’g’ridan to'g’ri qarash.

  • Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish.

  • Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual va tashkiliy kuch sarflashni talab qilish.

  • Mashg’ulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo’lgan xonada o’tkazish lozim va qulay roxatbaxsh etadigan ko’ngil ochadigan muloyim derazalarga nafis pardalar bo’lishi kerak.

  • Har bir ishtirokchi o’yinini tayyorgarliksiz bajarish shart.

  • Trening boshlashda avval o’zining chaqiruv ya'ni karton qog’ozlari yozish va berish kerak.

Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida “mozgovaya ataka”, inglizchasiga –“breynshtorming” ( brain storming) deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq analogik tarjimasi yo’q, lekin uni “miyaga hujum” yoki “fikrlar to’qnashuvi”, “fikrlar jangi” deb atash mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar koproq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, “tilga nima kelsa” aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko’proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan sharoitlarda qo’l keladi. Ya’ni, bunda “erkin assotsiatsiyalar”ga yo’l beriladi va oxir oqibat guruhning ozi ma’lum ratsional “mag’zni” ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A. Osborn 30-yillardayoq taklif etgan va yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o’ziga xos yechimi bo’lgan vazifalarni muhokama qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Biroq to’g’ri tashkil etilgan breynshtormingning amaliy afzalliklari ko’p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

  1. Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak, lekin ularning asoslanishi shart emas.

  2. Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya’ni fikrlar tanqiddan holidir.

  3. Mantiqiy fikrdan ko’ra, fantastik yoki qo’qqisdan, tasodifan miyada paydo bo’lgan fikr muhimroq.

  4. Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.

  5. Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, ya’ni ular - muallifsizdir.

  6. Fikr yoki yaxshi g’oyalarni tanlash alohida “tanqidchilar” yoki guruhning norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.

Breynshtorming, ayniqsa, 50-yillarda Amerika va Frantsiya davlatlarida turli texnologik muammolarni hal qilishda keng qo’llanilgan va uning natijalari ko’plab maqola va kitoblarda umumlashtirilgan. Lekin ommaviy qo’llashda ayrim tortishuvlar paydo bo’ldiki, ayniqsa, yoshlar auditoriyasida uni ishlatishdagi noqulaylik borligi aniqlandi. Ammo baribir, yuqorida ta’kidlangandek, kishilarni faol ijtimoiy psixologik muloqotga tayyorlash, nostandart muammolarni yechish va shaxsni umuman guruhga ko’niktirish maqsadida undan foydalanish mumkin va bu jihatdan uning qator afzaliklari va tatbiqiy ahamiyati mavjud.
Breynshtorming metodida o’qitishning faol uslubi sifati dars jarayonida ham foydalanish mumkin. O’qitishning Yangi omilkor usullariga bo’lgan ehtiyoj kun sayin ortib borayotganligi har bir pedagogdan izlanuvchanlik va yaratuvchanlikni talab etadi. Fikrlar jangi maydoni metodining mohiyati shaxsda o’z-o’ziga tanqidiy munosabat o’rniga, o’z-o’ziga ishonch va ijodkorlikni tarbiyalashdan iborat, chunki o’ta tanqidiylik shaxsning ijodiy fikrlashiga to’sqinlik qilib uni chegaralaydi. Ushbu usulda tandiqiylikni kamaytirish evaziga erkin ijodkor, betakror bo’lish o’ziga va o’zga g’oyalarga tanqidiy qarashni yengish , o’z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini to’g’ri baholash kabi sifatlar shakllantiradi. Shuningdek, guruhdoshlarni qo’llab-quvvatlash, o’zaro yordamlashish kabi ijobiy fazilatlar singdiriladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling