Psixologik trening
Download 0.75 Mb.
|
Psixologik trening
Moddiy farovonlik – bu aslida jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruhlarning moddiy neʼmatlar bilan taʼminlanganligi, kishilar moddiy ehtiyojlarining qondirilish darajasi bilan belgilanadi. Har qanday jamiyatda kishilar moddiy farovonlikning moddiy asosi shu mamlakatning milliy moddiy boyligidir. Jamiyatning , kishilarning moddiy farovonlik ularga tegishli boʻlgan, ular ixtiyoridagi moddiy neʼmatlar yigʻindisiga hamda joriy moddiy ishlab chiqarish darajasiga, olinayotgan daromadlarga, isteʼmol qilinayotgan moddiy neʼmatlar miqdori va sifatiga bogʻliqligi bilan belgilanadi.
Har bir muayyan davrda butun jamiyatning , uning barcha aʼzolarining eng muhim moddiy ehtiyojlari, yaʼni hayotiy makonga va tabiiy resurslarga, ishlab chiqarish vositalariga va isteʼmol neʼmatlarga boʻlgan moddiy ehtiyojlari shu jamiyatda mavjud boʻlgan jami moddiy-ashyoviy boylik bilan qondiriladi. Jamiyatning, kishilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlar bilan aholi jon boshiga taʼminlanganligi ular moddiy farovonligining asosidir. Bizningcha, insonning moddiy farovonlikning moddiy asosini faqat moddiy ehtiyojlarini qondirilishi bilan belgilash o’rinli emas. Bu erda moddiy farovonlik bilan birga ma’naviy farovonlik darajasi ham salmoqli ta’sirini ko’rsatadi. To’g’rirog’i, moddiy va ma’naviy farovonlik ekvivalentlik xususiyatiga ega bo’ladi. Turli jamiyatlar, millatlar va xalq larning dunyo qarashi, madaniyati, qadriyatlari turlicha bo’lsa-da, barcha joyda “turmushning yuqoriroq darajasi” deganda umuman qarashlar o’xshash bo’ladi. Unga oilaviy farovonlik, salomatlik, uzoq umr ko’rish, moddiy farovonlik, ma’lumotning yuqori darajasi, nafaqat salmotlik, daromad, balki moddiy qoniqish keltiruvchi kasb- xunar, jamoatchilik orasida obro, xavfsizlik, madaniy xordiq kabi tushunchalarni qamrab oladi. Odamlar har doim o’zlarining shaxs va fuqaro sifatida imkoniyatlarini namoyon eta olishni, jamiyat hayotida ishtirok eta olishni, huquq va erkinliklarini hurmat etilishini, hamda fikrlarini e’tiborga olinishini qadrlashgan. Bu borada ijtimoiy psixologiyaning amaliy yo’nalishi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etish orqali kishilarning ma’naviy farovonlik, salomatlik, uzoq umr ko’rish kabi shart-sharoitlarini yaratish masalalari tadqiqotchilarning ham diqqat markazida turibdi. Zero, kishilarning moddiy farovonligini ta’minlovchi asos sifatida ma’naviy farovonlik ham katta ro’l o’ynaydi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling