Psixologik trening


Sher, ovchi va uning xotini


Download 0.75 Mb.
bet118/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Sher, ovchi va uning xotini




Maqsad: mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, jamoaviy fikrlash va qaror qabul qilishni mashqlantirish, ijobiy kayfiyatni hosil qilish.
Jarayon: avvalo ishtirokchilardan ikkita teng sonli gurhlar shakllantiriladi va ushbu guruhlar ikki chiziq bo’lib bir-birlaridan 2-3metr masofada orqa tomonlari bilan qarama-qarshi turib olishlari lozim bo’ladi. Shart quyidagicha tushuntiriladi: guruhlar 15-20 sekund davomida kelishib
1)sher, 2)ovchi,
3)ovchining xotini personajlaridan birini tanlashlari kerak va bunda sher ovchidan qo’rqadi, ovchi xotinidan qo’rqadi, ovchining xotini sherdan qo’rqadi
deb eslatib o’tish kerek. Jamoalar o’zaro kelishib olgach (bunda jamoalar bir birlariga qaysi personajni tanlaganlikligini bildirmasliklari muhim) dastlabki holatni qabul qilishadi, ya’ni ikki chiziq bo’lib bir-birlaridan 2-3metr masofada orqa tomonlari bilan qarama-qarshi turib olishadi. Shundan so’ng, trener 1-2-3 deb komanda beradi, 3 deganda jamoalar ortlariga ya’ni qarshi jamoaga qarab o’zlarining tanlagan personajini hamma bir vaqtning o’zida bir hil tana harakati bilan ko’rsatishlari lozim. Misol uchun:
ovchi personaji tanlansa – qo’llar bilan qurol o’qtalayotganday tana harakati qilinadi;
sher personaji tanlansa – qo’l va barmoqlarni ishga solib huddi hamla qilishga chog’lanayotgan yoki o’kirayotgan sher kabi tana harakatini amalga oshiriladi;
ovchining xotini personaji tanlansa – tananing bosh va bel qismini ikki yonga likkilatib raqsga o’xshash haqarakat qilinadi;
G’olib 1-sher ovchidan qo’rqadi, 2-ovchi xotinidan qo’rqadi, 3-ovchining xotini sherdan qo’rqadi “mezon”lariga asosan aniqlanadi. Misol uchun: “A”- jamoa ovchini ko’rsatganda “B”-jamoa sherni ko’rsatsa sher ovchidan qo’rqishini hisobga olib (1 mezonga asosan) A-jamoa g’olib deb topiladi, yoki “A”-jamoasi ovchining xotinini ko’rsatganda “B”-jamoa sherni ko’rsatsa ovchining xotini sherdan qo’rqishini hisobga olib “B”-jamoa g’olib deb topiladi. Va shu tarzda har bir namoyishdan so’ng g’olib jamoaga 1 ochkodan taqdim etilib o’yin ma’lum bir hisobgacha davom ettiriladi. O’yinning so’ngi hisobi yoki davomiyligi jamoaning qiziqishi va treningning umumiy vaqtini hisobga olib trener tomonidan ixtiyoriy belgilanadi.
Agar o’z personajlarini namoyish etishda adashib jamoada bir kishi bo’lsada sinxronlikni( bir xillikini) buzsa, qoida buzilgan jamoadan 1 ochko olib tashlanadi, agar jamoalar o’zaro kelishayotganida biron bir qarshi jamoa valiki g’irromlik qilmoqchi bo’lib narigi jamoaning so’zlarini tinglash uchun ularning yoniga borsa 0.5 jarima ochko belgilanadi. Trener bularni qattiq nazorat qilishi va o’yindan oldin albatta eslatib o’tishi shart.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling