Psixologik trening


Treningning rivojlanish asoslari


Download 0.75 Mb.
bet61/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Treningning rivojlanish asoslari


Konstruktiv ish faqat psixologik jihatdan rivojlangan, tayyorlangan guruhda amalga oshirilishi mumkin. Guruh terapevtik va tuzatish-rivojlantirish qobiliyatiga ega bo'lish uchun shunga mos ravishda rivojlanishi kerak. Guruhning shakllanishi va rivojlanish jarayonini tavsiflashda turli xil yondashuvlar mavjud va guruh rivojlanishining stsenariysi ko'p jihatdan tashkilot turiga ham, rahbarning roli va mavqeiga, uning individual yurish uslubiga bog'liq. Ammo ko'pchilik mualliflar guruh rivojlanish jarayonida kamida to'rtta asosiy bosqichning mavjudligini ajratib ko'rsatishadi.

  1. Yo'nalish berish va bog’liqlik bosqichi. Ishtirokchilarning diqqati vaziyatga yo'naltirilgan, bir-biriga va rahbarga qaratilgan bo’ladi. Aksariyat

ishtirokchilar trening jarayonida bir –birlariga nisbatan shubha bilan qarashi va o’zining himoyalanganlik darajasini namoyon qilishi mumkin. Ushbu vaziyatda ishtirokchilarning o’zini erkin tutishi ko’proq trenerning kasbiy qobiliyatiga bog’liq bo’lib, trenerdan katta ma’suliyatni talab etadi. Ishtirokchilar trenerdan ko’rsatmalarni kutishlari kerak bo’ladi, chunki, trener ishtirokchilar o’rtasida rishta bog’lovchi yagona tashkilotchidir. Trener diqqat bilan guruhning holati, ishtirokchilarning qiziqishi va intilishini kuzatadi va tahlil qiladi. Shuningdek, treningni davomiyligi ishtirokchilarning toifasi va trenerning tashkil qilish uslubiga bog’liq bo’lib, bu treningni keyingi bosqichini muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydi.

  1. Nizolar va ularni “silliqlash” bosqichi. Trening jarayonida ishtirokcilar o’z istaklari bilan rollarni taqsimlashadi va guhdagi ijtimoiy rollar asosida o’z orinlariga joylashadilar. Lekin rollarni taqsimlash jarayonida ishtirokchilar o’rtasida agressivlik, rahbar bilan ochiq qarama –qarshilik, guruhlar o’rtasida dushmanlik, keskinlik kuchayishi mumkin. Ishtirokchilarning bir-birlariga konstruktiv yordami hali ham mavjud emas yoki yomon ifodalanganligi ham kuzatilinishi mumkin. Shunday ekan, ushbu bosqich trenerdan alohida nazorat va mahoratni talab etib, diqqatini guruhda nima sodir bo’layotganiga qaratishi kerak bo’ladi. Bu erda trener oldindan vaziyatni to’liq idrok etishi, kora olish qobiliyati asosida maslahatlar berishi, yuzaga kelgan ziddiyatlni yumshatush va silliqlash orqali keyingi bosqichlarni barqarorligini ta’minlash imkoniyatini beradi.


  2. Download 0.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling