Psixologik trening
Shu (asosiy mashg’ulot) mashg’ulot refleksiyas
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayrlashuv rituali
Shu (asosiy mashg’ulot) mashg’ulot refleksiyasi (qayta aloqa, bugungi uchrashuvdagi mashg’ulotda egallangan bilim-ko’nikmalarni qisqa muhokama qilish) Bu element, o’tkazilayotgan psixokorreksion tadbirning mustahkamlovchi mexanizmdir.
Refleksiyani amalga oshirish doimo muhim, chunki bundan o’tkazayotgan mashg’ulotlarimiz o’zining psixokorreksion ta’sirini va natijasini ko’rsatayotganini monitoring qilish mumkin. Va shunga qarab o’rni kelganda metodlarni, yondoshuvlarni umumiy samaradorlikni oshirish uchun o’zgartirish, qayta shakllantirish yoki butkul boshqasiga almashtirish mumkin. Hayrlashuv rituali. Bu ritual ham o’zida samlomlashuv ritualini funktsiyalarini jamlashi lozim bo’lib, qo’shimcha ravishda, o’ziga xos tantanali bo’lishi kerak. Bunda qarsaklar va ijobiy motivatsion shiorlardan foydalanilgan kichik mashg’ulotlardan foydalanish o’smirda keyingi uchrashuvlar uchun stimul bo’ladi hamda yaxshi kayfiyatni ta’minlaydi.
Individual va guruhiy psixokorreksion dasturlarni tuzishda amaliy psixologga trenerlik bilim-ko’nikmalari, tajribasi, ijodiy fikrlash kerak bo’ladi. psixodiagnostik va psixokorreksion usullar, metodikalar bilan ishlash malakasi esa psixolog uchun eng zaruriy quroldir. Unda shunday “qurollar” yetarlicha bo’lsa, amaliyotda har qanday muammoli vaziyatni bartaraf etish, chigal psixologik masala sabab qo’yilgan vazifani bajarish anchayin osonlashadi. Shuningdek, amaliy psixologlarga psixokorreksion texnologiyalarni amaliy jihatdan chuqur o’rganish hamda ularni psixokorreksion dasturlariga tadbiq etishni tavsiya qilish mumkin, bu korreksion jarayonning yuqori natijalar berishini ta’minlaydi. Xulqi og’ishgan o’smirlar bilan ko’proq guruhiy psixokorreksion dasturlar asosida ishlash tavsiya qilinadi. Chunki, guruhda kuchli ijtimoiy ta’sir, imitatsiya fenomeni orqali kerakli ijtimoiy-psixologik bilim-ko’nikmalarni o’smirlarda nisbatan osonroq shakllantirish mumkin. Asosiysi guruhiy faoliyat xulqi og’ishgan o’smirlar uchun kerakli bo’lgan jamoada ishlash, konstruktiv kommunikativ bilim-ko’nikmalar, adekvat ijtimoiy shaxs axloq xususiyatlarini vujudga keltiradi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling