Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi


O’zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi IV bosqichni o’z ichiga oladi


Download 271.93 Kb.
bet3/4
Sana27.03.2023
Hajmi271.93 Kb.
#1299787
1   2   3   4
Bog'liq
Investitsiyalar (2-mustaqil ish) jk

O’zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi IV bosqichni o’z ichiga oladi:



II. Asosiy qism.
2. Investitsiya faoliyatiga ta’sir etish omillari
O’zbekistonda olib borilayotgan investitsiya siyosati natijasining qanday samara berishi mamlakatdagi investitsion faoliyatning rivojlanish holati bilan belgilanadi. Shu sababli, odatda, har qanday investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratiladi. Bu maqsad o’zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solish vazifasini ham mujassam etadi.
Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini tartibga solish, odatda, quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- investorlarni rag’batlantirish;
- milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- mamlakat hududida investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
- lozim bo’lsa, ichki investorlar manfaatlarini, birinchi navbatda, yuzaga chiqarish va ularni himoyalash.
Mamlakatda investitsiya faoliyatini tartibga solishning zaruriy asosi bo’lib, davlat qonunchiligi, huquqiy asosni shakllantirish hisoblanadi va uni quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin.




3. O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi.
Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi,1 “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi2 yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining sub’ektlari va ob’ektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan.
O’zbekistonda investitsion munosabatlarni tartibga solishining yaratilgan qonuniy asoslari mos ravishda tadbirkorlik to’g’risida O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to’g’risida”gi3 Qonun va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari4 bilan to’ldirilib borilmoqda.
“Tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonun O’zbekistonda tadbirkorlikni faoliyat ko’rsatishning va rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy erkinliklarini kafolatlashni aniqlab berdi. Shuningdek, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Bu qonun tadbirkorlarning boshqa korxonalar, tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi va mulkchilik shakllarini erkin tanlashni, xo’jalik yuritishni, faoliyatni teng huquqli asosda amalga oshirishni, o’zaro hamkorlik va erkin raqobatni ta’minlashni o’z ichiga oladigan shartlarning shakllanishiga yordam beradi.

Download 271.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling