Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
Download 46.72 Kb.
|
Korxona MT3
Korxona nizomi asosiy ta’sis hujjati bo’lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, nizom jamg‘armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko‘rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Korxonani barpo etilishi o‘ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo'ladi. Korxonani tuzilishi uni yaratish to‘g‘risida tug‘ilgan g‘oyalami asoslashda boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi: - korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ulami shartnomasi tuziladi; - ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash; - korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash; - korxonaning Ustav va Nizomini rasmiylashtirish; - korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish; - korxona muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash; - korxonani soliq organidan ro‘yxatdan o‘tkazish; - bankda hisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish; - korxonalar ajratmalar o‘tkazishi majbur bo‘lgan, respublikada mavjud maqsadli jamg‘armalarda hisobga qo‘yilishi; - korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida hujjat olish. Korxona faoliyatini to‘xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko'rish va to’lov qobiliyatining yo‘qolishini korxonalami tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Korxonani qayta tashkil qilish - bu, uning birlashib ketishi, qo‘shilishi, bo’linishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil qilish ta’sischi (ta’sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari awalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim. Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish faoliyatining to‘xtatiiishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: • ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)ga bo’lgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo‘qolishi; • ishlab chiqarishning zarar keltirishi; • ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug‘dirishi; • korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi. Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona tugatilganini xabar qilish, kreditorlami aniqlash va debitorlik qarzini undirish choralarini ko‘rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan ta’minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi. Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga tugatilayotgan korxonaning mulki, kreditorlaming talablari va ulami ko‘rib chiqish natijalari ro‘yxati kiritilishi lozim. Ushbu balans korxonaning ta’sischisi (ta’sischilari) yoki korxonani tugatish to‘g‘risida qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi. Tugatish komissiyasi uning aybi bilan keltirilgan zarar uchun javobgar hisoblanadi. Download 46.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling