Psixologiya” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Tijorat banklarini tashkil qilishda quyidagilara amal qilinadi


Download 52.09 Kb.
bet3/4
Sana07.11.2023
Hajmi52.09 Kb.
#1754131
1   2   3   4
Bog'liq
пул креди тва банк мустақил иш

Tijorat banklarini tashkil qilishda quyidagilara amal qilinadi

avtomatlashtirilgan bank shoxobchasi — xalqaro to‘lov kartalaridagi mablag‘larni naqd milliy yoki chet el valyutasida echib olish, naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash va boshqa chakana to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi uskuna yoki uskunalardan iborat majmua;
bank kartasi — tijorat banki tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida operatsiyalarni, jumladan hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini yoki bank kreditini olish imkonini beruvchi to‘lov kartasi;
bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish dasturi — chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirilishi va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larining muddatli omonatlarga o‘tkazilishini va boshqa chakana to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi rezident jismoniy shaxslarning masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi maxsus dastur (bundan buyon matnda maxsus dastur deb yuritiladi);
valyuta ayirboshlash shoxobchasi — rezident va norezident jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda jismoniy shaxslar deb yuritiladi) naqd yoki xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash, xalqaro to‘lov kartalardagi mablag‘larni naqd shaklda echib berish va jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish operatsiyalarini, shuningdek ushbu Nizomda belgilangan boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi turg‘un shoxobcha;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
kunlik hujjatlar — operatsion kun davomida rasmiylashtirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari hisobini yuritish hujjatlari;

Download 52.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling