Psixologiya” fakulteti “psixologiya ” kafedrasi “oila psixologiyasi” yo‘nalishi


Idrokning xususiyatlari va shakllari


Download 87.72 Kb.
bet6/8
Sana14.10.2023
Hajmi87.72 Kb.
#1701557
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Idrokning individual xususiyatlari

2.2. Idrokning xususiyatlari va shakllari.
Idrokni klassifikatsiya qilinishida ham sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga asoslanadi. Idrok etishda qaysi analizator ustunroq kelishiga muvofiq ko‘rish-eshitish, paypaslab ko‘rish, kinestezik, hidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilinishi farqlanadi. Idrok qilish jarayoni odatda o‘zaro birgalikda bir qancha analizatorlar vositasida sodir bo‘ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi.
Idrokning predmetligi. Obyektivlashtirish hodisasi, ya’ni tashqi olamdan olinadigan axborotlaming o‘sha narsaga mansubligida ifoda qilinadi va xatti-harakatni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Biz narsalarni ularning ko‘rinishiga qarab emas, balki ulami amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab baholaymiz. Idrokning yana bir xususiyati, uning yaxlitliligidir.Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. Yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi. Idrokning yaxlitliligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan obyektlaming o‘ziga xos xususiyatlaridir va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya’ni analizatorlaming reflektor faoliyati natijasidir. Idrokning doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o‘zgarishiga qaramay, narsaga xos bo‘lgan kattalik, shakl, rang va boshqa xususiyatlaming idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajasi o‘zgarishiga qaramay, biz qomi oq, ko‘limi qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. Qizil chiroq ostida kitob sahifasi qizil bo‘lib ko‘rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda yerdagi odamlar va narsalar kichkina b o iib ko‘rinsa ham ulami odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko‘rinsa ham, uni to‘rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko‘rinsa ham, uni butun deb idrok qilamiz. Narsalaming shakli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok qilish amaliy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Idrokning konstantliligi tevarak-atrofdagi narsalami aslida qanday bo‘lsa shundayligicha obyektiv ravishda bilishga imkon beradi. Idrok yaxlitliligi va konstantliligi kishining o‘tmish tajribasiga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyat
appersepsiya deyiladi. Shunday qilib, idrok subyektning bundan oldingi tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Kishining tajribasi, uning bilimlari qanchalik boy bo‘lsa, uning idroki shunchalik to‘liq bo‘ladi, buyumda u shunchalik ko‘p narsalarni ko‘ra oladi. Chuqurlikni idrok qilish. Biz qanday qilib dunyoni 3 D o‘lchovda ko‘ra olamiz? Predmetning obrazini ko‘z oldimizda ikkita o ‘lchovda keltirish biroz qiyin, biroq 3 D o‘lchovda ko‘rish nisbatan oson bo‘ladi. Chuqurlikni idrok qilish biron-bir obyektni 3 D o‘lchovda idrok qilish demakdir. Bu bizga baholash va hisoblash imkoniyatini, bizgacha bo‘lgan masofani o ‘lchash imkoniyatini beradi. Demak, chuqurlikni idrok qilish bu - biror-bir obyektni 3 D o‘lchovda ko‘rish demakdir. Ushbu rasmda go‘dakning ehtiyotkorlik bilan emaklayotganini ko‘ramiz. Shundan bilamizki, go‘daklarning chuqurlikni idrok qilish qobiliyati kichik yoshdan rivojlanadi. Ikkala ko‘zni ochib oldingizga ikkita qalam yoki michkani qo‘ying va ularni bir xil ushlang, endi bir ko‘zni yoping. Bitta ko‘z bilan bu mashqni bajarish sezilarli darajada qiyin bo‘ladi. Bu bilan biz yonma-yon turgan jismlar masofasini aniqlash haqida gap ketganda ikkita ko‘zning muhimliginini isbotlaymiz. Ikki ko‘rsatkich barmoqlaringizni ko‘zlaringizdan chamasi besh duym masafoda tuting va barmoqlaringiz orasi yarim duym bo‘lsin. Shu holatda barmoqlaringizga qarang va natijaga e’tibor bering. Endi barmoqlaringizni uzoqroqqa siljiting. Bizning ko‘z
qorachiqlarimiz biroz turlicha tasvirda ko‘radilar. Miya bu ikki tasvirni solishtirsa, ularni orasidagi farq ulaming tushunarsiz tengsizligini bildiradi. Misol uchun, barmog‘ingiz bilan buruningizni ushlab barmog‘ingizga qarasangiz, tushunarsiz tasvir paydo bo‘ladi. 3 D ijodkorlari bir necha duym masofada turgan kameradan tengsiz tasvirlami tasvirga olishdi. Tasvirni biz maxsus ko‘zoynak orqali ko‘rganimizda chap ko‘zimiz chap kamerada olingan tasvirlami ko‘radi, o‘ng ko‘zimiz esa o‘ng kamerada olingan tasvirlami ko‘radi. Tasvir ularni normal holatda ko‘rsatadi. Yoki ikkala kamera bilan samolyotda yer xaritasini 3 D orqali rasmga olganda u tasvir ham bir xil holatda bo‘ladi. Qanday qilib biz odamning 10 metr yoki 100 metr uzoqlikda turganligini aniqlay olamiz. Kampusning zinalari qoraga bo‘yalsa uzoqroq ko‘rinadi, aksincha oq rang bilan bo‘yalsa u ancha yaqinroq bo‘lib ko‘rinadi. Tasvirni pastga teskariga o ‘zgartirsak qora ranglar yerga aylanadi. Agar o‘lchamni biz ikkita bir xil o ‘lchamdagi obyekt deb solishtirsak, ko‘plab odamlar uzoqda turgan obyektni kichkinaroq deb idrok qilishadi. Tasvir boshqa obyektlar orasida bo‘lsa, ya’ni biz ko‘rayotgan tasvir boshqa biron tasvir bilan to‘sib (bloklab) qo‘yilsa u bizga ancha yaqin ko‘rinadi va biz uni shunday idrok qilamiz.

Download 87.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling