Psixologiya” fakulteti “Psixologiya”kafedrasi Ijtimoiy psixologiya Fanidan


Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi


Download 484 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1490246
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiyaning shakllanish tarixi

Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi.

Sobiq ittifok jumhuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada ijtimoiy psixologiya 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o`rganganlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish, orqali shaxsning o`zini bu harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo`ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A. Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovskiyning "jamoa psixologiyasi" ham reflekslar qonuni mexanik tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini tushuntirishga kuchirish bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan xoli bo`la olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o`ynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda ortik ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog`lab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, ta’lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar ijtimoiy psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo`k hisob edi. Bu fan Rossiyada va boshqa Sobiq ittifokdosh jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol o`ynadi. Agar Moskva shaxrida asosan ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko`plab o`tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peturburgda ko`proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg`or fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar. Lekin, yuqorida aytib o`tilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa AQ SH psixologiyasining ta’siri ancha sezilarlidir.


Xulosa
Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy-psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarini kuzatamiz. Lekin ular bu hodisalarni o’z davri ruhida, o’z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli oqimlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Shning uchun ham ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yoritilgan asar yoki kashfiyotchining yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini o’rganish lozim. Ayniqsa fan tarqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli hissasini qo’shgan XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o’sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chishi – migratsiya munosabati bilan bir qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo’ldi.
Sobiq ittifok jumhuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada ijtimoiy psixologiya 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o`rganganlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish, orqali shaxsning o`zini bu harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo`ldi.

Foydalanilganadabiyotlar:


1. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiet kafolatlari. Toshkent: O`zbekiston 1997 yil.
2. Karimov I. A. Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil.
3. Agaronyan A. S. Kultura povsednevnoy jizni: Sotsialno-prakticheskie aspekti. Tashkent: O`zbekistan, 1982
4. Andreeva G. M. Aktualnie problemi sotsialnoy psixologii. M: Izd-vo MGU 1998
5. www.kasu.uz
Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling