Psixologiya fani rivojlanish va uning sohalari. Motiv bilish jarayonining xarakatlantiruvchi kuchi sifatida


Download 0.86 Mb.
Sana31.10.2020
Hajmi0.86 Mb.
#139022
Bog'liq
4-mavzu


PSIXOLOGIYA FANI RIVOJLANISH VA UNING SOHALARI.

MOTIV BILISH JARAYONINING XARAKATLANTIRUVCHI KUCHI SIFATIDA

Ma’ruza 4

Reja:


1. Psixologiya fan sifatida.

2. Psixologiyaning predmeti. Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari.

3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni va bog‘liqligi.

4. Psixologiya fanining tarmoqlari.

1. Psixologiya fan sifatida.

Psixologiya fani XIX asr oxiri XX asr boshlarida Falsafa fanidan fan sifatida ajralib chiqadi. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, YUm yondashuvlari asoslab berilgan.



Psixologiyaning Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vilgelm Vundt (1832-1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgandir

Psixologiyaning Fan sifatida dunyoga kelishi

J.Godfruan-“CHto takoe psixologiya” nomli 2-jilddan iborat kitobida antik dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat markazda bo‘lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, YUm yondashuvlari asoslab berilgan.

Vilgelm Vundt-U tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilganyu

R.S.Nemov-Uch jilddan iborat “Psixologiya” kitobida psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo‘llanilganligini, ong va o‘zini kuzatish tufayli inson o‘zidagi psixik xolatlarni o‘rgana borganligini, keyinchalik insonning faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o‘rganish zarurati etilganligini izohlab bergan.

E.G‘oziev M.Xolmuxamedov X.Ibrohimov-“Psixologiya metodologiyasi” o‘quv qo‘llanmasida psixologiya fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo‘lganligi etarlicha dalillar vositasida ko‘rsatib berilgan.

2. Psixologiyaning predmeti.

Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari.

«Psixologiya» so‘zi ikkita grek so‘zlaridan - «psyche» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi.

Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi.

Bosh miyaninig tuzilishi Bosh miya yarim sharlari po’stining yuza qismlari







3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni va bog‘liqligi.

Falsafa-Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi.

Sotsiologiya-Psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Huquqiy madaniyatini va demoqratik o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda va insonlar fikr va qarashlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.

Tabiiy fanlar: biologiya,fizika va b.k. -Psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.

Kibernetika-Inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi.

Texnika fanlari-Psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.

Glossariy

  • Psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishni, ya’ni bilish, anglashni ta’minlaydi

  • Psixologiya - «psyche» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi

  • Ijtimoiy psixologiya psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi

  • Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.

  • Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmui

  • Apatiyakishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.

  • Individuallikindividning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi, qaytarilmasligi.

  • SHaxs ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling