Psixologiya fanidan


-TOPSHIRIQ. ESSENI YOZISH TARTIBI


Download 57.63 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi57.63 Kb.
#1525317
1   2   3
Bog'liq
2-mustaqil topshiriq

2-TOPSHIRIQ. ESSENI YOZISH TARTIBI

Ushbu topshiriq talabaga pedagogik jarayonda bolalar adabiyotini tahlil qilgan holda, buyuk merosiy asarlardagi g‘oyalarni, hamda badiiy-g‘oyaviy jihatlarni o‘rgangan holda, biron mavzuni ochib berishda, mavzuni yoritish va asar orqali mavzuga oid muammolarga yechim topishni o‘rganish maqsadida tayyorlangan.


Talaba nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.
Esse (1000 so‘zdan kam bo‘lmagan) ko‘rinishida tayyorlanadi va LMS platformasiga belgilangan muddatlarda joylash talab etiladi. Belgilangan muddatdan kech yuklangan topshiriq (universitet ECTS kredit modul tizimi hamda “Talabalarning bilimini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq) baholanmaydi. Shuningdek, talaba tomonidan LMS platformasiga yuklangan ma’lumotga shaxsan o‘zi mas’ul hisoblanadi va noto‘g‘ri yuklangan ma’lumot noll ball bilan baholashga asos bo‘ladi.


Esseda aks etishi lozim boʻlgan jihatlar:

  • tanlangan mavzuning dolzarbligini bugungi kun bilan bog‘lab asoslash lozim;

  • tanlangan mavzu bilan adabiyotdan o‘qilgan badiiy asarlar yoki ulardan biri orasidagi bog‘liqlikning tahlil etish va o‘sha badiiy asarni o‘qiganini undan misollar keltrishi orqali isbotlay olish;

  • asarda mavzuning ochib berilishini o‘quvchi va pedagog sifatida tahlil etish;

  • asar orqali mavzuga oid muammolarga yechim izlanishi va ushbu mavzu bilan bog‘lanayotgan badiiy asarning bolalar tarbiyasidagi o‘rnini asoslash;

  • xulosa, taklif va tavsiyalar bera olish;

  • JUDA MUHIM!!! Esse mustaqil fikrlarga asoslangan holda yozilishi kerak. Ko‘chirmakashlik holatlari tekshiriladi va aniqlanganda, bunday ishlar BAHONAMAYDI.

Esseni rasmiylashtirish va yuklash bo‘yicha texnik talablar: taqdim etilayotgan esse A4 formatda bо‘lib, sahifaning hamma tomonidan 2 sm joy qoldirilishi, Times New Roman yozuv turida, 14 kegl, 1 interval, 1 sm abzasda bо‘lishi bо‘lishi va Pdf (Word) faylda platformaga yuklash talab qilinadi.
Talaba berilgan mavzu bo‘yicha munosib asar topib, mavzu bilan asarni tanqidiy-qiyosiy o‘rgangan holda xulosa va yechimlarni keltirishi lozim.
Bu maqsadga erishishda talabadan o‘z ustida muntazam ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda egallab borishi hamda mazkur fanning o‘quv rejadagi berilgan soatiga muvofiq 80 foiz mustaqil ta’lim komponentiga e’tiborni qaratishi lozim.


Download 57.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling