Psixologiya fanini o’qitishdagi muammolar


Download 23.96 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi23.96 Kb.
#1431129
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9. psixologiya o\'qitishning meyodologik asosi


9 PSIXOLOGIYao’QITISh METODIKASININGMETODOLOGIKASOSLARI”

Reja:


  1. Psixologiyao’qitishmetodikasiningmetodologikasoslari.

  2. Psixologiyao’qitishmetodikasiningtamoyillari.



Psixologiya fanini o’qitishdagi muammolar
Ko’xna va xamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazaridan idrok qilinsa, taassurotlar xotiraga tushirilsa, mantiqiy taxlillansa, psixologik bilimlar yangi bo’lmasada (xalqimizning etnopsixologik bilimlaridan ta’limva tarbiya jarayonida foydalanganligi, xarbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta’sir o’tkazganlagi, ularni bunga ishontirlganligi, ularda extiqod xissi uyg’otilganligi, ta’sir o’tkazishning mexanizmlari, tempi, ritmikasi, chastotasi, oxangi, urg’usi, pauzasi, muomalaning verbal va noverbal ko’rinishlarini amaliyotga qo’llanilganligi; o’rta asrning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy singari zabardast olimlarning ijodiy maxsullaridan tortib, XX- asrning 30- yillari oraliqida ilmiy tadqiqotlar qilinganligi bunga isbot talab qilinmaydigan dalildir), lekin psixologiya o’quv predmeti sifatidaO’zbekiston maktablarida 1928 yildan o’qitilib kelinmoqda.
Psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi va axamiyati xar soniya sayin ortib borganligi tufayli pedagogika institutlari va bilim yurtlarida uni o’qitish yo’lga qo’yila boshlandi. Mazkur soxa bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 1946 yildaO’rta OsiyoDavlat universitetida logika va psixologiya bo’limi ochildi. 50- yillarning 2- yarmidan boshlab pedagogika institutlarida esa pedagogika va psixologiya fakulg’tetlari joriy qilindi. Keyingi davrlarda psixolog mutaxassisga nisbatan ijtimoiy buyurtma va extiyojning ko’ayishi, yuqori malakali kadrgatalabning oshishi natijasida 1972 yilda ToshDu qoshida psixologiya bo’limi yangi asosda qaytadan tiklandi. 1991 yildan boshlab Fag’ona, Samarqand, Andijon universitetlarida xam psixologiya bo’limlari tashkil qilindi. Ayniqsa qisqa muddatli (5va 9 oylik) amaliy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog mutaxasislarga extiyojning ko’payishini bildirmoqda.
Hozirgi davrda Respublikani barcha oliy maktablari va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, xattoki maktablarda psixologiya aloxida e’tibor bilan o’qitilmoqda.
Respublika universitetlarida ko’p bosqichli ta’limtizimiga (bakalaviatura magistratura, doktorantura) o’tish munosabati bilan psixologiya faninining o’qitilishi o’ziga xos tarzda tashkil etishni taqozo qilmoqd.
Demak, talabalarga bu soxa bo’yicha bilim berish, ularda kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishni takomillashtirish uchun quyidagi yirik yo’nalishlarda ijodiy pedagogik izlanishlarni amalga oshirish lozim:
1)psixologiya fanining metodologik muammolari va ularning talqini
2)psixologiyaning nazariy materiallari va ularning taxlili
3) psixologiya o’qitishda etnopsixologik mexanizmlardan foydalanish.
4) Uning amaliy, tadbiqiy javxalarini mukammallashtirish, ya’ni
a) amaliyot, praktikum, labaratoriya maxsulotlari sifatlarini ko’tarish.
b) diagnostik va prognostik metodikalari xamda testlardan foydalanish.
v) individual va sotsial treninglarni ommaviylashtirish,
5) o’qitishning maxsuldor, faol va innovatsion metodlarini ta’limtizimiga yoyish.
6) psixologiya o’qitishda gummanizatsiya.
Bizningcha eng muhim metodologik muammo psixologiya fanining asosiy kategoriyalari va ularning talqinidir.
MUHIM MA’LUMOT. Psixologiya fanining boy ilmiy nazariy materiallariga asoslangan xolda asosiy kategoriyalar qatoriga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq:

  • Shaxs va uning psixologik tavsifi.

  • Motivatsiya - shaxsning ichki regulyatsiyasi sifatida.

  • Faoliyat va uning psixologik asosi, mexanizmlari.

  • Muomala - shaxslar aro munosabatning negizi tariqasida.

  • Ong va uning tuzilishi.

Kategoriyalarni joylashtirishdagi izchillik muammosidagi munozaralar va ularning talqini, shaxs kategoriyasining birlamchiligini dalillash va qolgan kategoriyalar uning ichki mexanizmlarini ochishga xizmat qiluvchi omillar ekanligi (shaxs - motivatsiya - faoliyat - muomila - ong).

Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling