Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari ("O’g’ri", "Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar.
Aksentlashtirish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi.
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.
v Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.
v Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.
v Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |