Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari


Download 0.52 Mb.
bet97/106
Sana02.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#201774
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Bog'liq
psixologiya ma`ruza

3. Pedagogik qobiliyatlar

Qobiliyat – bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.

Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqligini va  shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniklab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi kanday? Quyida bu masalani ko‘rib chiqamiz.

Uzoq yillar olib borilgan tadkikotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘p kirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadkikot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan kator komponentlarni,ya’ni tarkibiy kismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

1.Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o‘quv materiallarni anik va ravshan tushuntirib,oson kilib etkazib berish, bolalarda fanga kizikish uyg‘otib, ularda mustakil, faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatlardir.

Didaktik qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘kituvchi zarurat tug‘ilganda kiyin

o‘quv materialini osonrok, murakkabrog‘ini soddarok, tushunishi kiyin bo‘lganini tushunarlirok kilib o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi. O‘kituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o‘quvchilar odatda: “o‘kituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani anik, ravshan va tushunarli kilib berishida-da,bunday o‘kituvchinig ko‘lida mazza kilib o‘kiging keladi”,”Unisi esa hech  ham  anik  tushuntirib bera olmas edi”, O‘quv materialini  oldida  tirik  odamlar emas, balki kandaydir mexanizmlar bor- dek, zerikarli va noanik mujmal kilib tushuntiradi.  Biz bunday o‘kituvchilarni yoktirmaymiz”- deydilar.

Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat shunchaki  bilimlarni  osonrok, hammabop va  tushunarli  kilib  o‘quvchilar ongiga etkazib berish  qobiliyatigina emas,  balki,  shu bilan birga o‘quvchilarning  mustakil ishlari, ularning  bilish faolligini  okilona va mohirlik bilan  boshkarib, ularni  kerakli tomonga yo‘naltirib turishdan iborat bo‘lgan qobiliyatni ham o‘z ichiga oladi.

Mana shu qobiliyatlar orasida o‘quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo‘naltirish) yotadi. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini, ularning tarakkiyot darajalarini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi, yoki nimani bilmasligini, nimalarni allakachon esdan chikarganliklarini tasavvur kila oladi.

Ko‘pchilik o‘kituvchilarga, ayniksa,xafsalasiz o‘kituvchilarga, o‘quv materiali oddiygina va hech kanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab kilmaydigandek  tuyuladi. Bunday o‘kituvchilar o‘quvchilarni emas, balki birinchi galda o‘zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. SHuning uchun ham o‘quv materialini o‘zlariga karab tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o‘kituvchilar esa, o‘zlarini o‘quvchilar o‘rniga ko‘yib, kattalar uchun anik, ravshan va tushunarli bo‘lgan material o‘quvchilar uchun noanik va tushunarsiz bo‘lishi mumkin degan nuktai-nazarda bo‘ladilar.   

Shuning uchun ham bunday o‘qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o‘ylab ko‘rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o‘qituvchi uchun o‘quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo‘lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to‘g‘ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.

Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bilish xarakteridagi matnda o‘qituvchining fikri ayrim sinf o‘quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so‘ng esa matnni o‘quvchilarga engil va ularning o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib tuzish tavsiya etiladi.

Qobiliyatli o‘qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o‘zlashtirish, o‘quvchilarga bir oz nafas olib, o‘zlariga kelib olishlari va o‘z diqqat-e’tiborlarini bir joyga qo‘yib, ayrim qo‘zg‘alishlarni «so‘ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo‘shashganligini, sustligini va loqaydligini engishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda  tutadi. Bunday o‘qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o‘quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o‘qituvchining so‘zlari etarlicha idrok qilinmaydi.




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling