Psixologiya (faoliyat turi bo'yicha)


Download 38 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi38 Kb.
#1363446
Bog'liq
ITI- INAMOV Xisobot


Namangan Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi “70310901-Psixologiya (faoliyat turi bo'yicha)” yo’nalishi magistranti Inamov Nozimjon Nasifxonovichning o‘quv metodik, ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash hamda kalendar ish rejasida mo‘ljallangan ishlar bo‘yicha III-semestr yuzasidan
HISOBOT

  1. O’quv-uslubiy ishlar.

Ikkinchi olti oylikda nazariy ta’lim bo’yicha Pedagogika va psixologiya, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Eksperimental psixologiya, Sotsial psixologiya fanlaridan ma’ruza, amaliy hamda seminar mashg’ulotlariga qatnashdim hamda mazkur fanlar bo’yicha mustaqil ishlarni topshirib, qo’shimcha tarzda test va taqdimotlar tayyorladim. O’tiladigan fanlar bo’yicha o’quv adabiyotlarni tahlil qildim.
II.Ilmiy-tadqiqot ishlari.
1. Dissertatsiya mavzusi ilmiy rahbarim hamda ilmiy maslahatchi Z. Qurbanova , A.Turg’unboyeva bilan kelishilgan holda “ O`spirinlik davrida ijtimoiy xulq-atvor psixologik xususiyatlari” mavzuim yuzasidan xorijiy hamda mahalliy adabiyotlar yig’dim hamda ular bilan tanishib chiqdim.
2. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha ilmiy rahbar tavsiyasi bilan adabiyotlar ro’yhatini tartib asosida shakllantirdim. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar bilan tanishib chiqdim. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha adabiyotlarni o’rganib,”Ijtimoiy хulq – atvor va odatlarni shakllanishining psixologik tavsifi” «Zamonaviy ta`lim -tarbiya jarayoning tashkil etishning ustivor yo`nalishlari , ijtimoiy va pedogogik- psixologik asoslari», “International Forum of Translators” ilmiy jurnalida maqolamni chop etdim.
3. Magistrlik dissertatsiyasini yozishda tuzilgan rejaga muvofiq ilmiy rahbarim tavsiyasi bilan Namangan Davlat Universiteti, Pedagogika-psixologiya kafedrasida tashkil etilgan kutubxonada magistrlik dissertatsiyasiga kerakli adabiyotlar , o’quv qo’llanmalar bilan tanishib chiqdim ular bilan ishlash ko’nikmalarini oldim.

  1. Ilmiy-pedagogik ishlar.

1. Pedagogika-psixologiya kafedrasi professor o’qituvchisi Z.Qurbanova, Madina Badritdinova, Nargiza Mullaboyeva, Mo’tabar Maxsudova, Mahliyo Mirvaliyevalar ma’ruza darslarida ishtirok etib, dars olib borish mahoratlarini o’rgandim va maslahatlar oldim.
2. Pedagogika-psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchilaridan dars jarayonini olib borishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashda amaliy ko’rsatmalar oldim.
3. Pedagogika-psixologiya mudiri M.Boltayeva tavsiyasi bilan Namangan Davlat Universiteti yo’nalishining iqtidorli talabalari bilan turli tadbir va ko’rgazmalarda shuningdek semenarlar o’tkazishda qatnashdim.
IV. Malakaviy amaliy faoliyat.
1. Ilmiy tadqiqotimni olib borish uchun Namangan Davlat Universiteti Pedagogika-psixologiya kafedrasi professor- o’qituvchilari kuzatuvi ostida ilmiy faoliyat olib bormoqdaman.
V . Magistrlik dissertatsiyasini kalendar rejasini bajarish bo’yicha qilingan ishlar.
1.Tadqiqot obyekti va mavzusini tanlab oldim. Mutaxassislik fanidan glossariy uslubiy ko`rsatma tayyorlashda yetarlicha adabiyot larni to’pladim.
2.Barcha terminlarni mohiyati aniqlanib olingan natijalar tahlili rasmiylashtirildi.
3. Ilmiy rahbarim ko’magida Axborat resurslari markazi, elektron resurslar orqali dissertatsiya mavzuyimga aloqador bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tuzdim va tahlil qildim.
4. Shaxslarning psixologik xususiyatlari to’g’risida izlanishlar olib bormoqdaman.
5. To’plangan adabiyotlarni tahlil qilib bormoqdaman.

Kafedra mudiri: PhD A. Turg`unbaeva
Ilmiy rahbar: PhD Sh. Halilova
Magistr: N .Inamov


Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling