Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi abdurahmanova mushtariyning
Download 233.48 Kb.
|
ABDURAHMONOVA MUSHTARIY1
III.4. Anketa metodiAnketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharhlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, o‘zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketadan respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmasligidir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin. Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa tuzilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi. Anketaga kiritilgan savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi mumkin. Masalan, «... xususida Sizning fikringiz?», «... ekanligini bilasizmi?», «... Sizga ma’qulmi?» va shunga o‘xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham yaxshi qabul qilinadi. Masalan, «Ba’zi odamlar ... deb hisoblaydilar. Sizchi?» yoki oilaviy daromad qiziqtirgan sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Daromadingiz qancha?» demasdan, uy-ro‘zg‘or buyumlari ro‘yxati va boshqa pul bilan bog‘liq narsalarning bor-yo‘qligini so‘rash yo‘li bilan ham o‘rganish mumkin. Ko‘pgina tadqiqotlarda tekshiruvchilarga «proyektiv» savollar ham beriladi. Bunda shaxsga bir qancha hayotiy vaziyatlar, u yoki bu xulq-atvor shakllari taklif qilinib, ular ichidan o‘ziga ma’qul, u ma’qullashi mumkin bo‘lganini tanlash topshirig‘i beriladi. Vladimir Aleksandrovich Yadov shunday hollarda munosabatning kuchini ham aniqlash mumkin, deb hisoblaydi. Masalan, ba’zi odamlar «Mening fikrimga to‘g‘ri kelmaydigan narsani gapirishsa, men hattoki ularni eshitishni ham xohlamayman», deydilar. Sizning fikringiz qanday? Ularga to‘laligicha qo‘shilaman. Ularga qo‘shilaman. Qo‘shilaman, faqat butunlay emas. Ularga qo‘shilolmayman. Ularga tamoman qo‘shila olmayman. Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi: Kirish qismi yoki «respondentga murojaat» deb ataladi, bu qismda odatda tadqiqot o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiruvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Instruksiya murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham e’tibor berish kerak, chunki boshidan qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho‘chitib qo‘yishi, hattoki, to‘ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o‘tish, oxirida yana «neytralroq» savollar berish maqsadga muvofiq. Yakuniy qism respondentning shaxsiy sifatidagi ob’yektiv ma’lumotlarni olishga qaratilgan bo‘lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so‘raladi. Anketalar tarqatilish uslubiga ko‘ra, qo‘l bilan tarqatiladigan, pochta orqali yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‘ldiriladigan formalarga bo‘linadi. To‘plangan ma’lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi. XULOSA O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda sotsial psixologiya fanining asosiy kategoriyalari, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari haqida; sotsial psixologiyaning fanlar tizimida tuzilishi, ularning rivojlanish istiqbollari haqida; sotsial psixologik tadqiqotlarni tashkil etish, o’tkazish metodlari va uning vositalaridan foydalana olish; psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar; insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi; turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial psixologiyaning har xil usullarini qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish, umumpsixologikxtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Ushbu uslubiy ko’rsatma “Sotsial psixologiya” fani bo’yicha yangi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasi asosida tuzilgan bo’lib, unda psixologiya ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo’lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko’rsatma va maslahatlar berilgan. Uslubiy ko’rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan. Download 233.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling