Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning


-BOB KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI


Download 200.43 Kb.
bet8/12
Sana28.12.2022
Hajmi200.43 Kb.
#1020709
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ERGASHEVA NASIBA1

2-BOB KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
2.1 Kichik guruhlar psixologiyasi

Kichik guruhlar muammosi sotsial psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko`plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan ob`ektlardandir. Bu an`ana Amerikada o’tgan asrimiz boshida o’tkazilgan ko`plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo`lib, ularda olimlar oldiga qo’yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka xolda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta`sir ko’rsatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o`zaro hamkorligi (interaktsiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo`lganligi faktining (koaktsiya) ta`siri o`rganildi. Olingan ma`lumotlar shuni ko’rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma`lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayer, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Mede va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi.


Bu psixologik hodisa sotsial psixologiyada sotsial fatsilitatsiya nomini oldi. Uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta`siri bo`lib, bu ta`sir avvalo, sensor kuchayishlar hamda ish xarakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo`ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, ya`ni boshqalar ta`sirida individ reaktsiyalariga tormozlanish, faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olgan faktlarning qandayligidan qat`iy nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh "diada" ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila yangi shakllangan oila ko`proq nazarda tutiladi, lekin samarali o`zaro ta`sir nazarda tutilganda 7±2 kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli sotsial psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial psixologik treninglar o’tkazish uchun ham qulay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning o’lchami qanchalik katta bo`lsa, uning aloxida olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya`ni shaxsning ko`pchilikdan iborat guruhdan o`zini tortish va uning normalarini buzishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o`zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas`uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari uning o’rtasidagi aloqalarda doim aniqlik bo`lishini talab qiladi. Munosabatlardagi xar qanday disbalanslar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
To’rtinchidan, agar guruh a`zolarining soni toq bo`lsa, ular o’rtasidagi o`zaro munosabatlar juft bo`lgan holdagidan ancha yaxshi bo`ladi. Shundan bo`lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi.
Beshinchidan. shaxsning guruh taz`yiqiga berilishi va bo’ysunishi ham guruh a`zolarining soniga bog’liq. Guruh soni 4-5 kishi bo`lgunga qadar, uning ta`siri kuchaya boradi. Lekin undan ortib ketgach ta`sirchanlik kamayib boradi. Masalan, kuchada sodir bo`lgan baxtsiz xodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, mas`uliyat hissi pasayib boradi. Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.
Guruh va jamoalar to’g’risida gap ketganda, ko’pincha uning «ma’naviy muhiti», «psixologik muhiti» degan iboralar ishlatiladi. Chunki bu narsa o’sha yerdagi ishning yaxshiligi, faoliyatning samarasi bilan bog’lanadi. Sotsial psixologik muhit deganda, biz o’sha guruhning a’zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar va o’zaro munosabatlaridan iborat bo’lgan emosional-intellektual holatni tushunamiz. Bu o’rindagi asosiy omil — bu a’zolarning o’zaro munosabatlaridir. Ma’lumki, o’zaro munosabatlar ish yuzasidan, faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir-birlarini yoqtirish-yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emosional hissiyotlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Professional faoliyatni bajarish jarayonida tabiiy birinchi tipli munosabatlar ustivor bo’lib, ikkinchilarining xarakteri birinchisidan kelib chiqadi. Do’stlar to’plangan davradagi muhit esa aksincha, bevosita simpatiyalarga tayanadi.
Sotsial psixologiyada ana shunday psixologik muhitni eksperimental tarzda o’rganishga katta e’tibor beriladi. Eng keng tarqalgan usullardan biri sosiometriya bo’lib, uning asoschisi amerikalik olim Jon Moreno hisoblanadi. Sosiometriya lotincha «so cietas» — jamiyat, va «metreo» — o’lchayman so’zlaridan olingan bo’lib, guruhdagi shaxslararo munosabatlarni o’lchashga qaratilgan texnikadir. Nazariy sosiometriya uning muallifi fikricha, jamiyatdagi barcha nizolar, muammolarni yechishning usullaridan biri — insonlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish va shunga ko’ra, jamiyatda o’zgarishlarni amalga oshirish kerak, degan g’oyaga asoslanadi. Amalda esa har bir jamoalarda maxsus sosiometrik so’rovlar o’tkaziladi va uning natijalari tashkiliy jarayonlarda inobatga olinadi.
Lekin oxirgi paytlarda sosiometriyaga nazar o’zgargan, uning yuzlab modifikasiyalari, turlari ishlab chiqildi. Ahamiyatlisi shuki, uni haqiqatdan ham guruhdagi ma’naviy-psixologik muhitga ta’sir etuvchi emosional munosabatlarni aniqlashda mutaxassis tomonidan ishlatish mumkin. Bunda har bir guruh a’zosi tanlov sharoitiga solinadi, ya’ni u, u yoki bu sharoitda, vaziyatda yoki faoliyatni bajarishda o’ziga yoqqan (yoqmagan ham) sherigini guruhdoshlari orasidan tanlashi kerak. Masalan, maktab o’quvchilariga «Kim bilan birga dars tayyorlashni xohlarding? », «Kim bilan maktab yer uchastkasidagi xasharda yonma-yon turib ishlashni istarding?», mehnat jamoalarida esa «Boshliq tomonidan berilgan muhim topshiriqni ikki kishi bajarishi kerak bo’lsa, sheriklikka kimni olgan bo’lardingiz?», talabalarda «Xorijga o’qishga yuborishsa, guruhdoshlaringdan kimlar senga sherik bo’lishini istaysan?» kabi savollar bilan murojaat qilinadi. So’rov anonim bo’lib, har bir ishtirokchi 3-5 tagacha tanlash huquqiga ega bo’ladi. Natijalar jadvalga solinib, qayta ishlanadi va xattoki, grafik tarzida chiziladi. Quyida mehnat jamoasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan sosiometrik testdan biri havola etilgan.
Test uchun quyidagi savollarni taklif etish mumkin:
1. Guruhingizdagi odamlar orasidan bevosita doimo u bilan ishlashni xohlagan uch kishining nomini yozing:
1.______________________________________________________________
2.______________________________________________________________
3.______________________________________________________________
2. Siz bilan birga ishlaydigan hamkasblaringizdan kimlar bilan birga bo’sh vaqtingizni o’tkazishni xohlardingiz (uch kishi)
1.______________________________________________________________
2.______________________________________________________________
3.______________________________________________________________
3. Hamkasblaringizdan o’z ishini zo’r mahorat bilan bajaradigan uch kishining nomini yozing:
1.______________________________________________________________
2.______________________________________________________________
3.______________________________________________________________
Metodika guruhdagi odamlar bir-birlarini yaxshi bilgan taqdirdagina o’tkaziladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash har bir xodimning to’plagan tanlovlarini sanash va tahlil qilishga asoslanadi. Ular asosida guruhdagi liderni va liderlik stilini aniqlash mumkin.
Sotsiometriya korxona tarkibida kadrlar zahirasini shakllantirish, har bir xodimning reytingini aniqlash orqali ularda liderlik sifatlarining borligini o’rganishga imkon beradi. Bu metodni psixolog o’tkazgani ma’quldir.

Download 200.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling