Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning
Kurs ishning ilmiy ahamiyati
Download 200.43 Kb.
|
ERGASHEVA NASIBA1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi.
- Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan
Kurs ishning ilmiy ahamiyati.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur. Boshqaruv, menejment va marketing, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 1-BOB. KATTA GURUHLAR PSIXOLOGIYASI 1.1Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi Har bir shaxs o’z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o`zi yo’q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta’sirda bo’ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish sotsial psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. Psixologik ma’noda guruh bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo’lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o’quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin yoshlar), ma’lum o’quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor bu qiziquvchanlik bo`lib o’tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreevaning "Sotsial psixologiya" darsligida klassifikatsiya guruhlarining asosiy turlarini o`z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo`ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo`linadi. Konkret faoliyat odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o`zi kishilarning soniga qarab katta va kichik guruhlarga bo`linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab, uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida endi shakllanayotgan diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog’onasida ko’tarila olgan jamoa turlariga bo`linadi. Guruhlarning sotsial psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta`rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni maqsad qilib qo’ygan holda, bevosita katta guruhlarning sotsial psixologik qonuniyatlarini o`rganishga o’tamiz. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko`pchilikni tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta`minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, sotsial psixologiyada olimlar ko`pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko’radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy mafkuraviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o’tilganidek, ko`pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o`rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o`rganilishi kerak, deylik. Avvalo o’sha ishchilarning soni ko`p, qolaversa, ishchilarning o`zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo’yadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o`rganish hozircha sotsial psixologiyadagi asosiy metodologik yo`llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o`rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo`lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo`lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumdar, an`analar o`rganiladi. Sotsial psixologik ma`noda, hayot tarzini o`rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o’rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o`zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya`ni u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda tipik hislatlar shakllanadi. Shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida, shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhida, jamoada bo’lgan taqdirda ro’y beradi. Shuning uchun ham mutaxassislar jamoalarda ro’y beradigan shaxslararo ta’sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda odamlar mehnatini tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak. Har bir shaxsning fe’l-atvorida, xatti-harakatlarida u mansub bo’lgan millat, xalq, xudud, professoinal toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi muqim guruhi, oilasining ta’siridan paydo bo’lgan sifatlari va xususiyatlari bo’ladi. Bu ta’sir makro bosqichdagi ta’sirlar deb atalib, yaqin muhitning tasiri — mikro bosqichdagi ta’sirlar deb yuritiladi. Ikkala bosqichdagi ta’sirlar ham sotsial psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli va tarbiyaviy mohiyatga egadir. Chunki har bir sharoitda shaxs o’ziga xos sotsial rollarni bajaradi va o’zining «qiyofasini» namoyon etadi. Mehnat jamoasida professional rollarni bajarish jarayonidagi xulq-atvori shaxsning ma’naviy va psixologik ko’rinishidagi asosiy omil bo’lib, katta yoshdagi odam psixologiyasini tubdan o’zgartirish uchun uning professional faoliyatini ham o’zgartirish kerak, deyiladi. Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o’zida turli sotsial guruhlarning ta’siri bo’lib turadi. To’g’ri, ma’lum davrda bir sotsial guruhning shaxsga ta’siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo’ladi. Masalan, o’quvchilik yillarida maktabdagi o’quvchilar guruhining ta’siri mahalladagi o’rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo’lishi, yangi xonadonga kelin bo’lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri talabalik guruhinikidan kuchliroq bo’lishi tabiiy. Lekin har bir alohida daqiqada biz doimo ma’lum guruhlar ta’sirida bo’lamiz. Ho’sh, guruhning o’zi nima? Guruh — ma’lum sotsial faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror faoliyatning bo’lishligi (mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u yerda odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi. Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo’ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deb ataladi. Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar. Download 200.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling