Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning


Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi


Download 197.84 Kb.
bet7/12
Sana24.12.2022
Hajmi197.84 Kb.
#1052652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jo;ranzarov A1

Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi.


R.S.Nemov kichik ijtimoiy guruhlarning quyidagi klassifikatsiyasini taklif etgan.

Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. Bunday bo‘linishni amerikalik olim E. Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh:;ar bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o‘rnining aniqligi bilan harakterlanadi. Bunday guruhlarda munosabatlar asosan ''vertikal" tarzda ro‘y berib, guruhning bir yoki bir necha a’zosida ''hokimiyat" bo‘lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni — ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o‘quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.


Rasmiy guruhlardan farqli o‘laroq norasmiy guruhlar ham mavjud bo‘ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo‘lmaydi. Ko‘pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo‘lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqkan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashqari, ijtimoiy psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G. Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o‘z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar guruhi mavjud bo‘lar ekanki, u o‘z hatti-harakatlari, fikrlari va yo‘nalishlarida o‘sha guruh a’zolariga ergashish, ularning fikrlarini tanqidsiz qabul qilishga moyil hamda tayyor bo‘lar ekan. Shunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi. O‘quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o‘qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do‘sti yoki qarindoshlaridan kimdir o‘ynashi mumkin. Shunisi harakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo‘lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a’zolik guruhi) tarkibida yoki unga qarshi bo‘lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo‘lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo‘lib, uning xulq-atvor uchun etalon hisoblanadi. Tadqiqotchi yoki tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay olish va aniqlagandan so‘ng nima uchun aynan shu guruh referent rolini o‘ynaganini bilish muhimdir. Referent guruhga qarab shaxsga baho berish, uning xulq-atvorini bashorat qilish mumkin.
Agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisani tomoshabini bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, agregatsiya (olomon) deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir - birlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi kerak. Amerikalik psixolog Ch. Kuli hamkorlikning darajasi mezoniga ko‘ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etgan edi. Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir «yuzma - yuz, bevosita» ro‘y beradi. Masalan, oila davrasidagi, sinfdagi, hisobchilar xonasida o‘tirganlar birlamchi guruhga misoldir.
Ikkilamchi guruhlarda har doim ham odamlarning bevosita muloqotda bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi. Masalan, yirik bir tashkilotdagi tizimlar orqali muloqot, kasaba uyushmasiga birlashgan odamlar, «Vatan» taraqqiyoti partiyasi a’zolarining bog‘liqligi ikkilamchi guruhga misol. Ularda ham umumiylik bo‘ladi, masalan, o‘sha partiyani oladigan bo‘lsak, ular Qashqadaryoda bo‘ladimi, Farg‘onadami, baribir umumiy g‘oya atrofida birlashishadi, a’zolik badallarini vaqtida to‘lab turishadi, saylov oldi kompaniyalarida bir - birlarini qo‘llab - quvvatlab turadilar.
Turli guruhlar inson hayotida bir necha funksiyalarni bajaradilar: a) ijtimoiylashtiruvchi funksiya; b) instrumental, ya’ni, aniq mehnat funksiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi muhit; v) ekspressiv - odamlarning o‘zgalarning tan olishlari, hurmatga sazovor bo‘lish, ishonch qozonishini ta’minlash; g) qo‘llab - quvvatlash, ya’ni, qiyin paytlarda, muammolar paydo bo‘lganda odamlarni birlashtirish funksiyasi.

1.2.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Ma’lumki, guruhda to‘plangan kishilar o‘rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo‘ladiki, ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra, o‘ziga xos sotsial psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi.
Guruhning shakllanishi, uning paydo bo‘lishi haqida gapiriladigan bo‘lsa, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo‘ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning rivojlanishi va ularning maktablarda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o‘xshash oliy ma’lumotli shaxslar kerak bo‘lganligi uchun paydo bo‘ladi va hokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin guruhga a’zo bo‘lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo‘ladi.
Birinchidan, guruh o‘z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (o‘zbek tilida ''moslashish" ma’nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilishi yoki qabul qilmasligi bilan bog‘liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish uning ta’siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olishi mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday hatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo‘shilish turli shakllarda bo‘lishi mumkin: tashqi konformlilik — individ guruh fikriga nomigagina ko‘shiladi, aslida ruhan u guruhga qarshi turadi; ichki konformlilik — individ guruh fikriga to‘lig‘icha qo‘shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o‘rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo‘lmaydi. Bu o‘rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo‘lsa ''negativizm'' tushunchasidir, bu individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay, lekin mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydn.
Guruhlardan yana bir jarayon-bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil — bu o‘sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo‘nalishi va mazmunini bilishdagi g‘oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiylik uyushqoqlikka ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.
Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi, uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi.

Konformizmi va nonkorformizm xodisalarining mohiyati


Konformizm - bu real yoki tasavvurlardagi guruhning shaxs e’tiqodi va xulq-atvoriga ta’sirini tushuntiruvchi xodisadir. U ikki xil namoyon bo‘lishi mumkin:

  • yon berish - qalban qo‘shilmasa-da, tashqi xaraktada ko‘pchilik firiga ergashish;

  • ma’qullash - e’tiqod va qarashlarning ijtimoiy tayziqqa to‘la mos kelishi.

Konformizmning tabiatini tushuntiruvchi eksperimentlar (masalan, Muzafer Sherif, Solomon Ash, Milgram va b.q.) ma’lum ma’noda bizga hayotda yoqmaydigan narsalarning kelib chiqishini, masalan, johillikning, o‘g‘rilik yoki boshqa illatlarning tabiatini tushunishga imkon beradi, ya’ni, johillik yoki yomonlik, albatta yomon odamlarning borligi uchun kelib chiqmaydi, balki odamlarning turli vaziyatlarda noxaqlikka ko‘nikishlari yoki xudbinlik yoki yovuzlikni ko‘rib o‘tib ketaverish, ularga nisbatan isyonni namoyon qilmaslik oqibatidir.
Konformizm xodisasini eksperimental yo‘l bilan o‘rgangan tadqiqotchilarning fikricha, bu - ma’lum shart-sharoitlarning oqibatidir. Masalan, konformizm guruhning katta yoki kichikligiga, uning hajmiga bog‘liq. Odamlar o‘zlari uchun biroz bo‘lsa-da, obro‘li yoki yoqimtoy bo‘lgan odamlar soni uch yoki undan ortiq bo‘lgan sharoitda ularning gaplariga juda tez ishonib, ergashib ketaveradilar. Bundan tashqari, yuqori darajali konformizm xolati biror masala yuzasidan javoblar ko‘pchilik ichida berilganda, yoki oldindan biror javobga sha’ma qilinmagan sharoitda tez sodir bo‘ladi.
Nima uchun odamlar konformizmni namoyon etadilar, bu aslida inson tabiatiga zid emasmi? degan savol tabiiy. Yoki bo‘lmasa, ko‘pchilikning ta’siriga o‘ylamay-netmay berilaverish yaxshimi? Bu shaxsning o‘zligiga, mustaqilligiga putur yetkazmaydimi, degan savol o‘rinli bo‘lib, uning javobini ikki manbadan - jamiyatning insonlar uchun ishlab qo‘ygan normalari tizimidan, shunga mos tarzda odamning o‘zgalar tomonidan tan olinishiga intilishidan va odamlarning o‘zaro kommunikativ ma’lumotlar almashinishlari jarayonida so‘zlar va iboralar orqali bir-birlariga yetkazadigan ta’sirlari orqali tushuntirishga xarakat qiladi.
Kim ko‘proq konformli, degan savolga ko‘pchilik mualliflar ayollarning erkaklarga, yoshlarning kattalarga nisbatan ancha ishonuvchan va ta’sirlarga beriluvchan ekanliklarini e’tirof etadilar. Bundan tashqari, olimlar bu xodisaning milliy-xududiy o‘ziga xosliklarini va bu kabi xulq-atvor ayrim tang, sust vaziyatlarda odam irodasining pastlashi sifatida namoyon bo‘lishini aytishgan. Nima bo‘lganda ham, bizningcha, shaxsning tashqi tayziqlarga berilishi, tanqidsiz u yoki bu xarakat tiplariga ergashib ketaverishi individual xususiyatlarga ega bo‘lib, u odamning dunyoqarashiga, mentalitetiga va ma’lumoti darajasiga bog‘liqdir.
Nonkonformizm-chi? Kimlar o‘zgalar fikriga ergashmaydi? Shunday insonlar toifasi borki, ular ko‘pchilikka, qolaversa, ikkilanuvchilarga ergasholmaydi. Ular hakida ba’zan liderlar termini, ba’zida esa, «qo‘shilmaslar» iborasi ishlatiladi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? O‘zbeklarda «Podadan ajraganni bo‘ri yeydi» degan maqol bo‘lishiga qaramay, aynan ana shunday yagonalar, kamchilikni tashkil etuvchi «qo‘shilmaslar» tarixiy shaxslar yoki jamiyatda tub islohotlarni boshlovchilar bo‘lib chiqadi. Agar bunday qobiliyat tug‘ma - xarizmatik bo‘lib, buni odamlar qalban xis qilsalar, ular norasmiy liderlarga aylanadi, agar bunday intilish ataylab, boshqalarga ko‘rsatib qo‘yish uchun namoyish etilsa, ular rasmiy liderlarga - rahbarlarga aylanib qoladilar. Nima bo‘lganda ham liderlik va rahbarlik muammolari ham ijtimoiy psixologiyaning ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Mavzuda gurux, guruxlarning turlari: shartli, real, rasmiy, norasmiy, katta, kichik, referent, noreferent; guruxning shaxsga ta’siri: ingibitsiya, fassilitatsiya; guruxdagi dinamik jarayonlar: uyushganlik, avtonomlilik, tarqoqlik, liderlik,
1. Shaxs faoliyati va uning yo`nalishi. SHaxsning ustanovkalari va muhim orientatsiyalari.
Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:

A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o‘z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.

B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, maruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi.
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• perseptiv - ya’ni, bo‘lar shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;

mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;


• fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
• imajitiv - («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni engillashtiradi. O‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
YUqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, kuzatilmaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Motivlarning turlari. Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos motivlar; umumiylikka ega bo‘lgan motivlar; faoliyatga mos motivlar; paydo bo‘lish xususiyati, muddatiga ko‘ra motivlar; aks etish darajasi nuqtai-nazaridan ierarxik vujudga kelgan motivlar.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. SHuning uchun ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi lozim.

2.Faoliyatning tuzilishi. Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi haqida tushuncha. Ish-harakatlarni bajarish usullari (operatsiyalar). Aqliy operatsiyalar.


Agar xayvonlarning xatti – xarakati atrofdagi narsalarning ta’siri bilan belgilansa, kishining faolligi esa eng yoshlik chogidan boshlaboq insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti – xarakatning ana shu tipi aloxida xususiyatga ega bolib, psixologiyada u faoliyat degan tushuncha bilan ifodalanadi.
Inson faolligining oziga xos xususiyatlari nimada? Eng avvalo uning farq qiluvchi xususiyati shuki, ish – xarakatning mazmuni butunlay extiyoj bilan belgilanmaydi. Extiyoj motiv sifatida ish xarakatga turtki beradiyu, ish – xarakatning shaqli va mazmuni esa ijtimoiy sharoit, talab va tajribalar bilan belgilanadi. Kishini ishlashga majbur qilayotgan motiv undagi ovkatga extiyoj bolishi mumkin. Lekin kishi, masalan, stanokni boshqarar ekan, ochligini kondirish uchun emas, unga topshirilgan detalni tayyorlash uchun ishlaydi.

Download 197.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling