Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning


Kichik guruhlar klassifikatsiyasi


Download 197.84 Kb.
bet9/12
Sana24.12.2022
Hajmi197.84 Kb.
#1052652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jo;ranzarov A1

2.2Kichik guruhlar klassifikatsiyasi
Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo`lish qabul qilingan. Bunday bo`linishni amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh har bir a`zolarining rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o’rnining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bu guruhlarda asosan, "vertikal" tarzda ro’y berib, guruhning bir yoki bir necha a`zosida "hokimiyat" bo`lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko’rsatmalar berish huquqiga ega bo`ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o`quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.
Rasmiy guruhlardan farqli o’laroq, norasmiy guruhlar ham mavjud bo`ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a`zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo`lmaydi. Ko`pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo`lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqqan a`zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashqari, sotsial psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G. Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o`z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma`lum bo`lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar mavjud bo`lar ekanki, u o`z xatti-harakatlari, fikrlari va yo`nalishlarida o’sha guruh a`zolariga ergashish, ularni tanqidsiz qabul qilishga moyil hamda tayyor bo`lar ekan. Shunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi. O`quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o’qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do’sti yoki qarindoshlaridan kimdir o’ynashi mumkin. Shunisi xarakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo`lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a`zolik guruhi) tarkibidagi yoki unga qarshi bo`lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo`lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo`lib, uning xulq-atvori uchun etalon hisoblanadi.
Monolog — ma’ruzachi yoki o’qituvchining tinglovchilar yoki o’quvchi-talabalar qarshisiga chiqib nutq so’zlashi, darsni bayon etishidir. Ayni shu usul ta’lim-tarbiya jarayonidagi asosiy vosita ekanligi to’g’risida ongimizga o’rnashib qolgan tasavvur mavjud. Bu holatda gapiruvchi ma’lumotlarning asosiy tayanch manbai hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Monolog egasi o’zi mustaqil tarzda ma’lumot mazmunini tinglovchilarga yetkazish va o’z mavqeini ta’kidlash imkoniga ega bo’ladi. Lekin auditoriya, ya’ni tinglovchilar unga nisbatan ancha passiv mavqeda bo’ladilar va bu narsa ma’lumotning faqat kichik bir qisminigina idrok qilish va eslab qolishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham o’qituvchi bu kamchilikning oldini olish uchun auditoriyani faollashtirishning boshqa yo’llarini qidirishga majbur bo’ladi.
Dialog — o’quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o’qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo’lidir. Shuning uchun bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi, balki auditoriyada ijodiy muhitning bo’lishi va fikrlar almashinuvidan har bir ishtirokchining manfaatdorligini ta’minlaydi. Ya’ni, tinglovchilar o’quv jarayonining obyektidan uning subyektiga aylanadilar.
Dialog jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashinuvi, bilimlarni o’zaro muhokama qila olish uchun real sharoit yaratiladi. Lekin dialogni tashkil etishdan avval o’qituvchi auditoriyaning u yoki bu xususda bilimlar va tasavvurlarga ega bo’lishini inobatga olishi zarur, aks holda o’zaro muloqot samarasiz va mazmunsiz tortishuvga aylanib ketishi mumkin. Dialog jarayonida uni tashkil etgan shaxs auditoriyaning u yoki bu muammo yuzasidan bilimlarini diagnostika qilish va shunga mos tarzda o’z ishini tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aynan shu holat dialogning eng muhim psixologik ahamiyatidir.
Polilog — guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o’quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a’zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladi, o’qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchisi sifatida o’quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi.



Download 197.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling