Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi namozov murodjonning


Muloqotning perseptiv tomoni


Download 207.35 Kb.
bet9/10
Sana24.12.2022
Hajmi207.35 Kb.
#1052633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NAMOZOV MUROD111

Muloqotning perseptiv tomoni
Muloqotning perseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo‘ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
Muloqot ishtirokchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va xatti-harakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi.
Taniqli psixolog Sergey Leonidovich Rubinshteyn shunday deb yozgan edi:
«Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq- atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini go‘yo «o‘qib», ya’ni «mag‘zini chaqib» chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz». Bunday o‘qish naridan tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi.
Muloqotning perseptiv jihati – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti- harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g‘oyat muhimdir:
identifikasiya;
refleksiya;
g) stereotipizasiya
Identifikasiya so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, «tenglashtirish»,
«aynan o‘xshatish», bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini sub’yektning o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida tahmin qiladilar.
Refleksiya – (lotincha aks ettirish) – o‘z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, holatidan turib, o‘zini tasavvur qilish, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.
Stereotipizatsiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. Aleksey Aleksandrovich Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to‘g‘ri yo‘nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo‘lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza” – sabab, “atrebutsio” – bermoq, qo‘shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o‘qituvchi bilan hamsuhbat bo‘lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-axloqdan dars berishni boshlamasmikan” degan shubha paydo bo‘lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko‘rgan odam to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o‘rtasida bog‘liqliklar o‘rnatishga harakat qilarkan, shunday bog‘liqliklarni aniqlash maqsadida A.A.Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning fotosuratlarini ko‘rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda egalari ekanligini, 17 tasi peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattiq odamlarning qaysarroq, qat’iy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo‘yli odamlar hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo o‘ta o‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishligini aytishgan va hokazo.
Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to‘g‘ri emas, lekin kishilar ongida avloddan- avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot katta rol o‘ynaydi. Masalan, talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko‘rsatib, birinchi guruhda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu – davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini so‘ragan.
Ko‘rsatmalar har xil bo‘lganligi sababli berilgan ta’riflar ham har xil bo‘lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, g‘amxo‘r, aqlli bo‘lsa kerak, deyishgan bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat, makkor, qat’iyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko‘zlarni dono, muloyim deyishgan bo‘lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan.
Shunday qilib, ijtimoiy persepsiya yoki odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo‘lib, unda muloqotga kirishayotgan tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham ob’yekti, ham sub’yekti bo‘lib faoliyat ko‘rsatadilar. Idrokning ob’yekti sifatida shaxs qaralganda, unda hosil bo‘ladigan “boshqa odam obrazi”ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o‘sha odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o‘zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida suhbatdoshga eng ko‘p ma’lumot beradigan ob’yektdir. Shuning uchun ham telefonda suhbatlashgandan ko‘ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
Odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy bilish (idrok, sezish) sohasiga aloqador bo‘lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita bog‘liq murakkab jarayondir. Boshqa odamni to‘g‘ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya – birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, “ko‘pni ko‘rgan” shaxsgina boshqalarni to‘g‘ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Aniq va to‘g‘ri tushunishga taalluqli qonuniyatlarga quyidagilar kiradi: 1.Boshqa odam haqidagi ma’lumotning miqdoriy tomoni. Birinchi bor
to‘qnashgan odamlarda bir-birlari haqida faqat birlamchi tasavvurgina hosil bo‘lishi mumkin. Amerikalik tadqiqotchilar talabalarga boshqa talabalarga baho berish topshirig‘ini berishgan. Baholar birinchi to‘qnashuv natijasiga ko‘ra, bir haftadan keyingi qayta to‘qnashuv natijasida va ikki haftadan keyin tekshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, eng aniq tasavvur ikki haftalik tanishuvdan keyingina paydo bo‘lar ekan.
Malumotlarni olish tartibi. Boshqa odam haqida berilgan ma’lumotga asosan unda o‘sha odam haqida muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni qayta qurish, o‘zgartirish ancha mushkul.
Normal intellektning bo‘lishi. Intellekt juda yuqori bo‘lganda ham, juda past bo‘lganda ham boshqa odamni to‘g‘ri tushunish qiyin.
Maxsus tayyorgarlikning bo‘lishi. Mutaxassislar 4-kursda o‘qiyotgan psixolog talabalar bilan portret chizadigan rassomlarning boshqalarga bergan psixologik baholarini solishtirishlari natijasida rassomlarning baholari ancha aniqroq bo‘lib chiqqanining guvohi bo‘lishgan.
Hissiy holatning ta’siri. Nurrey degan olimning tadqiqotlarida turli emotional holatni boshidan kechirayotgan shaxslarga boshqa odamni baholash topshirig‘i berilgan. Bir seriyada tekshiriluvchilarga elektr toki bilan ta’sir etib turib, boshqa odamning rasmini baholashni tavsiya etishganda, baholanayotgan shaxsda johillikka yaqin sifatlar ham borligi aytilgan. Yaxshi emotsional holat boshdan kechirilayotgan seriyada esa o‘sha odamda asosan yaxshi sifatlar qayd etilgan.
Shaxsning ochiqligi. Kundalik muloqotda ochiq, samimiy odam bilan tund, pismiq odam baholari o‘rtasida sifat farqlari aniqlangan. Bundan tashqari, odamning muloqot tajribasining boyligi ham uning boshqalar haqidagi tasavvurlarining aniq bo‘lishini ta’minlaydi
Demak, yuqoridagi barcha qonuniyatlarni hisobga olgan holda, shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, ayniqsa, bo‘lg‘usi psixologlar, pedagoglar va rahbarlar uchun muhimki, ular o‘z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan nihoyatda o‘tkir dadillik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan holda ularni to‘g‘ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu muloqotdagi bilimdonlikdir.
XULOSA
O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda sotsial psixologiya fanining asosiy kategoriyalari, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari haqida; sotsial psixologiyaning fanlar tizimida tuzilishi, ularning rivojlanish istiqbollari haqida; sotsial psixologik tadqiqotlarni tashkil etish, o’tkazish metodlari va uning vositalaridan foydalana olish; psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar; insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi; turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial psixologiyaning har xil usullarini qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish, umumpsixologikxtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Sotsial psixologiya” fani bo’yicha yangi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasi asosida tuzilgan bo’lib, unda psixologiya ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo’lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko’rsatma va maslahatlar berilgan. Uslubiy ko’rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan.



Download 207.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling