Psixologiya lotincha "psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'limot so'zlardanoiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda psixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir


Download 25.46 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi25.46 Kb.
#1429898
1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya

Profеssiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan xillarda bo`lishi mumkin: kadrlar tayyorgarligini asoslashga, gigiеnik sharoitlarni hisobga olish va uni sog`lomlashtirishga; kasb tanlashni asoslashga; kasbiy maslahat va kasbiy tanlovni asoslashga; mеhnatga baho bеrish normativlarini, mеhnat xavfsizligi saviyasini ko`tarish va boshqalar.
Mеhnatni tadqiq qilish bilan shug`ullanadigan fanlar (mеditsina, mеhnat fiziologiyasi, mеhnat psixologiyasi va boshqalar). Profеssiografiya o`z oldiga turlicha vazifalarni qo`yadi. Mеhnat psixologiyasi sohasidagi barcha tadqiqotlar, xox nazariy xox amaliy vazifalarni qo`ymasin, eng avvalo konkrеt kasb faoliyatini o`rganishdan boshlanadi. Yana shuni ham esda tutish kеrakki, ilmiy-tеxnika taraqqiyoti munosabati bilan mеhnat faoliyati sharoitlarigina emas, mеhnat mazmuni ham o`zgarib bormoqda. Masalan, tеplovoz va parovoz mashinisti kasbi kеchagisi va bugungisi bilan bir xil emas. Kasb faoliyati o`zgarishiga qarab kasb profеssiogrammaga mos kеladigan kasb psixogrammasi ham o`zgarishi kеrak. Ayrim kasblar yo`qolib borsa, yangilari paydo bo`lib boradi, yoki o`zgarib boradi. Shuning uchun profеssiografiya ishlari xеch qachon tugamaydi.
2. Kasb tanlashga yo`llash va kasb maslahatlarini uyushtirish. Kasb tanlashga yo`llash eng avvalo odam imkoniyatlari va u yashayotgan muxitning bir qancha sharoitlarini o`rganishadnan boshlanadi. Bularni umumlashtirib mеhnat ekspеrtizasi dеb aytiladi.
Mеhnat ekspеrtizasi–bu odamning konkrеt kasb bo`yicha mеhnatga yaroqliligini ma'lum mutaxassislar tomonidan aniqlanishidir.Odamning u yoki bu mеhnat turiga yaroqliligi quyidagilarga bog`liq bo`lishi mumkin: yoshiga; tеgishli bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`lishga; mazkur kasb bo`yicha ishlashga qiziqish va istе'dodi mavjud bo`lishiga. Bundan tashqari yashayotgan sotsial muxit va jinsiga ham bog`liq bo`lishi mumkin..



  • Yosh mutaxassis tomonidan yangi ijtimoiy, kasbiy talablar va mas'uliyatlarini qabul qilinishi.

  • Kasbga kirib borish orqali kasbiy tajribaga ega bo‘lish, hayotda yangi tartib, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga moslashish.

  • Kasbga ko‘nikishdagi ijtimoiy qiyinchiliklar, kasbiy layoqatsizlikning yashirin shakli, kasbiy xulq-atvorni egallashdagi va yangi hayot tarziga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar.

  • Kasbiy faoliyatdagi yuksalish imkoniyatlari, ish haqi, kasbdan va rahbarlar bilan o‘zaro munosabatlardan qoniqmaslik, kasbiy rivojlanishdagi ziddiyatlar va ularni korreksiya qilish.

  • Kasbiy mehnatdan shaxsiy ma'noni topish, kasbiy hayotning yangi tomonlarini qidirish, insonlar bilan bo‘lgan munosabatlardagi ziddiyatlaridagi inqirozlardan chiqish va kelishmovchiliklarni hal etish hamda psixologik charchoqni bartaraf etish.

  • Majburiy ravishda ishdan bo‘shash, yangi ish joyini qidirish, kasbini o‘zgartirish.

  • Kasbiy hayotdagi yangi yo‘lni tan olish.

  • Mutaxassislikning destruktiv rivojlanishi, kasbiy deformatsiyalar kasbiy charchoq holatida kasbning ma'nosini yo‘qolishi.

  • Shaxsning kasbiy deformatsiyalarini aniqlash va tahlil etish, uning sabablarini o‘rganish, kasbga nisbatan ko‘nika olmaslikni yengib o‘tish.  Kasbiy faoliyatdan chetlashish (nafaqaga chiqish).

  • Ijtimoiy-psixologik keraksizlik tufayli kelib chiqadigan psixologik zo‘riqishdan xalos etish, yangi hayot tarzi va hayotda yangi ma'noni topishga intilish.

Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlar shaxs va kasb hamkorligida uchraydi va bu murakkab, dramatik jarayon sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tadi. Shaxsning kasbga bo‘lgan moslashuvida normativ bo‘lmagan vaziyatlarni hal etishda psixologiya muhim ahamiyatga ega. Aynan u shaxs va kasb o‘rtasida optimal munosabatlarni o‘rnatishda yordam berishi, kishilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirishi lozim. Shaxs va kasblarga moslashuvning ko‘p aspektli psixologik fundamentlari an'anaviy tarzda mehnat psixologiyasi tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni aniqlanmagan. XX asr bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi kasbiy faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga bo‘lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operatsion aspektlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mehnat faoliyati borasidagi psixologik tadqiqotlar insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Ular esa o‘z navbatida kasb psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab qilinadi. Shu bois, hozirgi kunda kasb psixologiyasiga doir bilimlarga zarurat sezilmoqda.
Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin.
Kasb psixologiyasining ob'ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob'ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob'ekti va predmetidan farqlanadi.
Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi
Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informasion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmoqidir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta'sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya - shaxsga ta'lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta'kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub'ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e'tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e'tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi.

Download 25.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling