«psixologiya tarixi» fanidan o’quv-metodik majmua samarqand – 2016


Download 0.57 Mb.
bet1/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1164039
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologiya tarixi majmua


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


Ta`lim yo`nalishi: 5210200 – Psixologiya
«PSIXOLOGIYA TARIXI»
FANIDAN
O’QUV-METODIK MAJMUA
Samarqand – 2016

1-mavzu: Psixologiya tarixi faniga kirish


Reja:

1. Psixologiya tarixi fanining predmeti

2. Psixologiya tarixi fanining vazifasi

3. Psixologiya tarixi fanining rivojlanish bosqichi


Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga xos bo’lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to’planib borishi tarixidir. Insonning o’zi xaqidagi bilimlarni to’plab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz inson va hayvonlar psixik hayotini o’rganishga bo’lgan ishtilish kishilar hayotini har-xil tarixiy bosqichlarda ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan toqazo qilinganligini, ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki yakkayu-yagona bo’lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko’tarilganligi haqida ham ma’lumot beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko’maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratishda katta o’rin tutadi.


Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o’rtasida kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik xodisalarni o’zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo’nalishlar bo’lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo’lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaveradi.
«Biz o’zimizni o’tmish bilan birga ko’rishimiz kerak», chunki biz unga tayanamiz. Umumiy psixologiyaning predmet va metodlaridan farqli ravishda psixik voqyelikni emas, uning rivojlanish tarixi haqidagi fikrlar turli davrlarda qanday bo’lganligini o’rganadi. Psixologik fikrning o’zi o’z tarixiga ega. Bu tarixning vazifasi psixika haqidagi ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini analiz qilish psixologik fikrlar taraqqiyoti davomida psixologiya fanning predmeti bo’lib, avval ruh, keyin ong, keyin xulq-atvor hisoblanadi. Oxirgi fan hozirgi turgan bosqichda, avvalgi bosqichlarda ajratib tashlagan psixika va xulq-atvor /faoliyat/ birligi tiklandi. Umuman psixologiyada fikrlar taraqqiyoti hyech qachon bir tekisda kechmagan. Ba’zi davrlarda u zigzaklar bilan xarakterlangan bo’lsa, ba’zida ortga qaytgan yoki bir joyda turib qol-gan. Har bir bosqich o’z yutuq va kamchiliklariga ega bo’lgan. EBENGAUZ aytganidek «Psixologiya uzoq o’tmishga va qisqa tarixga ega».
Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondoshilsa, XVII asr psixologiyasiga hududiy territorial jihatdan yondoshilsa, Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash kerak.
Psixologiya tarixi 2 ta davrga ajratiladi. Ular o’z navbatida kichikroq davrlarga bo’linish prinsipiga asosan tuzilgan.
1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. Bu davrda Er.av. VI asrdan XIX asr o’rtasigacha 2,5 ming yil davom etgan davrdir.
2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr o’rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling