"psixologiya"


Mavzu yuzasidan test savollari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana01.08.2020
Hajmi1.77 Mb.
#125252
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
psixologiya


    
Mavzu yuzasidan test savollari: 
 
1. Mustaqil va original tarzda yangi obrazlarni hosil qilish bu:  
A) ixtiyoriy xayol, B) ixtiyorsiz xayol, C) ijodiy xayol, D) orzu  
2. Tafakkur jarayonining o‘ziga xos xususiyati tomonlarini aniqlang.   
A) tafakkur voqelikni bevosita aks ettirish demakdir 
B) tafakkur-sezgi – idrok - tasavvur 
C) narsa va xodisalarning butunligicha aks ettirishdir 
D) narsa va xodisalar o‘rtasidagi aloqa hamda muhim bog‘lanishlarni aks 
ettirishdir 
3. Narsa va xodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutni tafakkur 
operatsiyalaridan qaysisi orqali aniqlanadi?  
A) sintez, B) mavhum, C) umumlashtirish, D) taqqoslash 
4. Quyidagi hukmlardan qaysi biri tafakkurni to‘g‘ri ifodalaydi?  
A) ongimizda mavjud bilimlarni birlashtirish asosida yangi obrazlar yaratish  
B) voqelikni umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirilishi 
C) voqelikni analiz va sintez qilish 
D) bizga ta’sir etib turgan narsa va xodisalarning ongimizda aks ettirilishi  
5. Tafakkur jarayonining o‘ziga xos xususiyati tomonlarini aniqlang.    
A) tafakkur voqelikni bevosita aks ettirish demakdir  
B) tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir  
C) narsa va xodisalar o‘rtasidagi aloqa hamda muhim bog‘lanishlarni aks 
ettirishdir 
D) narsa va xodisalarni butunligicha aks ettirishdir 
6. Tafakkur shakllarini aniqlang.  
A) hukm, xulosa, tushuncha 
B) mulohaza, muhokama, muammo 
C) xulosa, fikr, gipoteza 
D) hukm, umumlashtirish, taqqoslash 
7.  Xissiy bilish – bu:  
A) fikrlarni muxokama kilib narsa va xodisalarni bilib olish;  
B) fikirlarni amaliy faoliyatda aks ettirish;  
C) vokeani nutk ishtirokida aks ettirish;  
D) narsa va xodisalarni sezgi, idrok, tasavvurlarda aks ettirish.  
8.  Fikr yuritish jarayonlari – bu:  
A) tushuncha, xukm; B) induksiya, deduksiya xulosalash; C) analogiya;  
D) analiz, sintez, takkoslash, umumlashtirish.  
9.  Borlikni bevosita aks ettirish:  
A) tasavvurlar orkali; B) idrok va tasavvurlar orkali; C) tushuncha, xukm, 
xulosa chikarish; D) takkoslash, analiz va sintez orkali buladi.  
10.  Tafakkur turlari – bu: 
A) analiz, sintez, takkoslash; B) tushuncha, xukm, xulosa chikarish; C) konkret, 

 
128 
abstrakt, nazariy,amaliy  
D) mustakillik, tankidiylik.  
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
 
 
1.  G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 
2.  
Dyui D. Psixologiya i pedagogika mыshleniya.- M., 1998 
3.  
Karimova V.M. va b.k.lar Mustaqil fikrlash.- T.- SHark, 2000 
4.  
Karimova  V.,  Sunnatova  R.  Mustaqil  fikrlash  bo‘yicha  mashg‘ulotlarni 
tashkil etish yuzasidan uslubiy qo‘llanma.- T.: SHark, 2000 
5.  “Psixologiya” Uch.T-2. “Prospekt”. Moskva - 2004. 
6.  Psixologiya i pedagogika. Pod redaksiey A.A.Radugina. Izd. “Sentr” 2003 
7.  Gamilton. YA.S. “CHto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002. 
8.  Ananev B.G. “CHelovek kak predmet poznaniya”. “Piter”, 2001. 
9.  Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.      
10. Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002. 
11. Ayzenk M. Psixologiya dlya nachinayuщix. “Piter”,  2000. 
12. Bolotova  A.K,  Makarova  I.V.  Prikladnaya  Psixologiya:  Uchebnik  dlya 
vuzov.- M.Aspekt Press, 2002 – 383 s. 
13.  Nemov  R.S.  Prakticheskaya  Psixologiya  Poznanie  sebya:  Vliyanie  na 
lyudey:Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003.320 s. 
14. Spravochnik po resheniyu krossvordov i skanvordov .- Rostov n\D: Vladis, 
2002. – 640 s. 
Mavzu  yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati: 
1. www.expert.psychology.ru  
2. www.psycho.all.ru  
 
 
 
 
 
 

 
129 
11-MAVZU:  EMOTSIYA VA IRODA PSIXOLOGIYASI 
 
Aniqlashtirilgan  o’quv 
maqsadlari
Talaba  bu  mavzuni  to’la     
o’zlashtirgandan so’ng: 
- Hissiyot   va uning hosil bo’lish manbalarini biladi; 
- Affekt va stress o’rtasidagi farqni tushuntiradi; 
- Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish tushunchasiga ta’rif beradi; 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Affekt  ,  stress,  maqsad,    motiv,    motivlar  kurashi,    iroda,    iroda  akti,  
irodaviy  zo’r  berish,    qaror,    qarorni  ijro  etish,    ijroga  baho  berish,    dadillik,  
qat’iyatlilik,  matonatlilik,  sabr-toqatlilik.  
 
Asosiy savollar
1.   Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi.   
2.   Emosional holatlarning xilma-xilligi.   
3.   Iroda.  Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish.  Irodani tarbiyalash 
 
1. Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi. 
His-tuyg’ular kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga,  nimalarni 
bilib  olayotganiga  yoki  nima  bilan  mashg’ul  bo’layotganiga  nisbatan  o’zicha 
turli  xil  shaklda  bildiradigan  ichki  munosabatidir.  His-tuyg’ular  o’zining 
kechishiga ko’ra o’zgarib turadigan psixik jarayondir.  
 
His-tuyg’ularni  boshdan  kechirishning  turli  shakllari  -  Emotsiya,    affekt,  
kayfiyat,  kuchli hayajonlanish /stress/,  ehtiros ko’rinishlariga ega bo’ladi.  His-
tuyg’ular shaxsning emosional sohasini tashkil etadi.  
 
Kishida  his-tuyg’ular  uning  ehtiyojlari  qondirilishi  jarayoni  qanday 
kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo’ladi.   
 
Barcha  psixik  jarayonlar  kabi  emosional  holatlar,    his-tuyg’ularning 
kechishi  ham  miya  faoliyatining  natijasi  bo’lib  hisoblanadi.    Emotsiyaning 
paydo  bo’lishi  tashqi  olamda  ro’y  beradigan  o’zgarishlardan  boshlanadi.    Bu 
o’zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga,  bir xil 
ehtiyojlarning  paydo  bo’lishiga  yoki  yo’qolishiga,    kishi  organizmi  ichida  yuz 
beradigan  jarayonlardagi  o’zgarishlarga  olib  boradi.    His-tuyg’ular  kechishiga 
oid  fiziologik  jarayonlar  ham  murakkab  shartsiz  va  shartli  reflekslar  bilan 
bog’liqdir.   
2. Emosional holatlarning xilma-xilligi. 
 
«Hissiyot»  /«Emotsiya»/  va  «his-tuyg’u»  degan  so’zlar  ko’pincha 
sinonimlar  sifatida  qo’llaniladi.  Torroq  ma’noda  olganda,  bu  qandaydir  biroz 
doimiyrok  his-tuyg’ularning  bevosita  va  vaqtincha  boshdan  kechirilishdan 
iboratdir.    «Emotsiya»  so’zi  ruhiy  hayajonlanish,    ruhiy  xarakterlanish  degan 
ma’noni beradi.  
 
Emotsiyalar  stenik  va  astenik  turlarga  bo’linadi.    Stenik  hislar  kishining 
g’ayratlantirsa,  astenik hislar esa uning faoliyatini susaytirib yuboradi.  
 
Kishini tez cho’lgab oladigan va shiddat bilan o’tib ketadigan his-tuyg’u 
affekt  /hissiy portlash/ deb aytiladi.  Bu paytda kishi ong bilan ishlay olmaydi,  

 
130 
o’zini  boshqara  olmaydi,    nazorat  keskin  susayib  ketadi,    iroda  o’ziga 
buysunmaydi.  Kayfiyatlar    uncha  kuchli  bo’lmagan,    lekin  uzoq  vaqt  davom 
etadigan barqaror hisdir.  Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayguli,  tetiklik yoki 
lanjlik,    hayajonli  yoki  mayuslik,    jiddiy  yoki  yengiltaklik,    jizzakilik  yoki 
muloyimlik kabilar tarzida kechadi.  
 
Stress – kuchli hissiy zo’riqishdan iborat jarayon.  Hissiy zo’riqish xavf-
xatar tug’ilgan,  kishi xafa bo’lgan,  uyalgan,  tahlika ostida qolgan vaziyatlarda 
ro’y beradi.   
  
Ehtiroslar deb kishi hatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan,  barqaror,  
chuqur  va  kuchli  hislarga  aytiladi.    Masalan,    rassomlikka,    musiqaga  ehtiros,  
bedana urishtirish kabilarga ehtiros.  
 
His-tuyg’ular  hayvonlarga  ham  xos.    Lekin  insonning  his-tuyg’ulari  o’z 
mazmuni  va  kechishiga  ko’ra  hayvonnikidan  tubdan  farq  qiladi.    Masalan,  
jirkanish,  faxrlanish,  hasad qilish,  shodu-xurramlik,  zerikish,  hurmat qilish,  
burchni his etish kabilar faqat insonga xos bo’ladi.  
 
Intellektual  /aqliy/  his-tuyg’ularga  bilishga  qiziqish,    ajablanish,  
shubhalanish,    taajjublanish,    ishonch  kabi  hislar  kiradi.    Bo’larning  barchasi 
ijobiy  xarakterga  ega  bo’lib  kishini  bilishga,    o’rganishga,    ishtiyoq  bilan 
ishlashga undaydi.  
 
Ma’naviy  his-tuyg’ularga  do’stlik-o’rtoqlik,    Vatanga  muhabbat,  
insonparvarlik,    hamdardlik,    sodiqlik,      uyalish,    mehnatni  sevish  kabi  his-
tuyg’ular  kiradi.    Bizning  axloqiy  yetukligimiz,    tarbiyalanganligimiz  ana  shu 
hislar orqali  belgilanadi.  
 
Estetik  his-tuyg’ularga  bizning  go’zal,    chiroyli,    yoqimli  narsalardan 
zavqlanishimiz,    shodlanishimiz,    ho’zur  qilishimiz,    rohatlanishimiz  kabilar 
kiradi.  Bu hislarning manbai go’zal tabiat,  san’at,  adabiyot,  chiroyli turmush 
kabilar bo’lishi mumkin.  
 
Intellektual,    ma’naviy,    estetik  tuyg’ularni  faoliyat  va  muomala 
jarayonida  boshdan  kechiramiz.    Sosial  voqyelikka  nisbatan  butun  hissiy 
munosabatlar  boyligini  ifodalagani  uchun  ularni  yuksak  his-tuyg’ular  deb  ham 
aytamiz. 
 
 
3.Iroda.  Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish.  Irodani tarbiyalash. 
Iroda insongagina xos  muhim  xususiyat  bo’lib,   u shaxsning turli-tuman 
faoliyatlarida  namoyon  bo’ladi.    Iroda  inson  faolligining  muhim  tomonini 
tashkil etadi.   
 
Odam    tevarak-atrofdagi  olamni  o’z  sezgi,    idroklari  yordamida  bilib,  
o’rganibgina  qolmay,    uni  o’z  ehtiyojlari,    zaruriyatlariga  moslab  o’zgartiradi 
ham.  U o’z aql-idroki yordamida zarur natijani qo’lga kiritish uchun  qachon,  
qayerda  va  qanday  kuch–g’ayrat    sarf  etish  zarurligi,    ish  faoliyatini  qanday 
tashkil  etish  kerakligini  belgilaydi.    Ko’p  hollarda  murakkab  hatti-harakatlar  
natijasidagina  tegishli  yutuq  qo’lga  kiritiladi.    Bunday  harakat  davomida 
obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri keladi.  
 
Kuch-g’ayratni vujudga keltirish,  qancha vaqt kuch-g’ayrat zarur bo’lsa,  
uni o’shancha vaqt saqlab turish uchun kishiga iroda kerak.  Iroda kishi ongining 

 
131 
shunday  bir  sohasiki,    bu  orqali  odam  o’z  ishiga  faol  kirishadi  va  uni 
muvofiqlashtirib boradi.  Iroda tufayli kishi  o’z shaxsiy tashabbusi bilan,  ongli 
zaruratdan  kelib  chiqqan  holda,    oldindan  rejaga  solingan  yo’nalishda  va 
oldindan  nazarda  tutilgan  kuch-g’ayrat  bilan  tegishli  ish  harakatlarni  bajarishi 
mumkin.    Bundan  tashqari,    odam  o’z  psixik  faoliyatini  tegishli  ravishda 
uyushtirish hamda uni muayyan bir  mazmunga yo’naltirishi ham mumkin.  
 
Odam o’zidagi emosional holatni sirtiga chiqarmaslikka,  tashqi tomondan 
bilintirmaslikka  harakat  qilishi,    goho  tashqi  tomondan  mutlaqo  buning  aksi 
bo’lgan  holatlarni  ifoda  etishi  ham  mumkin.    Xullas,    iroda,    bir  tomondan,  
odam hatti-harakatini yo’nalishga soladi yoki uni biror harakatdan saqlab qoladi,  
ikkinchi tomondan,  mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining  
psixik faoliyatini uyushtiradi.  
Shaxs va irodaviy harakatlar.  Odamning irodaviy harakatlari o’z oldiga 
qo’ygan  maqsadlarini,    turli-tuman  yumushlarini  shunchaki  bajarishdangina 
iborat  emas.    Balki  irodaviy  harakat  o’ziga  xos  xususiyatga  egadir.    Buning 
ma’nosi shuki,  odam o’z oldida turgan va uning uchun juda katta ahamiyatga 
ega  bo’lgan  maqsadlarga  o’zi  uchun  unchalik  ahamiyatli  bo’lmagan  boshqa 
hatti-harakat motivlarini buysundiradi.  
 
Iroda  kishining  o’z  hatti-harakatlarini  ongli  ravishda  boshqarishni,    bir 
qator intilish va istaklarni tiyib turishni taqoza etadi.  Irodaviy harakat shundan 
iboratki,  bundan odam o’zini-o’zi idora qiladi,  o’zini-o’zi qo’lga oladi,  o’z his-
tuyg’ularini  nazorat  qilib  turadi  va  kerak  bo’lib  qolgan  paytlarda  ularni  bosa 
oladi.    Irodaning  namoyon  bo’lishi  ish-harakatlarda  ongning  ishtirok  qilishi 
bilan bog’liq bo’lgan shaxs faolligidir.  
 
Irodaviy  faoliyat  shaxs  tomonidan  keng  miqyosda  anglangan  va  psixik 
jarayonlarni  amalga  oshirish  xarakteri  jihatidan  irodaviy  zo’r  berishni  talab 
qiladigan bir qator ishlarni taqoza qiladi.   
 
Ko’pincha irodaviy faoliyat odamning hayot yo’lini aniqlaydigan,  uning 
ijtimoiy qiyofasini ko’rsatadigan qarorlarga kelish bilan bog’lik bo’ladi.  Bunda 
burch  hissi,    Vatan  va  xalq  oldidagi    burchini  aniq  anglash  namoyon  bo’ladi.  
Bo’larga  misol  qilib  Ulug’  Vatan  urushi  davridagi  kishilarimizning 
qahramonliklarini ko’rsatishimiz mumkin.  
Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik xususiyatlari.  
Irodaviy  faoliyat  turli-tuman  harakatlar  natijasida  amalga  oshiriladi.  
Harakatlar  esa  suyak-muskul  sistemasining  faoliyati  tufayli  vujudga  keladi.  
Ma’lumki,  insonda turli harakatlarni vujudga keltiradigan 600 dan ortiq katta va  
kichik  muskullar  mavjuddir.    Bu  muskullarning  harakati  alohida-alohida,    bir-
biridan  ajralgan  holda  emas,    balki  ularning  birgalikdagi  faoliyati  tufayli  hosil 
bo’ladi.    Insonning  istalgan  bir  harakatida  bir  guruh  muskullar  albatta  ishtirok 
etadi.    Bosh  miya  yarim  sharlarida  harakatlarni  boshqaruvchi  maxsus  uchastka 
bor.  Bu yerdan tanamizning barcha qismlariga nerv tolalari ketgan bo’ladi.  Bu 
markaz  teskari  aloqa  usulida  ishlaydi  va  harakatlarimizni  boshqarib,    tartibga 
solib  turadi.    Bordi-yu  harakat  markazi  ishdan  chiqsa,    odamning  harakatlari 
ham  bir-biri  bilan  uyg’unlashmaydi,    izdan  chiqadi,    qilmoqchi  bo’lgan  ish-

 
132 
harakatlarni odam to’g’ri bajara olmaydi.  Buni spirtli  ichimlik iste’mol qilgan 
kishi harakatida ko’rish mumkin.  
 
Irodaning  nerv-fiziologik  mexanizimi  sifatida  bosh  miya  katta  yarim 
sharlari  po’stining  shartli  reflekslar  hosil  qilishdan  iborat  bo’lgan  faoliyatini 
ham ko’rsatish mumkin.    
 
Demak,    irodaviy  harakatlarning  mexanizmini  bosh  miyadagi  harakat 
markazi  faoliyati,    suyak-muskul  sistemasining  faoliyati,    shartli  reflekslar  va 
ikkinchi signallar sistemasi tashkil etadi.  
Iroda   akti   va   uning  to’zilishi.   
Irodaviy 
harakatlarning  dastlabki  boshlang’ich  nuqtasi  harakat 
maqsadining vujudga kelishi va shu  maqsadning o’rtaga qo’yilishidir.  
Maqsad  -  kishining  shu  paytda  kerakli  va  zarur  deb  topgan    ish- 
harakatlarini tasavvur etishi demakdir.   
 
Maqsadni  tasavvur  qilish  odatda,    shu  maqsadga  erishish,    istak-orzuni 
amalga  oshirish  yo’lidagi  intilishga  bog’liq  bo’ladi.    Masalan,    kishi  qiyin 
ahvolga  tushib  qolsa,    shu  ahvoldan  bir  amallab  qutilishini  o’z  oldiga  maqsad 
qilib  qo’yadi.    Kishi  shu  vaziyatni  ma’lum  darajada  o’zgartirish,    bir  nimaga 
barham  berish,    bir nima  qo’shish va shu  kabi  maqsadlarni o’z  oldiga  maqsad 
qilib qo’yadi.  
 
Hatti-harakatni  maqsad  qilib  qo’yish  kishining  mehnat  faoliyati,    kasb-
koriga  bog’liq  bo’lgan  vazifalariga  va  turmushdagi  burchlariga  qarab 
belgilanadi.    Kishi  jamiyatda,    jamoada  tutgan  o’rni  maqsad  qo’yishga    ta’sir 
etadigan muhim omil hisoblanadi.  
 
Kishida  kelib  chiqadigan  ehtiyojlar  darrov  yaqqol  tasavvur  qilinadigan 
maqsad  tarzida  hosil  bo’la  qolmaydi.    Ko’ngilda  kechayotgan  ehtiyoj  va 
intilishlar turli darajada anglanishi va  turlicha tasavvur qilinishi mumkin.   
Masalan,    ehtiyoj  va  intilishlar  ba’zan  istak  tarzida  ko’ngildan  kechadi.  
Istak  shunday  holatki,    bunda  odam  o’ziga  nimadir  yetishmayotganini,  
nimanidir  istayotganini  his  qilib  turadi-yu,    o’sha  narsa  nima  ekanini  yaxshi 
tasavvur  qila  olmaydi.    Tilak  intilishning  shunday  bosqichiki,    bunda  kishi 
harakat maqsadini anglab yetadi,  lekin unga erishish yo’llari va vositalarini hali 
tushunib yetmaydi.   
Ehtiyoj  yana  kuchayib  boraveradi.    Natijada  intilishi  maqsadlaridan 
tashqari,    uning  yo’l,    usul  va  vositalari  ham  asta-sekin  anglashilib  boradi.  
Intilishning bunday to’la anglanilgan bosqichi hohish deb aytiladi.   
Maqsadning    va  unga  yetishish  yo’llarining  ma’qul  va  noma’qulligini 
belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb aytiladi.  Kishi nega 
boshqa  bir  maqsadni  emas,    balki  xuddi  shu  maqsadni  o’z  oldiga  qo’ymokda,  
shu  maqsadga  yetishmoq  uchun  boshqa  yo’l  va  vositalar  bilan  emas,    balki 
xuddi shu vositalar bilan ish ko’rishning sababi nima degan savolga javob motiv 
deb  ataladi.    Maqsadlarni,    ularga  erishish  yo’llari  va  vositalarini  tanlash 
jarayoni ba’zan ichki kurash xarakteriga ega bo’ladi.  Bu kurashda turli kuch va 
jozibaga ega bo’lgan bir necha motiv maydonga chiqadi.  Bu jarayon motivlar 
kurashi  deb  yuritiladi.    Motivlar  kurashi  ko’pincha  tafakkur  bilan  hissiyot 
o’rtasidagi kurashdan iborat bo’ladi.  Bundan tashqari,  bu burch hissi bilan unga 

 
133 
oid  bo’lgan  qandaydir  boshqa  shaxsiy  his  o’rtasidagi  kurash  tarzida  ham 
namoyon bo’lishi mumkin.  
Maqsadga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni,  rejalashtirish 
motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib,  qarorga kelish bilan tugaydi.  Qarorga 
kelish  muayyan  bir  maqsadni  va  shu    maqsadga  erishish  yo’lidagi  harakat 
usullaridan birini tanlab olish demakdir.  Tez qarorga kelish sur’ati bir qancha 
sabablarga,    jumladan,    ehtiyojga,    hal  qiluvchi  motiv  kuchiga,    vaziyatga,  
hissiyotga,    tafakkur  va  hayolning  taraqqiyot  darajasiga,    kishining  turmush 
tajribasi  va  bilimlariga,    dunyoqarashi,    temperament  va  xarakteriga,  boshqa 
kishilarning  maslahati,  buyrug’i,  takliflariga  bog’liqdir.    Bundan  tashqari,  
maqsadning 
ahamiyatliligiga, 
birorta 
qarorga 
keltiruvchi 
faoliyatning 
xarakteriga ham bog’liq bo’ladi.   
Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas balki,  qarorni tez va 
dadil  bajarishda  ham  zohir  bo’ladi.    Tezlik  bilan  qarorga  kelish  va  uni 
belgilangan muddatda bajarish – qat’iyatni namoyish qilish demakdir.   
Qabul qilingan qaror mustahkam yoki bo’sh bo’lishi mumkin.  Bir marta 
qabul qilinib,  keyinchalik o’zgartirilmaydigan va ma’lum vaqt davomida albatta 
bajariladigan qaror qat’iy va mustahkam qaror deyiladi.  Qaror qabul qilinsa-yu,  
keyin  yo  o’zgartirilsa,    yoki  boshqa  yangi  qaror  bilan  almashtirilsa,    yoxud 
butunlay  bekor  qilinsa,    bunday  qaror  bo’sh  qaror  deyiladi.    Qat’iy  va 
mustahkam qarorga kelish irodaning ijobiy xususiyatidir.   
Qaror  unga  muvofiq  keladigan  choralar  ko’rish  va  harakat  qilish  uchun 
qabul    qilinadi.    Qarordan  harakatga  o’tishni  qarorni  ijro  etish  deyiladi.  
Irodaning eng muhim va asosiy bosqichi qarorni ijro etishdir.   
Odatda  irodaviy  harakatlar  2  xil:  jismoniy  va  aqliy  bo’ladi.    Jismoniy 
harakatlarga  har  xil  mehnat  operasiyalari,    o’yin  va  sport  mashg’ulotlari  va 
boshqalar  kiradi.    Aqliy  harakatlarga  esa  masala  yechish,    yozma  ishlar,    dars 
tayyorlash,  ilmiy tadqiqot ishlari olib borish kabilar kiradi Ko’p vaqt takrorlanib 
o’zlashib ketgan,  ko’nikma va malakalarga aylangan harakatlar ham murakkab 
irodaviy harakatlardandir.  
Qarorni ijro etish,  odatda,  ma’lum vaqt,  muddat bilan bog’liq bo’ladi.  
Qaror  kechikmasdan,    belgilangan  muddatda  ijro  etilsa,    bu  irodaning  ijobiy 
sifatidan dalolat beradi.   
Ammo  qabul  qilingan  qaror  hamisha  bajarilavermaydi,    ayrim  hollarda 
esa  o’z    vaqtida  bajarilmay  qoladi.    Ijrosi  paysalga  solinadigan  yoki  butunlay 
ijro etilmaydigan qarorlar niyatlar deb aytiladi.    
Bir  qator  hollarda  qarorga  kelish  boshqa  kuchli  ehtiyojlarning  ta’sirini 
zaruriy tarzda yengish bilan bog’liq bo’lgan jiddiy xarakterdagi ichki zo’r berish 
bilan  bog’liq  bo’ladi.    O’zidagi  qarshiliklarni  yengish  bilan  bog’liq  bo’lgan 
bunday  jarayon  irodaviy  zo’r  berish  deyiladi.    Irodaviy  zo’r  berish  ongning,  
avvalo  nerv-muskul  apparatining  maxsus  zo’rikishida  ifodalanadi  va 
organizmning  tashqi  o’zgarishlarida  namoyon  bo’ladi.    Bundan  tashqari,    zo’r 
berish uchun yana kuch sarflashga ham to’g’ri keladi.   

 
134 
Irodaviy  zo’r  berish  va  irodaviy  harakat  maqsadga  erishish  yo’lida 
uchraydigan to’siqlarni yengishda namoyon bo’ladi.  To’siqlar esa ikki xil: ichki 
va tashqi to’siqlar bo’lishi mumkin.   
Irodaning  navbatdagi  bosqichi  ijroga  baho  berish  bo’lib  hisoblanadi.  
Baho berish qilingan ishni ma’qullash,  oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi.  
Bu  baho  qabul  qilingan  qaror  yoki  bajarilgan  harakatlardan  mamnun  bo’lish 
yoki  mamnun  bo’lmaslik  tufayli  kelib  chiqqan  maxsus  hissiy  kechinmalarda 
ifodalanadi.   
Demak,  iroda insongagina xos noyob psixik jarayondir.  U insonning ongli 
harakatlarida namoyon bo’ladi.  Iroda tufayligina turli qarshiliklarni yengib o’z 
maqsadimizga  erishamiz.    Iroda  juda  murakkab  to’zilishga  egadir.    U  ko’plab 
harakat bosqichlarini o’z ichiga oladi.  
 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
 
1.Qa’tiy maqsad asosida amalga oshirilgan va ayrim qiyinchiliklarni engish 
bilan bog‘liq harakatlar bu:  
A) tafakkur B) ijod C) iroda  D) xayol 
2. Har qanday irodaviy harakat nimadan boshlanadi?  
A) maqsadsiz harakatdan B) ixtiyorsiz harakatlardan  C) maqsadni belgilab 
anglashdan D) qurqoqlikni engishdan  
3. Nihoyatda kuchli, qisqa muddatli va tez orada o‘tib ketadigan emotsional 
holat bu:   
A) xotira B) affekt C) stress D) ijobiy emotsiya  
4. Quyidagi sifatlar orasida ijobiy irodaviy sifatlar guruhini ajrating.  
A) dadillik, mustaqillik, jasurlik 
B) og‘ir tabiatlilik, xushchaqchaqlik, sadoqatlilik 
C) tashabbuskorlik, jo‘shqinlik, ehtiyotkorlik 
D) epchillik, ishbilarmonlik 
6.  Layokat – bu:  
A) shaxsning yakka xususiyati; B) layokat qobiliyatning shakllanishiga ta’sir 
kiladi  C) qobiliyatning rivojlanishi tugma imkoniyat; D) tasavvurlar tuplami.  
7.  Istedod – bu:  
A) kishining muayyan faoliyatga layokati; B) instinkt; C) kunikma, malaka, 
bilim; D) qobiliyatlarda namoyon buladigan tugma xususiyat. 
 
Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling