Psixologiya va Pedogogika Toshpo’latov Abdujalil Erkin o’g’li


Download 10.61 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi10.61 Kb.
#1291392
Bog'liq
Psixologiya va Pedogogika


Psixologiya va Pedogogika
Toshpo’latov Abdujalil Erkin o’g’li
Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika fakulteti 102-a guruh
Annotatsiya: Mazkur maqolada Psixologiya va Pedagogika fanlari haqida tushunchalar va ularning inson hayotidagi o’rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Psixologiya,Pedogogika,tafakkur,idrok,didaktika,Yan Amos Komenskiy,Adolph Diesterweg,Maktabshunoslik sohasi,Tarbiya nazariyasi.




[ Psixologiya— inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bolmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning boglanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olami.]
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Psixologiya#
Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.

Idrok ongning ,miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat.


Pedagogika- (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida Pedagogika ga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didak-tikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini Pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati Pedagogikaning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Pedagogika va psixologiya. Bu fanlar o'rtasidagi aloqa eng an'anaviy hisoblanadi. Pedagogika chinakam fan bolishi va oqituvchi faoliyatini samarali yo`naltirishi uchun insonni, uning xususiyatlarini bilishi kerak. Buni uch asrdan ko'proq vaqt oldin pedagogika asoschisi Ya.A.Komenskiy ta'kidlagan. Barcha taniqli o'qituvchilar inson tabiatining xususiyatlarini, uning tabiiy ehtiyojlari va imkoniyatlarini tushunish, aqliy faoliyat va shaxsiyat rivojlanishining mexanizmlari, qonuniyatlarini hisobga olish zarurligi haqida gapirdilar. Ta'limni (o'qitish va tarbiyani) faqat ana shu xususiyatlar, ehtiyojlar, imkoniyatlarga muvofiq qurish mumkin.
DIDAKTIKA - (yunоn. didaktikоs- ibratli, sabоq bo‘ladigan) - pedagоgikaning ta’lim qоnuniyatlarini hamda metоdlarini o‘rganuvchi bo‘limi. Pedagogikaning taʼlim va oʻqitish nazariyasi (maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari), umumiy metod va shakllari haqidagi boʻlimi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. „Didaktika“ atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy oʻzining „Buyuk didaktika“ asarida (1657) bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi Adolph Diesterweg oʻzining „Nemis oʻqituvchilarini oʻqitish uchun yoʻriqnoma“ (1834—35) asarida didaktikaning pedagogikada taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-yuzyillikning soʻngi va 20-yuzyillikning boshlarida didaktikaga oid maxsus monografiyalar yaratila boshlandi.
Hozirgi zamon pedagogikasida didaktikaga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniqlash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish didaktikaning asosiy muammolaridir.
Download 10.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling