"psixologiya"
Shaxs va irodaviy harakatlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik xususiyatlari.
Shaxs va irodaviy harakatlar. Odamning irodaviy harakatlari o’z oldiga
qo’ygan maqsadlarini, turli-tuman yumushlarini shunchaki bajarishdangina iborat emas. Balki irodaviy harakat o’ziga xos xususiyatga egadir. Buning ma’nosi shuki, odam o’z oldida turgan va uning uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga o’zi uchun unchalik ahamiyatli bo’lmagan boshqa hatti-harakat motivlarini buysundiradi. Iroda kishining o’z hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarishni, bir qator intilish va istaklarni tiyib turishni taqoza etadi. Irodaviy harakat shundan iboratki, bundan odam o’zini-o’zi idora qiladi, o’zini-o’zi qo’lga oladi, o’z his- tuyg’ularini nazorat qilib turadi va kerak bo’lib qolgan paytlarda ularni bosa oladi. Irodaning namoyon bo’lishi ish-harakatlarda ongning ishtirok qilishi bilan bog’liq bo’lgan shaxs faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng miqyosda anglangan va psixik jarayonlarni amalga oshirish xarakteri jihatidan irodaviy zo’r berishni talab qiladigan bir qator ishlarni taqoza qiladi. Ko’pincha irodaviy faoliyat odamning hayot yo’lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini ko’rsatadigan qarorlarga kelish bilan bog’lik bo’ladi. Bunda burch hissi, Vatan va xalq oldidagi burchini aniq anglash namoyon bo’ladi. Bo’larga misol qilib Ulug’ Vatan urushi davridagi kishilarimizning qahramonliklarini ko’rsatishimiz mumkin. Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik xususiyatlari. Irodaviy faoliyat turli-tuman harakatlar natijasida amalga oshiriladi. Harakatlar esa suyak-muskul sistemasining faoliyati tufayli vujudga keladi. Ma’lumki, insonda turli harakatlarni vujudga keltiradigan 600 dan ortiq katta va kichik muskullar mavjuddir. Bu muskullarning harakati alohida-alohida, bir- biridan ajralgan holda emas, balki ularning birgalikdagi faoliyati tufayli hosil bo’ladi. Insonning istalgan bir harakatida bir guruh muskullar albatta ishtirok etadi. Bosh miya yarim sharlarida harakatlarni boshqaruvchi maxsus uchastka bor. Bu yerdan tanamizning barcha qismlariga nerv tolalari ketgan bo’ladi. Bu markaz teskari aloqa usulida ishlaydi va harakatlarimizni boshqarib, tartibga solib turadi. Bordi-yu harakat markazi ishdan chiqsa, odamning harakatlari ham bir-biri bilan uyg’unlashmaydi, izdan chiqadi, qilmoqchi bo’lgan ish- 132 harakatlarni odam to’g’ri bajara olmaydi. Buni spirtli ichimlik iste’mol qilgan kishi harakatida ko’rish mumkin. Irodaning nerv-fiziologik mexanizimi sifatida bosh miya katta yarim sharlari po’stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan faoliyatini ham ko’rsatish mumkin. Demak, irodaviy harakatlarning mexanizmini bosh miyadagi harakat markazi faoliyati, suyak-muskul sistemasining faoliyati, shartli reflekslar va ikkinchi signallar sistemasi tashkil etadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling