Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
Konfliktning rivojlanish bosqichlari, unga ta`sir qiladigan omillar va yuzaga kelish
Download 169.41 Kb. Pdf ko'rish
|
pdfslide.net psixologiyaliq-konfliktologiya
2.3.Konfliktning rivojlanish bosqichlari, unga ta`sir qiladigan omillar va yuzaga kelish
shart-sharoitlari Konfliktologiyaning Russiya va sobiq ittifoqda rivojlanishi. Bu borada rus konfliktologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlarini tushuntirishga uringanlardan biridir.Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish orqali shaxsning o`zini va bu harakatlarning sabablarini o`rganish mumkin. Bexterev asosan sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shuning uchun shaxs va jamiyat taraqqiyotining universal qonunlarini aniqlashda chalkashlikka yo`liqdi. 20 – 30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo`la olmadilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar etakchi rol o`ynadi, deb hisoblashsa, sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda ortiq ekanligini himoya qilib chiqdilar. 30-yillardagi olimlar shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, ta`lim-tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin 40-60 –yillar ijtimoiy-psixologiya
8 taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo`q hisob edi. Bu fan Rusiyada va boshqa sobiq ittifoqdosh jumhuriyatlarda 70- yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda moskvalik va leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol o`ynadi. Agar Moskva shaxrida asosan konfliktologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko`plab o`tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peterburgda ko`proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlari olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab etishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg`or fikrlar va dalil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar.
Download 169.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling