Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
Download 169.41 Kb. Pdf ko'rish
|
pdfslide.net psixologiyaliq-konfliktologiya
7-ma`ruza
Reja: 1.
Konfliktdan chiqish taktikasi 2.
Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari 3.
Konfliktni hal etishning universal vositalari Tayanch tushunchalar: Konfliktdan chiqish taktikasi, konfliktning oldini olishning yo`nalishlari, konfliktni hal etishning universal vositalari haqidakonfliktni bartaraf etish yo`llari haqida.
Buni nimadan boshlash kerak? Buni konfliktning sababini aniqlashdan boshlaymiz. Bu erda muammo nimada, bu erda muammo aniq sabablarning tezda o`zgarib ketishi, ya`ni konflikt chiqaruvchini yomon tarafdan ko`rsatishi mumkin. Shu bilan bir qatorda cho`zilib ketgan konflikt yangidan-yangi qatnashchilarni o`z domiga tortadi, ularning qarama-qarshi qarashlarining qatori kengaya boradi va bu erda ob`ektiv tarzda asosiy sababni aniqlashtirishga qiyinchilik tug`diradi. Konfliktlarning echimini topishda tajribalar shuni ko`rsatadiki, bu erda konflikt formulalarini bilish kata yordam beradi. Konfliktning birinchi formulasi. Konfliktli holat + Intsident = Konflikt Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o`rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko`rsatilayotgan ta`sir oddiy,
20
mexanik tarzda o`zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub`ektiv tarzda idroq etiladi. Shuning uchun ham bir hil ijtimoiy muhit va bir xil ta`sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10-15 ta o`quvchidan iborat akademik litsey o`quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmiy idroq qilishlari, ulardan ota – onalarining kutishlari, o`qituvchilarning berayotgan darslari va unda etkazilayotgan ma`lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir hilday. Lekin biribir ana shu 15 o`quvchining har biri shu ta`sirlarni o`zicha, o`ziga xrs tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o`quv ko`rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o`sha biz yuqorida ta`qidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o`zaro bog`liq va o`zaro qarama- qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart – sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarda oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog`cha, maktab, maxsus ta`lim o`choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi. Download 169.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling