Psixologiyaning eng muhim kasbiy xislatlarini shakillantirish


Download 52.18 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi52.18 Kb.
#1501812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Eksperimenfal psixoiogiya — eksperim entalm etodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixoiogiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish asosiy rol o`ynagan. XIX asrning o‘rtalarida psixologik hodisalar yuzasidan iik bor amaliy eksperimental psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar funksiyalarni o‘rganish ilk bor sezgi va idrokni o‘rganish bilan boshlangan. Bu tadqiqotlar eksperimental psixologiyaning falsafa va fiziologiyadan ayrim holda mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va obyektiv shart-sharoit yaratib bergan. Eksperimental psixoiogiya fan sifatida ajralib chiqishiga V.Vundt o ‘zining katta hissasini qo‘shgan. 0‘zini kuzatish metodi yordami bilan ilk eksperim ental tadqiqotlar insonning ichki funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimentlar turli hayvonlarda 0‘tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi T.L.M organ, E.L.Torndayklar tomonidan olib borilgan edi. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan. Demak, eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixoiogiya sohalarining nazariyasiga ham asos bolib xizmat qiladi.
Mehnat psixologiyasiinsonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladi. Mehnat psixologiyasining obyekti ishlab chiqarish va mehnatda shaxsning faoliyati, uni ishdan bo'sh vaqti, dam olishining ishlab chiqarishga ta ’siri va boshqalardir. Mehnat unumdorligida ishchini boqish uchun ketgan sarf-xarajatning miqdori ko‘p bo‘lsa, unga qulay shart-sharoit yaratilsa, bu jarayon shunchalik ijobiy ta ’sir uyg'otadi. Shu asnoda yuqoridagi fan sohalari mehnatkashga psixologik qulay muhit yaratishda yordam bcradi. Mehnat psixologiyasini G.Myunsterbergning „Psixologiya va ishlab chiqarish unum dorligi“ (1913) va „Psixotexnika asoslari“ (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida e`tirof etib kelinadi. Mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi ishlab chiqarish munosabatlarini ijobiylashtirish, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasbiy kasalliklarning, ishlab chiqarishda jism oniy faiokatlarning, psixologik zo'riqishlarning oldini olishdir.
Aviatsiya psixologiyasi — aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat faoliyatida kechuvchi psixologik jarayonIami o'rganadi. Aviatsiya psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson psixikasining rolini tekshirishdir. Aviatsiya psixologiyasi obyekti shaxs faoliyati, jamoa tuzilishini tashkil qilishning shart-sharoitlari hisoblanadi. Aviatsiya psixologiyasi subyekti — uchuvchilar, muhandis, texnik xizmat ko'rsatish tarkibini tashkil etuvchi styuardessa va boshqalarsanaladi. Aviatsiya psixologiyasi soha sifatida uchuvchi qurilmalaryaratilishi vaqtidan, ya’ni XIX asr oxiri va XX asrning boshlaridan vujudga kelgan. Uchuvchi apparatlarni ishlatishda va boshqarishda inson omili xavfsizligiga shart-sharoit yaratish aviatsiya psixologiyasining tugalishiga sabab bo'idi. Aviatsiya psixologiyasi alohida soha hisoblansa-da, u psixologiyaning boshqa sohalari bilan uzviy bogliq. Muhandislik psixologiyasi — inson va mashina o‘rtasidagi munosabatni, insonga mashinaning psixologik ta’sirini va insonning mashina bilan munosabati jarayonining psixologik qonuniyatlarini o'rganuvchi psixologiya sohasidir.
Kosmik psixologiya — vaznsizlik va bo'shliqda aniq mo‘ljal ololmaslik sharoitida, organizmgajuda ko‘p ortiqcha taassurotlar ta’sir o‘tkazgan paytda ro‘y beradigan nervpsixoiogik zo'riqish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda, kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasidir.
Ekstremal psixologiya — bu insonning m uhit o ‘zgargan shart-sharoitlarda psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o'rganadi. Ekstremal sharoitda insonga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, monotoniya, makon o'zgarishi, xavf omili, vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o‘zgarishi, yolg‘izlik. guruhiy izolatsiya va hayotiy xavf. Bunday ekstremal sharoitga inson moslashuvining biologik vazifasi, ekstremal sharoitda ishlovchilarni tanlab olish (kosmos, arktika, yong‘in sharoitlar uchun va hokazo), mashq qildirish, trening o'tkazishdan iborat.

Download 52.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling