Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichi Reja
Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o
Download 81.26 Kb.
|
Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichi
Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni. Inson o`zining kimligini anglashga intilishdan, o`z ruhiy dunyosini va o`zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo`lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, o`tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e`tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o`tmish tarixga ega bo`lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishga o`sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o`zgarishlar sabab bo`ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya`ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o`sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi nemis olimi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leypsig universitetida tashkil qilindi. Huddi shu laboratoriya andozasi bo`yicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to`g`risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o`zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta`siri natijasida psixologiyaning tadqiqot ob`ekti sifatida insonga muhitning ta`siri, uning xulq-atvorini o`rganish muammolari tanlab olindi. Psixologik konsepsiyalarning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning rivojlanishi ta`siri bilan psixologiya o`zining tadqiqot ob`ektlariga ega bo`lgan ko`plab sohalarga ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralariga tatbiq qilinmoqda.
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo`lishda aniq, yaqqol faoliyatning psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to`xtalib o`tamiz. Psixologiya fani sohalarini tuzilish tarkibi quyida jadval aks ettirilgan. Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va amaliyotning har xil sohalari bilan bog`liq ilmiy fanlarning juda ham kеng tarmoqli tizimi tashkil etadi. Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi: 1. Aniq faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o`zi yashayotgan muhitga munosabatlari. Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin: 1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya sohalari - umumiy psixologiya, zoopsixologiya. 2. Kishilarga ta`sir etish, ularga ta`lim va tarbiya bеrish, psixik rivojlanishni boshqarish, ya`ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o`rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pеdagogik psixologiya) 3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o`rganuvchi psixologiya-mеhnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san`at psixologiyasi va h. Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham mavjudki, bo`lar tеgishli soha odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o`z navbatida maktabgacha tarbiya psixologiyasi, kichiq maktab yoshi psixologiyasi, o`smirlik psixologiyasi, o`spirinlik psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri psixologiyasi - gеrontoliya singari tarmoqlarga ajralishi mumkin. Shuningdеk, psixik rivojlanishda normadan og`gan bolalar, ya`ni anomal taraqqiyot psixologiyasi yoki maxsus psixologiya ham bor. Patopsixologiya - kasallar psixologiyasi. Oligofrеnopsixologiya - aqli zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya - kar-soqovlar psixologiyasi, tiflo psixologiya – ko`zi ojizlar psixologiyasi. Psixologiya ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq holda rivojlanib bormoqda. Psixologiya falsafa, tarix, san`atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog`liq. Shunga muvofiq psixologiyani fanlar orasidagi bog`liqligini tahlil qilsak. Ayniqsa psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o`rni xususida quyidagi jadvalda ma`lumotlar keltiriladi: Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog`langan. Bu bog`liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to`la anglash va rivojlantirish an`analarini belgilashdagi o`rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo`lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o`zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma`lumotlarga ega bo`lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog`liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko`ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda. Download 81.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling