Psixologiyaning tadqiqot metodlari va
Yutuqlarga erishish testlari
Download 468.08 Kb. Pdf ko'rish
|
3 Mavzu Psixologiyaning tatqiqot metodlari va tarmoqlari Ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsni bilish testlari
- Suhbat metodi
- Psixologik intervyu
- Sotsiometriya
Yutuqlarga erishish testlari – sinaluvchining aniq bilim, malaka va
ko‘nikmalarga ega bo‘lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik tashhislash metodikalardan biri. 2. Idrok testlari – individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik tashhislash metodikasi. 3. Ijodkorlik testlari – insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganish va baholash metodikalarining jamlanmasi. 4. Shaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi. 5. Loyihalash testlari – psixologik izohlashga, ya’ni, sub’ekt tomonidan xususiy xossalari va holatlarining ustun bo‘lgan ehtiyojlar, mazmunlar va qadriyatlar ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi ob’ektlarga ko‘chirilishiga asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganish uchun qo‘llaniladigan metodikalar jamlanmasi. YUqorida keltirilgan testlar turlarining aniq qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarga A.X. Yugayning «Oбщая психология: лабораторнo- практические занятия» (Tashkent, 2007) o‘quv qo‘llanmasi yordamida ega bo‘lish mumkin. 6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya jarayonida qo‘llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, etarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan psixolog yordamida so‘z iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaksiya va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish mumkin. 8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy- psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita. 9. Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo‘llash uning validligi (oldindan belgilab qo‘yilgani bo‘yicha baholash uchun mos kelishi) va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini beruvchi) bog‘liqdir. Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori samaradorligini aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlar. Download 468.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling