Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 185.38 Kb.
|
Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari-fayllar.org
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar1.Muloqot deganda nimani tushunasiz? 2.Muloqot vositalariga nimalar kiradi? 3.Muloqot muammosi bilan qaysi olimlar ko'proq shug'ullanganlar? 4.Muloqotchanlikni qanday tarbiyalash mumkin?
Psixologik testlarMuloqot muammosi bilan qaysi o'zbek olimlari shug'ullangan? a) M.G. Davletshin; b) E.G'oziyev; d) V. Karimova; e) Z. Nishonova. Muloqot sirlari haqida qaysi olimning kitobi nashr qilingan? a) E. G'oziyev; b) V. Karimova; d) Kan — Kalik; e) D. Kamegi. ko'z, tananing harakatlanishi (har 3—5 soniyada ko'zlar pirpirashi). Bolalik holatiga xos qiziquvchanlik va berilib ketish ham katta odam holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin. Katta kishi holatidagi inson ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «nima uchun?», «kim?», «qanday qilib?», «qachon?», «balki», «menimcha», «mening tushunishimcha» (masalan: «niening fikrimcha, yoshlar kattalarni hurmat qilishlari kerak, shart»). E. Bern fikricha, shaxsning yetukligi insonda katta odam EGO holatining qanchalik shakllanganligiga bog'liq bo'ladi. Transakt tahlilga ko'ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga muvofiq keluvchi nuqtyai nazarda turib kontaktga kirishadilar. Ayrim transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba'zilari nizoga olib keladi. Transaksiyalar quyidagi turlarga bo'linadi: parallel transaksiyalar — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishmaydi (masalan, «katta odam» holatida turib «bolalik» holatiga murojaat qilish, «bolalik» holatida turib «kattalik»ka javob qaytarish); kesishuvchi transaksiya — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishadi (masalan, «katta odam» holatining «katta odam» holatiga murojaat qilishi, «ota-onalik»ning «bolalik»ka javob qaytarishi); yashirin transaksiya — bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor bilan bog'liq bo'lmagan transaksiyadir. Sirti «yaltiroq» bo'lgan jismoniy belgilar, so'zlar ostiga juda salbiy mazmun yashiringanda shunday transaksiya ro'y beradi. Ushbu transaksiyalar ikkidan ortiq EGO holat munosabatga kirishishi natijasida ro'y beradi. Muloqot pozitiv (ijobiy) tugallanishi uchun transaksiyalar parallel bo'lishi kerak. Kesishuvchi transaksiya nizo va ziddiyatga olib keladi. Parallel transaksiyaga misol: «oyijon, bu mening qo'limdan kelmaydi», «sen endi katta bola bo'lib qolding, albatta qo'lingdan keladi». Kesishuvchi transaksiyaga misol: «Sardor, narsalaringni joy-joyiga qo'yib qo'ysang-chi», «siz menga xo'jayin emassiz, bu yerda menga faqat onam buyruq bera oladi». Bolalik holati bolalik davrida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Kattalarga taqlid qilish natijasida ota-onalik holati shakllanadi. Kattalik holati esa uzoq yillar davomida hayotiy tajriba orttirish bilan qaror topib boradi. Download 185.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling