Psixologning axloqiy me'yorlari Reja
Download 34.63 Kb.
|
Psixologning axloqiy me\'yorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing psixologiyasi
- Ilmiy-tadqiqotchilik vazifasi
- Amaliy vazifalar
Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta`sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
San`at psixologiyasi - san`at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo bo’lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o’rganadi. Marketing psixologiyasi - yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi. Ekstremal psixologiya - insonnning o’zgargan muhit shartsharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi. Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta`sirchanlik va ta`sir ko’rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi. Fikrimizcha, amaliy psixologning vazifalari haqida fikr yuritilganda uning turli darajalarini ajratish lozim: Ilmiy-tadqiqotchilik vazifasi shaxs shakllanishi va rivojlanishiga doir muammolarni hal qilishi bilan bog`liq. Amaliy psixologiyaning amaliy vazifalari muassasa va tashkilotlarda shaxs mehnati va alohida individumlarning qulay funktsiyalashuvini psixologik jihatdan ta`minlash bilan tavsiflanadi. Amaliy vazifalar aniq muammolar bilan belgilanadi. G. S. Abramova psixologik ma`lumotlari sirasiga buyurtmachi, . mijoz, foydalanuvchi kabi tushunchalarni kiritadi. MIJOZ - bu o’zi yoki boshqa shaxslar haqidagi bilimlarni psixologga etkazadi. SHunga ko’ra u o’zining bu psixologik ma`lumotlarni tarkibi uchun javobgarlikni his qiladi. BUYURTMACHI - psixologga psixologik ma`lumot uchun murojaat qiluvchi shaxs (o’zi, tashkilot yoki boshqa shaxslar haqida). FOYDALANUVCHI - psixologdan psixologik ma`lumotlarni oluvchi shaxs. Amaliy psixologning asosiy faoliyat yo’nalishlar- psixologik yordam, psixologik hamkorlik, psixologik qo’llab-quvvatlash va psixologik kuzatuvlar tashkil qiladi. Download 34.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling