Psixomotorika va ixtiyoriy harakatlarning o`rganilishi
Download 246 Kb.
|
Psixomotorika tushunchasi harakatning maqsad sari intilish xususiyati
Psixomotorika tushunchasi harakatning maqsad sari intilish xususiyati Psixomotorika tushunchasining taraqqiyoti I.M.Sechenov nomi bilan bog`liqdir. U birinchi bo`lib borliqni bilishda muskul harakatlarining ham o`rni borligini ochib bergan. I.M.Sechenov g`oyalari psixomotorikani barcha aks ettirish shakllarining muskul harakatlarida ob`ektivlanishi, gnoseologik va prakseologik vazifani bajaruvchi harakat analizatorini barcha analizatorlarni birlashtiruvchi sifatida tushunishga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatdi. Hayvonlar faolligi bilan inson faolligi o`rtasida tafovut mavjudmi? Insonning psixomotor rivojlanishini o`rganish muhim ahamiyatga ega bo`lib, uning barcha harakatlarida shaxs, individ va sub`ekt sifatida o`ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari namoyon bo`ladi. I.M.Sechenov harakat funktsiyalarini markaziy nerv sistemasi yuqori qismlarining vazifasi bilan bog`laydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar reflektor tabiatga ega ekanligini ta`kidlab, sezgi a`zolariga keladigan qo`zg`atuvchilar ta`sirini o`rganish muhim ahamiyatga ega deb ko`rsatadi. Tashqi qo`zg`atuvchining tez va aniq ajrata olish insonning izchil o`rganilgan, eng birinchi psixomotor xususiyatdir. Tashqi ta`sirlarga ixtiyoriy javob berish turli funktsional tizimlar o`rtasidagi o`zaro ta`sir ko`rsatish vaqtiga bog`liq bo`ladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin: qo`zg`atuvchining retseptorga ta`siri va nerv signalining paydo bo`lishi; nerv signalini analizatorning pustlokdagi markaziga yuborish; vaziyatni baholash va qaror qabul qilish, pustloqning harakat markazlariga buyruq berish; nerv signalini muskullarga o`tkazish, butun jarayonning natijasi harakatdir. M ? uskullar harakati qaysi organ orqali boshqariladi? Laboratoriya sharoitida ixtiyoriy javob berish holatidan avval, tekshiriluvchi ko`rsatma bilan oldindan tanishtiriladi, barcha funktsional holatlarning tayyorgarlik darajasi ortadi. Ixtiyoriy reaktsiya ko`rsatkichi sifatida ko`pincha javob berish vaqti (reaktsiya vaqti) va javobning aniqligi olinadi. Reaktsiya vaqti deganda qo`zg`atuvchi berilgandan javob harakati tugaguncha bo`lgan vaqt oralig`i olinadi; va uni quyidagi formula bilan ifodalanadi; T r qt nn Q tnr Q td ; bu erda Tr - reaktsiya vaqti, tnn-sensor -pertseptiv jarayon vaqti, tpr-baholash va qaror qabul qilish vaqti, td - harakat javobi vaqti. Ma`lumki. reaktsiya vaqti funktsional tizimlar holatiga va tashqi sharoitlarga bog`liq bo`ladi. Ixtiyoriy reaktsiyalarni o`rganish psixodiagnostik ahamiyatga ega bo`lib, insonning turli faoliyatlari mexanizmi va tarkibini o`rganishda keng foydalanishi mumkin. Download 246 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling