Psixomotorika va ixtiyoriy harakatlarning o`rganilishi


Download 246 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi246 Kb.
#1017067
Bog'liq
Psixomotorika tushunchasi harakatning maqsad sari intilish xususiyati


Psixomotorika tushunchasi harakatning maqsad sari intilish xususiyati
Psixomotorika tushunchasining taraqqiyoti I.M.Sechenov nomi bilan bog`liqdir. U birinchi bo`lib borliqni bilishda muskul harakatlarining ham o`rni borligini ochib bergan. I.M.Sechenov g`oyalari psixomotorikani barcha aks ettirish shakllarining muskul harakatlarida ob`ektivlanishi, gnoseologik va prakseologik vazifani bajaruvchi harakat analizatorini barcha analizatorlarni birlashtiruvchi sifatida tushunishga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatdi.
Hayvonlar faolligi bilan inson faolligi o`rtasida
tafovut mavjudmi?

Insonning psixomotor rivojlanishini o`rganish muhim ahamiyatga ega bo`lib, uning barcha harakatlarida shaxs, individ va sub`ekt sifatida o`ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari namoyon bo`ladi. I.M.Sechenov harakat funktsiyalarini markaziy nerv sistemasi yuqori qismlarining vazifasi bilan bog`laydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar reflektor tabiatga ega ekanligini ta`kidlab, sezgi a`zolariga keladigan qo`zg`atuvchilar ta`sirini o`rganish muhim ahamiyatga ega deb ko`rsatadi. Tashqi qo`zg`atuvchining tez va aniq ajrata olish insonning izchil o`rganilgan, eng birinchi psixomotor xususiyatdir.


Tashqi ta`sirlarga ixtiyoriy javob berish turli funktsional tizimlar o`rtasidagi o`zaro ta`sir ko`rsatish vaqtiga bog`liq bo`ladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin:

  • qo`zg`atuvchining retseptorga ta`siri va nerv signalining paydo bo`lishi;

  • nerv signalini analizatorning pustlokdagi markaziga yuborish;

  • vaziyatni baholash va qaror qabul qilish, pustloqning harakat markazlariga buyruq berish;

  • nerv signalini muskullarga o`tkazish, butun jarayonning natijasi harakatdir.



M
?
uskullar harakati qaysi organ orqali boshqariladi?

Laboratoriya sharoitida ixtiyoriy javob berish holatidan avval, tekshiriluvchi ko`rsatma bilan oldindan tanishtiriladi, barcha funktsional holatlarning tayyorgarlik darajasi ortadi.


Ixtiyoriy reaktsiya ko`rsatkichi sifatida ko`pincha javob berish vaqti (reaktsiya vaqti) va javobning aniqligi olinadi. Reaktsiya vaqti deganda qo`zg`atuvchi berilgandan javob harakati tugaguncha bo`lgan vaqt oralig`i olinadi; va uni quyidagi formula bilan ifodalanadi;
T r qt nn Q tnr Q td ;

bu erda Tr - reaktsiya vaqti, tnn-sensor -pertseptiv jarayon vaqti, tpr-baholash va qaror qabul qilish vaqti, td - harakat javobi vaqti. Ma`lumki. reaktsiya vaqti funktsional tizimlar holatiga va tashqi sharoitlarga bog`liq bo`ladi.


Ixtiyoriy reaktsiyalarni o`rganish psixodiagnostik ahamiyatga ega bo`lib, insonning turli faoliyatlari mexanizmi va tarkibini o`rganishda keng foydalanishi mumkin.

Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling