Public education scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
hal-talimi-odirova-f u
- Bu sahifa navigatsiya:
- Feruzaxon QODIROVA
- UZLUKSIZ TA’LIMDA INNOVATSION METODIK XIZMATNI TASHKIL
- Kalit so‘zlar.
- Ключевые слова.
- Foydalanilgan adabiyotlar
MUNDARIJA
TA‟LIM VA TARBIYA NAZARIYASI
4
6
11 16
25
29 33
42
46 65
70
102
124
128
QIYOSIY PEDAGOGIKA
ТЕОРИЯ ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ
M. Egamnazarov
P. Maxsudov
J. Ishtayev
H.
G„ofurov
A. Otaqulov, Sh. Sattorova
KASB-
HUNARGA YO„NALTIRISH
Pedagogika va psixologiya ta‟lim yo„nalishi talabalarida kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish
Professional ta‟limda o„quvchilarni kasb-hunarga o„rgatishning 87
o„ziga xos jihatlari
Maktab o„quvchilarida portlovchi harakat qobiliyatni rivojlantirishga yangicha yondoshish
O„zbekistonda maktabgacha ta‟lim tarixi va taraqqiyotining rivojlanish jihatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarning o„qitishning samarali yo„llari
Т. Isaqulov 3D formatdagi interaktiv elektron o„quv qo„llanmani yaratishga qo„yiladigan talablar
M. Usmonov, 106 Masofaviy o„qitishga mo„jallangan multimediali interaktiv
B. Suvankulov elektron o„quv kurslar yaratishning texnologik asoslari
Umumiy o„rta ta‟lim muassasalari o„quvchilarining nutq M. Bahromova 110 qobiliyatini rivojlantirish uchun ma‟lumot uzatish faoliyatidan foydalanish
T. Aliboyev 115 Xorijiy tajriba – shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish omili
L. Muminova, 121
Maxsus ta‟lim va tarbiyaga muhtoj bo„lgan bolaga individual
M. Ayupova, M.Xamidova yondashuv masalalari
K. Pardayeva Abdulla Avloniy asarlari uzluksiz ma‟naviy tarbiya jarayonining metodik manbasi sifatida
S. Muxammadiyeva Pedagogika fanlarini o„qitishda Xo„ja Ahmad Yassaviyning
insonparvarlik g „oyalaridan foydalanish
Д. Шарипова, 133 Использование здоровьесберегающих технологий для по-
В. Абдуазизова вышения валеологических знаний обучающихся
TA‟LIMDA AXBOROT RESURSLARI KORREKSION PEDAGOGIKA
TA‟LIM TARIXI ILM, MA‟RIFAT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
JISMONIY TARBIYA VA SPORT 83
90
94 98
PSIXOLOGIYA
Инновационные формы организации педагогического со-
Ю. Землина 136 вета школы как фактор комплексного развития компетен- ций участников образовательного процесса
Анализ особенностей деятельности менеджера-инновато- ра в системе высшего образования
МЕТОДИКА ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ Я. Исмадияров 141
O„
Feruzaxon QODIROVA, Chirchiq davlat pedagogika instituti “Musiqiy ta‟lim va difektologiya” kafedrasi professor v. v. b, pedagogika fanlari doktori
ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Annotatsiya Ushbu maqolada umumta ‟lim va maxsus ta‟lim muassasalarida ta‟lim sifatini oshirishga ta‟sir etuvchi metodik xizmatni innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish bo „yicha tavsiyalar keltirilgan. Xususan, “Metodik klaster” innovatsion yondashuvni tatbiq etishning mazmuni va bosqichlari bayon etilgan.
yondashuv.
воздействует на качеству повышения качества образования в обшеобразо- вательных и специальных учреждениях. А именно содержание и этапы применения инновационного подхода “Методик кластер”.
методическая служба, кластер, подход.
This article provides recommendations for the organization of methodological services on the basis of innovative approaches that affect the quality of education in general and special education institutions. In particular, the content and stages of implementation of the innovative approach “Methodical Cluster” are described.
Еducation, teaching, method, process, quality, teacher, technology,
methodical service, cluster, approach.
zbekistonning yangi qiyofasi har tomonlama jahon standartlari asosida yaratilmoqda. Davlatning nechog„liq rivojlanganligi unda mavjud mak- tablarning sifati, mazmunan takomili va bitiruvchilar bilim, ko„nikma va
malakalari hamda kompetensiyalariga qo„yiluvchi ijtimoiy buyurtma ko„lami bilan ham tavsiflanadi. Ayniqsa, maktab o„qituvchilarining mavqei, ularga ijod qilish imkoniyati- ning demokratik tamoyillarga asoslanganligi yoshlarning axborot zamonidagi mehnat bozoriga samarali tayyor bo„lishlari uchun muhim omillardandir.
Bugungi kunda t a‟lim sifatini oshirishda metodik xizmatni kuchaytirish, uning amaliyotiga xorij tajribalarini tatbiq etish, variativ yondashuvlarni tashkiliy-huquqiy jihatdan mustahkamlash masalalari qator hujjatlarda alohida vazifa sifatida belgilab qo„yilgan. Jumladan, O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Ha- rakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‟lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvo-
sifatida belgilangan.
Umumiy o„rta va maxsus ta‟lim muassasalari o„qituvchilarining kasbiy kompe- tentligini rivojlantirish asosan innovatsion ta‟lim muhitida shakllanadi va takomillash- adi. Bunda eng avvalo, ta‟lim muassasasining ijtimoiy buyutma talablariga asoslan- gan maqsadi va vazifalarini o„qituvchilardagi kasbiy motivatsiya bilan uyg„unlash- tirish, o„zgarishlarga moslashtirishga yo„naltirilgan rejalarni tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Shu bois, biz tomondan amaliyotga tatbiq etilayotgan “Metodik klaster” aynan o„qituvchilarni ijod qilishga, o„zgaruvchan vaziyatlarga tez va samarali moslashishga tayyorlaydi.
Metodik klaster maqsadi fanlarni o„qitishda qo„llaniluvchi metodlarning o„zaro in- tegratsiyalashuviga erishish, ularning variatsiyalarini ishlab chiqishga o„qituvchilarni tayyorlash, amaliyotchilarda pedagogik improvizatsiya ko„nikmalarini intensiv shakl- lantirish orqali novator o„qituvchilar safini kengaytirishdan iborat.
Metodik klaster bosqichlari:
1. Muassasada ilg„or va tajribali novator o„qituvchilar mavjudligi o„rganiladi. Bunda o„z fanini yaxshi biladigan, amaliyotda AKT dan, xususan internet xizmatlaridan sama- rali foydalanadigan, o„quvchilarning o„zlashtirish reytingi baland, respublika OAVlarida turli shakllardagi faoliyat asosida qatnashadigan, hamkorlikka ochiq, kommunikativligi yuqori, moslashuvchan, yurish- turishi (sodda, orasta, zamonaviy) da o„z imijiga ega, o„quvchilar va ota-onalar hurmatiga sazovor bo„lgan yuksak insoniy fazilatlarga ega o„qituvchilar ro„yxati tuziladi.
2. Metod birlashmalar ish rejasining tahlili amalga oshiriladi. Bunda rejaning maz- munida fanlarni o„qitishda qo„llaniluvchi metodlarning ommalashishiga, aynan har bir metod yoki texnologiyaning nomi ko„rsatilgan holda e‟tibor berilgani, mas‟ul o„qituvchi- larning mos tanlangani, yosh o„qituvchilarga yordamning aks etgani o„rganiladi.
3.
Malaka oshirish kurslaridan qaytgan o„qituvchilar uchun “Metodik klaster” bur- chagida joy ajratish. Bunda har bir malaka oshirish kurslaridan qaytib, faoliyat boshla- gan o„qituvchilar o„rganib kelgan yangi metod va texnologiyaning mazmuni yoritilgan papkani tayyorlaydi. Bu bosqich o„ta muhim hisoblanadi. Chunki bu bosqich klaster- ning boshlang„ich nuqtasidir. Yangi metodning amaliyotga tatbiq etilishini ta‟minlovchi qadamdir. Eng muhimi o„qituvchi metod yoki texnologiyaning matnli ko„rinishinigina emas, balki o„quv topshiriqli tarqatmalari bilan tayyorlanishi talab etiladi. Aksincha bo„lsa, yana doimgidek, o„rganib kelingan metod seminar yoki yig„ilishda ishtirok et- ganlar- tinglaganlar uchun “axborot uchun qabul qilinadi” xolos. Shuningdek, ushbu bosqichda o„qituvchilarning o„zaro davra suhbati yoki “Master klass” daqiqalari o„tkazi- ladi. Natijada, malaka oshirish kurslarida o„rganilgan metodning yangiligi yoki qaysidir texnologiyaning variatsiyasi ekanligi tahlil etiladi.
4.
Har bir o„qituvchi metod yoki texnologiyaning o„z faniga moslashishini o„zaro o„rtoqlashadi. Ya‟ni “Imitatsion mashq” prognoz daqiqasini o„tkazadi. Imitatsion daqiqa- da o„qituvchilarning faolligi va vaziyatga kirishib ketganligiga qarab, ushbu metodning muayyan fanni o„qitishda qo„llashga mos yoki mos emasligi tahlil qilinadi.
5.
Birlamchi sinov bosqichi. O„qituvchi metodni darslarda qo„llaydi. Olingan nati- jalarni tahlil qiladi.
6. Korreksion- adaptatsiya bosqichi. O„qituvchi ilk sinov natijalari asosida metod yoki texnologiyaga ma‟lum o„zgartirishlar kiritadi va qo„llaydi. O„qituvchida yangi g„o-
yalar paydo bo„ladi va novatorlik darajasiga ko„tariladi. Natijada, metodik klasterning keyingi bosqichiga o„tiladi.
7. Transfarmatsion bosqich. Metod yoki texnologiya shakli, texnikasi, mazmuni o„zgargan holda yangi qiyofani oladi.
Metodik klaster asosan o„qituvchini o„z ustida ishlashga undaydi. Bunda eng mu- himi klaster lid eri yoki uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi pedagog zimmasiga katta mas‟uliyat yuklanadi. Chunki u jamoani boshqara olishi lozim. Buning uchun uning o„zi ham bir qancha metodlar va texnologiyalar resursi hamda muallifligidagi yangi yondas- huvlar (metod, texnologiya, didaktik vositalar...) ga ega bo„lishi talab etiladi.
Toshkent viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Maktabgacha, boshlang„ich va maxsus ta‟lim metodikalari” kafedrasining professor- o„qituvchilari tomonidan “Malaka oshirishdan keyingi kurs sa- maradorligini o„rganish” tajriba-sinov ishlari muntazam olib borilmoqda. Hududdagi bir qancha maktablarning faoliyati o„rganilganda, malaka oshirish kurslaridan qaytgan va faoliyatini davom ettirayotgan o„qituvchilarning kurs haqidagi fikr-mulohazalari maq- sadli o„rganilmaganligi, tahlil etilmaganligi kuzatildi. Ushbu holatning sabablari quyi- dagilar:
1. Ayrim maktablarda o„qituvchilar “Sen menga tegma-men senga tegmayman” yoki “hamma narsa bir maromda ketmoqda, nimaga kerak o„zgartirish”, “nega muncha kuyunasiz, kimga kerak shuncha harakatingiz”, “tarqatmalarni tayyorlashga kimning vaqti va naqdi bor”, “sizda kompyuter bor bo„lsa, menda yo„q” kabi munosabatlar qur- shovida qolib ketmoqda.
2. Maktab rahbarlarining o„zlarida yangilikka intilishning sustligi, ta'lim sifatiga bee'tiborligi.
3. O„qituvchilarda o„z ustida ishlash motivatsiyasining sustligi. Fanini bilish bilan- gina cheklanib qolganligi.
4. Yosh
o„qituvchilarga metodik yordamning maqsadli tashkil etilmayotganligi.
5. Metodik ishlarning hisobot uchungina olib borilayotganligi. Sanab o„tilgan muammolar “Malaka oshirishdan keyingi kurs samaradorligini o„r- ganish” bo„yicha tajriba-sinov ishlarini o„tkazish metodikasi mazmunidagi qator metod- lar orqali aniqlandi. Ular:
1.
O„qituvchilar bilan suhbat. Suhbat asosan, joylarda o„qituvchilar bilan bevosita davra suhbati asosida o„tkazildi.
2. Savol- javob. Kursga kelgan tinglovchilar bilan “Koordinator soati” mashg„uloti- da hamda “Malaka ishi himoyasi” jarayonidagi savol-javoblar orqali o„rganildi.
3. Anketa. Maxsus anketalar tayyorlandi. Anketalarda quyidagi savollar aks et- gan: amaliyotga qaysi o„rgangan usul yoki texnologiyani tatbiq etdingiz? Kursdan qay- tganingizdan so„ng seminar yoki davra suhbati tashkil etildimi? Sizga tajribalar bilan o„rtoqlashishingiz uchun qanday
yo„l tutildi? Malaka oshirish kursidan qaytgan o„qituv- chidan nimani o„rgandingiz? Muallifligingizda metod yoki texnologiya mavjudmi? va boshqa.
“Metodik klaster”ni joriy etish bo„yicha tajriba-sinov ishlari nafaqat maktablardagi muhitni, balki malaka oshirish kurslari mazmunini ham takomillashtirishga turtki bo„ldi. Chunki javoblar orasida “...eski metodlarni tavsiya qilishdi, o„sha qo„llanilganiga 10 yil- dan oshib ketgan metodlar “Baliq skeleti”, “Venn diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “6 ta qalpoq”, “Aqliy hujum”, “Sinkveyn”, “FSMU”, “SWOT tahlil” kabilar sanab o„tilib, ulardan ayrimlarining umuman boshlang„ich sinflarga mos emasligi bildirilgan. Bundan
“...o„qituvchilarning o„qituvchisi ham o„z ustida ishlashiga vaqt keldi, xatto kech qoldik” degan xulosa kelib chiqadi.
O„qituvchilar orasida o„z kasbini sevuvchi (yoshdan qat‟iy nazar), yangilikka inti- luvchan, zamon bilan hamnafas borish yo„lida yangi metodlarga “tashna”, hozirgi za- mon bolasi ko„z o„ngida “kumir”, “avtoritet” bo„lishga qodir amaliyotchilarning borligi qu- vonarlidir. Tajriba-sinov ishlari orqali mana shunday o„qituvchilar uchun muassasaning o„zida, vaqtni va masofani tejagan holda
“Metodik klaster”ni yo„lga qo„yish kerak degan xulosaga kelindi. Metodik klaster o„qituvchilar o„rtasida, jamoada sog„lom raqobatni yuzaga keltiradi.
Xulosa o„rnida shuni aytish mumkinki, o„qituvchilarga ijod qilishga imkon be- rish kerak. Ular uchun yangiliklarni o„zlashtirishga qulay sharoitlar yaratish lozim. Har xil tekshirishlar orqali motivatsiyasini so„ndirish kerak emas, eng muhimi, ularga “... menga vaqt bering, o„rganib olaman, bunga qodirman” degan chaqirig„iga labbay deya javob berish darkor.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni.// O‘zbekiston Res- publikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2. Розов Н. С. Глобальный интеллект: Перспективы интеграции научного, философского и практического мышления//Сб. тезисов Международного Конгресса ЮНЕСКО Образование и наука на пороге третьего тысячелетия. – Новосибирск, 1995. 3. Tayloqov U.N, Tayloqov G. Axborotlashgan ta’lim muhiti-o‘qitish samaradorligini oshirish vositasi sifatida. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – T., 2014. – 22 b. 4. Хуторской А. В. Развитие одаренности школьников: Методика продуктивного обучения. – М., 2016. – С. 66.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling