Tilimiz leksikasidagi o`zgarishlarni aks ettirishda gazeta tili badiiy uslubga qaraganda katta imkoniyatlarga ega. 12. Gazeta tili yozma adabiy til sifatida ma’lum qonun-qoidaga, normaga bo`ysunganligi va amaldagi imlo qoidalariga asoslanganligi uchun ham yuqori savodxonlikni ko`rsatuvchi manba hisoblanadi. 13. Gazeta tili namunaviy til sifatida nutq madaniyatini oshirish, adabiy normani targ`ib etishda o`ziga xos ko`zgu vazifasini bajaradi. Undagi ayrim kamchiliklar aniqlanib, gazeta tilining holatiga va til taraqqiyotidagi o`zga-rishlarga tegishlicha baho berib boriladi. Adabiyotlar Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999. I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992. A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995. G`.Abduraxmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., “O`qituvchi”, 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |