Publitsistika lotincha: publicus ij


Download 142.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2023
Hajmi142.07 Kb.
#1227485
Bog'liq
Publitsistika - Vikipediya



Publitsistika
Publitsistika (lotincha: publicus - ij-
timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va
boshqa dolzarb masalalariga
bagʻishlangan adabiy ijod turi. P.ning
vazifasi ij-timoiy kr uygʻotish va uni
shakllan-tirish, maʼlum maqsadga
yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar
asosida voqelik manzarasini yaratishdan
ibo-rat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti,
unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari
P.ning predmetidir. Hayotda ijtimoiy


faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi
o gan sari publitsistning, yaʼni ijod-
korning voqelikka faol aralashuvi, krni
bevosita oshkora, dangal ifo-dalash
tamoyili ham oshdi. P. fan, sanʼat,
adabiyot asarlari tarkibiga tobora
koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik
roman, pyesa, kino asarlari pay-do
boʻlmoqda.
Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli
umumlashtirib ifodalovchi maqola va
boshqa yirik asarlargina emas, balki
matbuot janrlarining hammasi ham P.ga
kiradi. P. mavzu xususiyatlari jihatidan
falsa y-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-
axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan


bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot,
tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga
ega. P. janr jihatidan voqeiy-
informatsion (xabar, repo aj, hisobot),
tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik
(ocherk, felyeton, pam et, yozuvchi
maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. hayot
faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish,
yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali
voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u
ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. il-miy-
nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u
yoki bu fan masalalarini publitsistik
maqola tarzida talqin va tashviq etishi
mumkin. P.ning shakli, ichki tuzilishi
mantiqiy tafakkur va obrazlilikning
oʻzaro birikuvidan iborat. P. janrida


obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi.
Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati
singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai
nazari bilan namoyon boʻladi.
Oʻ a Osiyo xalklari tarixida P. ancha
qadimiydir. P. xususiyatlari "Qobusnoma"
(P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi.
Navoiyning "Majolis un-nafois",
"Munshaot", "Mahbub ul-qulub"
asarlarida P.ning tugal xususiyatlari
uchraydi. Navoiyning Abdurahmon
Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid
Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi
adabiy po retlarini publitsistik
ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy
nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni


oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, deb
atashga imkon beradi. Publitsistik
xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti
asarlari tarkibiga ham singib ketgan.
Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir
dastlabki publitsistik maqolalar
"Turkiston viloyatining gazeti"
sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy
uygʻonish (jadidchilik harakati)ning
kuchayishi natijasida yuzaga kelgan
milliy mat-buot oʻsha davrdagi
jamiyatning kamchilik va illatlarini
ochiqoshkora bayon etgan, hatto
xalqaro hayotga oid muammolarni
tezkor sharhlaganligi bilan ham
qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar
"Taraqqiy" gaz.dan boshlab keng


koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M.
Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev,
A. Avloniy, H. Muin, M.
Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa
hu ikr jadid ziyolilari qalamiga mansub
oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-
siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va
sanʼat, milliy siyosat va boshqa
masalalarga bagʻishlangan publitsistik
maqolalar "Shuhrat", "Xurshid", "Osiyo",
"Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona",
"Najot", "Turon", "Hurriyat", "Yu " kabi
gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan.
Xususan, Beh-budiyning oʻzi tomonidan
nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan
"Samarqand" gaz. hamda "Oyna" jur.da
chop qilingan maqolalari oʻsha davr


jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish
bilan qarshilangan ("Sayohat xotiralari",
"Til masalasi", "Bizni kemirguvchi
illatlar", "Ehtiyoji millat" va boshqalar).
90-yillardan soʻng oʻzbek milliy
jurnalistikasida ham oʻziga xos
oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy
sharhlash jurnalistikasi oʻrniga
yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi.
Natijada publitsistik janrlar axborot
janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. P.
keyingi yillarda yuqori bosqichga
koʻtarildi. Ozod Sharo ddinov, Oʻtkir
Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim
Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad,
Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va


boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik
maqolalari bilan oʻzbek P.siga munosib
hissa qoʻshib kelmoqdalar.
P.ning yozma va ogʻzaki shakllaridan
tashqari gra k-tasvir (plakat, karikatura
va boshqalar), fotokinematogra k
(hujjatli kino), teatr-dramatik
(agitbrigada va boshqalar) shakllari
ham bor.
Gazetnie janri, M., 1971; Togʻayev O.,
Publitsistika janrlari, T., 1976; Zohidov
V. Y., Tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1976-
78.
Adabiyot


Norali Ochilov.
[1]
. O
ʻ
zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
O
ʻ
zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) ma
ʼ
lumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi ma a 4-Sentabr 2022, 17 38
da tahrir qilingan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?tit
le=Publitsistika&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Publitsistika&oldid=285464
3" dan olindi 


Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 142.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling