Pul agregatlari, ularga tavsifnoma va pulni tartibga solish amaliyoti
Download 11.05 Kb.
|
pul va banklar test (1)
Pul agregatlari, ularga tavsifnoma va pulni tartibga solish amaliyoti 1. Naqd pulning doiraviy aylanishi deb nimaga aytaladi? A. Naqd pullarning tijorat bankidan chiqib yana tijorat bankiga qaytib kelish harakati ularning doiraviy aylanmasi deyiladi. B. Naqdpullarning banklarorqali aholi va mijozlar qo‘liga kelib tushishi natijasida savdo nuqtalariga o'tishi ga pulning doiraviy aylanishi deyiladi. C. Naqd pullarni Markaziy bankdan chiqib tijorat banklariga qaytib kelishiga pulning doiraviy aylanishi deyiladi. D. Naqd pullarni Markaziy bankdan chiqib yana Markaziy bankkaqaytib kelishiga pulning doiraviy aylanishi deyiladi. 2. Muomalaga pullarni emissiya qilish qanday bank zimmasiga yuklatilgan? A. Tijorat banki. B. Moliya vazirligi. C. Xalq banki. D. Markaziy bank. 3. Pul massasi bu: A. Muomaladagi naqd pullar yig‘indisi. B. Muomaladagi naqdsiz pullar yigindisi. C. Muomaladagi naqd va naqd pulsiz oborotidagi pullarning yig‘indisi. D. Muomaladagi tanga pullarning yigindisi. 4. ……………– muomaladagi pul massasini qaydarajada o‘sib yoki kamayib borayotganini ko‘rsatadi. A. Pul massasi B. Pul multiplikatori C. Pul likvidligi D. Pul bazasi 5. Pul agregatlari– bu……… A. pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir B. muomaladagi pul massasini qay darajada o‘sib yoki kamayib borayotganini ko‘rsatadi C. yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo‘lgan naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larining yig‘indisidir D. pulning zaruriyligini tavsiflovchi ko’rsatkich. 6. Xalqaro amaliyotda qaday pul agregatlaridan keng foydalaniladi? A. M0, M1, M2, M3, M4 B. M1, M2, M3 C. M0, M1, M3, M4 D. M1, M2, M3, M4 7. Qaysi agregatni hisoblashuchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi? A. M1 B. M2 C. M0 D. M3 8. ……………. agregati– muomaladagi naqd pullar(banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘zichiga oladi. A. M2 B. M1 C. M0 D. M3 9. O’zbekistonda qanday pul agregatlari mavjud? A. M0, M1, M2, M3 B. M1, M2, M3 C. M0, M1, M3, M4 D. M1, M2, M3, M4 10. …………..pul muomala va to’lov vositasi sifatida amal qilganda uning harakat ko’rsatkichidir. A. Pul muomalasi B. Pul massasi C. Pul likvidligi D. Pul aylanish tezligi 11. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1) milliy pulbirligi(so’m, dollar, iena, funtsterling, markavah.k.); 2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; 3)pul emissiyasi, ya'ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; 4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. A. 1, 2, 3 B. 2, 3, 4 C. 1, 2, 4 D. 1, 2, 3, 4 12. ………….. agregati= M1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat. A. M2 B. M3 C. M0 D. M4 13. Pul tizimini asosiy tartibga soluvchi organ qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan? A. Emission banklar. B. Tijorat banklari. C. Investitsion banklar. D. Davlat banklari. 14. Xazina biletlari qanday maqsadlar sharoitida muomalaga chiqariladi? A. Davlat byudjeti taqchilligi va qo'shimcha xarajatlami qoplash maqsadida. B. Markaziy bank daromadini oshirish va xarajatlarini qoplash. C. Tijorat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qoplash. D. Davlat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qoplash. 15. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan1994 yil1 iyuldaqanday nominallardagi so'mliklar muomalaga kiritilgan? A. 1,3, 5, 10, 25,50, 100 so'm. B. 1, 5, 10, 25, 50, 100 so'm. C. 1,3, 10, 25, 50,100 so'm. D. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200 so'm. 16. “Pul fetishizmi”qanday ma’noni anglatadi? A. Pulga sig'inish. B. Pulni muomaladan chiqarish. C. Pulni asrash. D. Pulni jamg'arish. 17. Naqd pul muomalasining asosiy vazifasi nimadan iborat? A. Banklar va aholi o‘rtasidagi o'zaro aloqalarni ta’minlashdan iborat. B. Muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim bo`lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iborat. C. Muomaladagi naqdsiz pullar hajmini oshirish. D. Muomaladagi yaroqsiz pullarni qaytarib olish. 18. Naqd pullar bo'yicha talablarni bajarishning asosiy majburiyati: A. Hukumat zimmasiga yuklatilgan. B. Markaziy bank zimmasiga yukaltilgan. C. Tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan. D. Moliya Vazirligi zimmasiga yuklatilgan. 19. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning eng ko‘p qo'llaniladigan shakli bu: A. To`lov talabnomalari. B. Akkreditivlar. C. To`lov topshiriqnomalar. D. Inkassa topshiriqnomalar. 20. O'zbekistonda 100 so‘m necha tiyinga teng? A. 100 tiyin. B. 1000 tiyin. C. 10000 tiyin. D. 100000 tiyin. Download 11.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling