Pul bozori funksiyalari, pulga talabning klassik nazariyasi. Pul taklifi. Bank multiplikatori. Pul bozoridagi muvozanat


Pulga talabning klassik nazariyasi


Download 80.28 Kb.
bet4/10
Sana28.12.2022
Hajmi80.28 Kb.
#1009560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pul sekto`rida barqarorlik omillari.

Pulga talabning klassik nazariyasi.
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo`lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniklaydi:
M · V = P · Y
Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baxolar darajasi (baxo indeksi); Y – real YAIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barkaror bo`lganligi uchun xam doimiy kattalik deb kabul kilinadi. Ammo bank tizimiga xisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy kilinishi natijasida u o`zgarishi mumkin. V doimiy bo`lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo`ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y
M= -----------
V*
P · Y – nominal YAIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini xisobga olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori ishlab chikarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning baxosi o`zgarishlariga, boshkacha aytganda, nominal YAIM o`zgarishiga bog`liq. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baxolar darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu xolat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar koidasiga ko`ra xukumat pul massasining o`sish sur`atini, real YAMMning o`rtacha o`sish sur`ati darajasida ta`minlab tursalar iqtisodiyotda baxolar darajasi barkaror bo`ladi.
Fisher tenglamasidan tashkari bu tenglamaning boshka bir shakli Kembrij tenglamasidan xam keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko`rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning kaysi biri ko`rinishida saklashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko`rinishda xisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu erda: M/R – “real pul koldigi”, “pul mablaglarining real zaxirasi” deb nomlanadi.

Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling