Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari Muomaladagi pul massasini aniqlash metodlari. Pul massasining kupyuralik ko‘rsatkichlari


Pul bozori statistikasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish metodlari


Download 33.54 Kb.
bet4/4
Sana24.01.2023
Hajmi33.54 Kb.
#1115279
1   2   3   4
Bog'liq
oybek 2 moliya

Pul bozori statistikasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish metodlari.

Pul muomalasini odilona tashkil qilinganligini, eng asosiysi, samarali ishlayotganligini baholashda statistik ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar uch blokka bo‘linadi: makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, likvid (pul turlari) aktivlarni va pul massasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar.


Makroiqtisodiy blok ko‘rsatkichlari pul va pul muomalasining iqtisodiyotning real sektori bilan bog‘liqligini ifodalaydi va quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: nominal pul massasi, pul aylanmasi, pul aylanish tezligi, real pul massasi, nominal, real pul massasi va pul aylanish tezligi indekslari, iqtisodiyotning monetarizatsiya darajasi, pulning xarid qobiliyati.
Pul turlari yoki likvid aktivlar blokiga: aylanmadagi naqd pullar, bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar, banklar kassasidagi naqd pullar naqd bo‘lmaganpul massasi, pul multi plikatori, pul bazasi, pul aylanmasidagi qimmatli qog‘ozlar, jahon pullari (xalqaro likvid aktivlar) kiritiladi.
Pul massasi pul agregatlari bilan ifodalanadi. Nominal pul massasi deganda muomaladagi pulning statistik miqdori yoki likvid shakldagi aktivlar zaxirasi tushuniladi. Demak, pul moliyaviy aktivlarning bir shakli. Pul bilan boylikni almashtirmaslik kerak. Puli bor odam boy odam emas, likvid aktivlarga (barcha turiga) ega bo‘lgan kishi boy odam hisoblanadi.
Pul doimo harakatda bo‘lishi kerak. Agar pul harakat qilmasa (aylanmasa), u o‘lik tovarga aylanadi va o‘ziningmaxsus xususiyatlarini yo‘qotadi, kengroq ma’noda aytsak, pulning harakati bilan yaratilgan mahsulot va xizmatlar harakati chambarchas bog‘liq.

Pul aylanishi bir qancha belgilar bo‘yicha tasniflanadi: pulli munosabatlarning turi bo‘yicha: a) tovar-moddiy ne’matlarni ayirboshlash jarayonidagi pul aylanishi; b) tovar xarakteriga ega bo‘lmagan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida sodir bo‘ladigan pul aylanishi; to‘lov usullari bo‘yicha: a) naqd pulli; b) naqd pulsiz; mintaqa doirasi bo‘yicha: a) mintaqa ichidagi; b) mintaqalararo pul aylanishi; to‘lov jarayonida bevosita ishtiroki bo‘yicha: a) aktiv; b) passiv pul aylanishi.


Ma’lumki, pul aylanishi bankdan boshlanadi. Naqd pul aylanishi xususida gapiradigan bo‘lsak, pulning bir marta aylanishi deganda bankdan chiqib, yana bankka qaytib kirishi tushuniladi. Albatta, bu yuz foiz bo‘lmaydi. Naqd pul aylanishi quyidagi subyektlar o‘rtasida bo‘ladigan hisob-kitoblarda namoyon bo‘ladi: ish beruvchi bilan ishga yollanuvchi o‘rtasida (ish haqi); tovar va xizmatlarni sotuvchi va oluvchi o‘rtasida; davlat va aholi o‘rtasida (pensiya, nafaqa, sti pendiya, yutuqlar pulini to‘lash, budjet to‘lovlari, soliqlar va majburiy to‘lovlar va h.k.lar); kredit tashkilotlari va aholi o‘rtasida.
Muomaladagi naqd pul massasi ish yurutivchi subyektlar hamda jamoat tashkilotlarining kassa qoldiqlari (bu ko‘rsatkich limit bilan qat’iy chegaralangan. Limitdan ortiqcha pul bankka topshiriladi, banklar esa ortiqcha pulni zaxira fondiga o‘tkazadi); barcha banklarning aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlari; aholi qo‘lidagi naqd pullardan tashkil topadi. Naqd pul aylanishining (ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni yaqqol isbotlamoqda) kelajagi porloq emas.

Pul – bu moliyaviy aktivlarning barcha turidir. Ular likvidlik darajasi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:


– naqd pullar – mutlaq likvid aktivlar (pul belgilari);
– naqdsiz pullar (depozitlar);
– qimmatli qog‘ozlar;
– jahon pullari (xalqaro likvid aktivlar).
Inson tasavvurida pul deganda asosan naqd pul tushuniladi.
O‘zbekistonda rasmiy pul birligi, ma’lumki, 100 tiyindan iborat bo‘lgan so‘m hisoblanadi. So‘mni emissiya qilish bo‘yicha qaror Respublika Markaziy banki tomonidan qabul qilinadi. Naqd pul aylanmasi – bu tovarlarning muomalasi, xizmat ko‘rsatish va turli to‘lovlarni amalga oshirish jarayonidagi naqd pul harakatidir.
Lekin hozirgi zamonda pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi asosiy shakl naqdsiz aylanma hisoblanadi.

Xulosa.
Mamlakatning moliya tizimida davlat budjetining o‘rni va ahamiyati katta. Moliyachi iqtisodchilarning hisob-kitoblarga qaraganda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat budjetimoliya resurslari tarkibida 40%, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdagi mamlakatlarda 70% ni tashkil etadi. Budjet «Budget» chemodan, pul bilan to‘ldirilgan xalta va boshqa ma’nolardaishlatilgan. Budjet – daromadlar va xarajatlar rejasi, ya’ni moliyarejasidir. Bu reja har bir shaxs, oila, xo‘jalik yurituvchi subyekt,tuman, shahar, viloyat va davlat miqyosida tuzilishi mumkin. Davlat budjeti davlatning markaziy moliya rejasidir, hukumat ixtiyoridagi yirik markazlashtirilgan pul jamg‘armasidir. Davlat budjetida barcha asosiy moliya institutlari: xarajatlar, turli daromadlar, davlat krediti birlashgan. Davlat budjeti davlatning moliya resurslarini vujudga keltirish, shakllantirish shakllari va usullarini, ulardan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarida foydalanishni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida: «Davlat budjeti – davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi», – deyilgan. O‘zbekiston Respublikasida yagona budjet tizimi shakllantirilgan. U ikki bo‘g‘indan iborat bo‘lib, davlat budjeti respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy budjetlar (viloyat, shahar, tuman) ni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha bo‘g‘inlardagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijrosini hisobga olish milliy valut a-so‘mda amalg a oshi ril adi

1.O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi sharoitida davlat budjeti tasniflarida ko‘rsatkichlar tizimini tuzish, ularni hisoblash va baholashda xalqaro standartlarni joriy qilishni tugallash;


2.Davlat budjetining asosiy funksiyalari: yalpi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash, iqtisodiyotni tartibga solish va rag‘batlantirish, ijtimoiy siyosatni moliya bilan ta’minlash va mamlakatning markazlashtirilgan pul jamg‘armalarini vujudga keltirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish jarayonlariga tasnif berish;
3.Davlat budjetining daromadlari, xarajatlari va defitsiti (profitsiti) ning umumiy summalarini hisoblash;
4.Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tarkibi va tarkibiy tuzilishini o‘rganish;
5.Da vlat budjeti defi t sitini moliya l as hti r is h manbal a r ini
o‘rganish;
6.Davlatning ichki va tashqi qarzining ko‘lamini baholash;
7.Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va aholini turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va boshqalar (masalan, budjet tashkilotlari shoxobchalari, xodimlari soni, sarf-xarajatlari va boshqalar);
Amaliy statistika davlat boshqaruvi muassasalari faoliyatini tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlarga XVF standartlari asosida moliyaviy ma’lumotlarni taqdim
qilish, MHT va to‘lov balansini tuzish uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish (guruhlash, umumlashtirish) bilan shug‘ullanmoqda. Davlat budjeti statistikasi amaliyotiga xalqaro standartlarni qo‘llash ishlarini olib borish bilan birga
an’anaviy statistika tushunchalari, qoida va tasniflaridan ham foydalanilmoqda.

Hozirgi paytda davlat statistika organlari budjet tasniflarini va davlat budjeti ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha va davlat boshqaruv organlarini ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin ushbu bajarilgan ishlarni ularning asosiy vazifasi bilan adashtirmaslik lozim.


O‘zbekiston jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tobora integratsiyalashib borayotgan bugungi kunda davlat budjeti statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
–Respublika amaliyotida qo‘llaniladigan budjet tasnifini xalqaro standartlarga moslashtirish;
–Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari hajmi hamda dinamikasini aniqlash;
–Davlat budjeti daromadlarining manbalari va xarajatlarining
yo‘nalishlarini o‘rganish;
–Boshqarishning barcha darajalarida davlat budjetining bajarilishi tahlili;
–Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarining tahlili;
–Davlatning ichki qarzi hajmini, uning tarkibi va dinamikasini
aniqlash;
–Budjet muassasalari soni, shtati va kontingentini o‘rganish;
–Fiskal siyosatni o‘tkazish samaradorligini va uning iqtisodiy
o‘sishga hamda aholining turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish.
Download 33.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling