Pul-kredit siyosati va bank tizimi


Majburiy zaxiralash normasi


Download 35.54 Kb.
bet4/7
Sana09.11.2021
Hajmi35.54 Kb.
#172307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pul-kredit siyosati va bank tizimi

4. Majburiy zaxiralash normasi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri – bu, majburiy bank zaxira me`yorini o`zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maksadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir kismidir.. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo`lgan zaxiralarning eng kuyi normasini o`rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash kobiliyatiga, imkoniyatiga ta`sir etadi. Bu me`yor kanchalik yukori bo`lsa, ortikcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo`li bilan «pullarni barpo etish» kobiliyati past bo`ladi. Ilk majburiy zaxira normalari AKSH da 1865 yilda joriy kilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortikcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul taklifining mul’tiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me`yor 25 % bo`lsa, unda bankka ko`yilgan 800 so`mdan 200 so`m majburiy bank me`yorini tashkil etadi. Bunda bank fakat 600 so`mni karzga berishi mumkin bo`ladi. endi faraz kilaylik, me`yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so`mni karzga berish imkoniyatiga ega bo`ladi va boshlangich pul taklifini 720 so`mga oshiradi.

Majburiy bank zaxirasi me`yorini ko`tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortikcha bank zaxiralari kiskarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o`tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta`sir etadi. Turli mamlakatlarda ko`llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir. YUkori inflyatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo`lgan bo`lsa, Italiyada -25 foizni, YAponiyada bor yo`gi -2.5 foizni tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi keyingi o`n yil davomida sezilarli darajada kamaydi (8-jadval).

8-jadval.


Download 35.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling