Pul-kredit siyosati


O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish va pul-kredit siyoyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari


Download 196.66 Kb.
bet6/8
Sana03.12.2023
Hajmi196.66 Kb.
#1806705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makro 12-mavzu (2)

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish va pul-kredit siyoyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari.


Mamlakatimizning bank-moliya tizimini bugungi kundagi darajaga olib kelish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo‘lini bosib o‘tishga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. Buning yaqqol isbotini, milliy valyuta (so‘m) muomalaga kiritilgan 1994 yildan to 2015 yilgacha bo‘lgan so‘nggi 20 yildan oshiqroq vaqt mobaynida qayta moliyalashtirish stavkasining yillik foiz o‘zgarishlarida ham ko‘rish mumkin.
YUqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsion faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab qayta moliyalash stavkasi amaldagi yillik hisobda 10 foizdan 9 foizga tushirildi.
12.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi yillarda diskont siyosatda asosiy e’tibor pul bozorining barqarorligini va bank depozitlari jozibadorligini ta’minlashga, jumladan, aholi omonatlari bo‘yicha real foiz stavkalarining ijobiyligini saqlab qolish hamda tijorat banklari depozit portfelidagi uzoq muddatli depozitlar ulushini oshirishga, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining maqbulligini ta’minlashga qaratildi.


    1. 02.05.1994-30.09.1994
      01.10.1994-31.01.1995
      01.02.1995-19.03.1995
      20.03.1995-30.06.1995
      01.07.1995-31.07.1995
      01.08.1995-30.06.1996
      01.07.1996-31.07.1996
      01.08.1996-01.12.1996
      01.01.1997-31.10.1997
      01.11.1997-31.12.1997
      01.01.1998-31.03.2000
      01.04.2000-30.04.2000
      01.05.2000-31.05.2000
      01.06.2000-30.06.2000
      01.07.2000-31.12.2001
      01.01.2002-15.07.2003
      16.07.2003-09.09.2003
      10.09.2003-04.07.2004
      05.07.2004-20.12.2004
      21.12.2004-14.07.2006
      15.07.2006-31.12.2010
      01.01.2011-31.12.2013
      01.01.2014-31.12.2014
      01.01.2015-27.06.2017
      28.06.2017-…………..
      - rasm. 1994-2017 yillarda qayta moliyalashtirish stavkasining yillik foiz dinamikasi77


Qayta moliyalash stavkasining tushirilishi natijasida bank kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarining pasayishi va natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion faolligi oshishi kutilmoqda.



77 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari
Jumladan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashga yo‘naltirilgan dasturlarni moliyalashtirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar va mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayadi hamda kreditlar hajmining oshishi hisobiga qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Investitsion siyosat tarkibiy islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qildi.


Download 196.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling