Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


II. IChKI BOZORDA NARXLAR O‘ZGARIShI USTIDAN SAMARALI NAZORATNI TA’MINLASh ChORALARI


Download 84.91 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi84.91 Kb.
#1612094
1   2   3   4   5
Bog'liq
pul kredit tizmi

II. IChKI BOZORDA NARXLAR O‘ZGARIShI USTIDAN SAMARALI NAZORATNI TA’MINLASh ChORALARI

14.

Mahsulot bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestriga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlar narxlarini (tariflar) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) amaliyotini 2017 — 2021-yillarda bosqichma-bosqich bekor qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Hukumat qarori
loyihasi

2017-yil
IV chorak

Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

15.

Haqiqatda yuzaga kelgan shart-sharoitlar va omillarni tanqidiy tahlil qilish asosida va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini kamaytirish, zarur infratuzilma va muhandislik-kommunikatsiya tizimini yaratish, shuningdek, ichki iste’mol bozorida narxlarning oshishiga olib keluvchi boshqa asossiz xarajatlar va tizimli muammolarni bartaraf qilish orqali respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash.

Hukumat qarori
loyihasi

2018-yil
I chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasi,
vazirliklar va idoralar

16.

Inflatsiya holatlari va kutilmalarni har tomonlama va faktlar asosida tahlil qilish imkonini beruvchi xalqaro tan olingan amaliyotga muvofiq takomillashgan hisob-kitob metodikasini joriy qilish va iste’mol narxlari indeksini tuzish.

Metodologik hujjat

2017-yil
IV chorak

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi,
Markaziy bank

17.

Xorij tajribasini o‘rganish asosida inflatsion kutilmalarni baholashning takomillashtirilgan metodologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etish.

Metodologik hujjat

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

18.

Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb qilish orqali inflatsiyaning darajasini prognozlashtirish va uni faktlar asosida tahlil qilishning takomillashtirilgan modeli va metodologiyasini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy
hujjat

2017 — 2019
yillar

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

19.

Amaldagi mavsumiy, iqlim omillari va jahon narxlarining oshishi, shuningdek, monetar bo‘lmagan omillar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sabablar hisobiga narxlarning keskin o‘zgarishiga tezkor munosabat mexanizmini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-3082-son qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish doirasidagi choralarni kuchaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turi narxlarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Respublika va doimiy amal qiluvchi hududiy komissiyalar rahbarlari


Download 84.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling