Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari
-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni
Download 38.47 Kb.
|
Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari-fayllar.org (1)
1-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni
O.Bobojonov, K.Jumaniyozovlar fikricha: “Pul ekivalentlari – bu pul mablag’lariga o’xshaydigan lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular xazina vasiqalari (xazina vasiqalari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatda qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi.”4 Pul ekvivalentlari to’g’risida B.Q.Hamdamov, F.R.Islomov, A.Z.Avloqulovlar ham o’z fikrlarini bayon etgan, jumladan “Pul ekvivalentlari - ma’lum pul mablag’iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli - naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish; - pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik; - kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar mavjudligi va to’liqligini nazorat qilish; - pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining harakat oqimini maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash. Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan pul mablag’lari hisobini yuritishda avvalo naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitob operasiyalarini amalga oshirishni taqozo etadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan naqd pulni olish va xarajatlash bilan bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning bu boradagi xatti-harakatlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Kassa muomalalarini olib borish tartibi ”da belgilab berilgan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z kassalarida ularga belgilangan limitdan ortiq naqd pullarni faqat ish haqi, mukofot, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, stipendiya va pensiyalarni to’lash uchun, bank muassasasidan pul olingan kunni ham qo’shib hisoblaganda 3 bank ish kunidan oshmaydigan muddatda (bank muassasasidan ancha olisda joylashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 5 ish kuni) saqlab turishlari mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa muomalarini hisobga olish jarayoni quyidagi 1-chizmada keltirib o’tilgan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pullarni hisobot topshirish sharti bilan xizmat safarlariga, xo’jalik xarajatlari, ekspedisiyalar, geologiya-razvedka guruhlari, xo’jalik sub’ekti rah-barlari ularga kassa xizmatlari ko’rsatuvchi tijorat banki bilan kelishgan holda belgilagan miqdorlarda beradilar. Buxgalteriya hisobiga doir iqtisodiy adabiyotlarda umumiy tarzda pul ekvivalentlari sifatida asosan pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha tasniflanadigan aktivlar misol qilib keltirilgan. Ular xazina veksellari, tijorat qog’ozlari, depozit sertifikatlari, pochta markalari, davlat boji markalari, haqi to’langan aviapattalar, dam olish uylariga va sanatoriyalarga haqi to’langan yo’llanmalardan iborat. Kechikishlar va jarima sanksiyalari pul ekvivalentlarining pul mablag’lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. SHuning uchun, ekvivalentlar kassa hisobvarag’idan olinadi. Ko’pincha pul ekvivalentlarini hisobkitob vositasiga aylantirishga ehtiyoj yo’q. Ekvivalentlar odatda qisqa muddatli investisiya hisobvarag’iga olib boriladi. Hisobot davri oxirida to’liq olinmagan pul o’tkazmalari cheklar pul mablag’lari hisobvarag’i qoldiqlaridan ayrilmaydi. Download 38.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling