Pul massasi va pul agregatlari


Download 335.39 Kb.
bet1/24
Sana02.11.2023
Hajmi335.39 Kb.
#1738911
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Pul massasi va pul agregatlari


PUL MASSASI VA PUL AGREGATLARI


REJA:

      1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi.

      2. Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash.

      3. Pul multiplikatori va uning mohiyati.

      4. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi.




    1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi.

Biz oldin mavzularda ko‘rganimizdek va keyingi mavzularda ham bevosita ko‘rib o‘tadigan pul nazariyalariga ko‘ra, pul taklifidagi o‘zgarishlar foiz stavkasi va inflatsiya darajasiga bevosita ta‘sir qiladi. Iqtisodiyotga ta‘siri tufayli pul


taklifini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Uni kim nazorat qiladi? Uni o‘zgarishiga nimalar sabab bo‘ladi? Uni yaxshilash uchun qanday tarzda nazorat qilish kerak? Ushbu va keyingi bo‘limlarda pul taklifi jarayonini maxsus asoslar orqali izohlab beramiz va yuqoridagi savollarga javob berib o‘tamiz.
Pul massasi- yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli
bo‘lgan naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larining yig‘indisidir.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:

      1. Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining mavjudligi hisoblanadi.

      2. Yana bir omil pul mablag‘larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi.

      3. Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.

      4. Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil qilinadi va tartibga solinadi. Lekin pul muomnalasini tashkil qilishda bank tizimining 2-chi pog‘onasida turuvchi tijorat banklari rol o‘ynaydi.

Pul taklifi jarayonini tushunishning birinchi bosqichi banklardagi depozitlarni o‘rganish hisoblanadi, chunki depozitlar pul taklifining katta tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavzuda banklarning depozit siyosati va ular bilan bog‘liq operatsiyalari yoritilgan.
Pul taklifi jarayonidagi 3 ta asosiy subyektlar:

  1. Markaziy bank-hukumat vakili hisoblanib, bank tizimini nazorat qilishga va monetar siyosatni tashkil etishga javobgar; AQShda Federal Zaxira Tizimi.

  2. Banklar (depozitariy institutlar)- aholi va tashkilotlardan deposit qabul qiluvchi va qarz beruvchi tashkilotlar: tijorat banklari, kredit assotsiatsiyalari, maxsus jamg‘arma banklar va kredit uyushmalari.

  3. Depozitorlar-banklarga depozit qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslar. Ushbu 3 subyektning orasida Markaziy bank asosiy rolni o‘ynaydi.

Fed.ning operatsiyalari va monetar siyosati uning balansida, aktivlar va majburiyatlar holatida aks etadii. Hozir biz pul taklifi jarayonini tushuntirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni keltiramiz57.




Download 335.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling