Pul oqimi to‘G‘risidagi hisobot


Download 57.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana03.02.2023
Hajmi57.86 Kb.
#1156924
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
519-сон 04.11.1998. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot



«TASDIQLANGAN»
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
Vazirning o‘rinbosari
E.F. GADOYEV
1998-yil 16-oktabr 51-son
PUL OQIMI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTYERIYA HISOBI MILLIY STANDARTI
9-SON BHMS
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabr 519-son bilan davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
UMUMIY QOIDALAR
1. Buxgaltyeriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) «Buxgaltyeriya hisobi to‘g‘risida»
O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni
asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida
buxgaltyeriya hisobini me’yoriy boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi.
MAQSADI
2. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon byeradi, ularni hisobot davrida qancha pul
tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Ushbu standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari va ularning
ekvivalentlari bo‘yicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qo‘yishdan iborat. Bu
axborot pul mablag‘lari oqimi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishida bo‘lib, unda hisobot davrida
opyeratsion, investitsiya va moliya faoliyatida yuz byeruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.
AMAL QILISh SOHASI
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ushbu standart talablariga muvofiq ravishda pul oqimi to‘g‘risida
hisobot tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy
qismi sifatida taqdim etadi.
PUL OQIMI HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI BILISh FOYDALILIGI
4. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi
hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul
mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo‘lib xizmat qilishi
bilan foydalidir. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga
ajratadi: opyeratsion faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul
mablag‘iga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab byeradi. Pul
oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida,
foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish
chog‘ida zarur bo‘ladi.

Download 57.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling